105
Qurish- yasashvamatematika
Mavzu
: “Quvnoq munchoqlar” sabzavot va meva rasmlari yopishtirilgan qopqoqlarni ipga terish.
Maqsad
: tarbiyalanuvchilar turli rasmlar ichidan sabzavot va mevalarni ajrata oladilar, qopqoq teshigidan rangli botinka iplariga
tanlangan qopqoqlarni tera oladilar,
qaysi munchoq mevali, qaysi munchoq sabzavotli ekanligini ajrata oladilar.
Kerakli
jihozlar
:
turli munchoq namunalari, ustiga turli meva va sabzavotlarning rasmlari yopishtirilgan ikki tomonlama
teshiklari boʻlgan
baklajka qopqoqlari, turli rangdagi botinka iplari, meva va sabzavotlarning rasmlari.
Faoliyatningborishi
:
1. Berilgan turli munchoqlarni ko rib chiqish.
2. Rangli iplar va munchoqlarni tanlash va hozirlash.
3. Bolalar ish jarayoni.
4. Tayyor munchoqlar uchun bolalarni ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha:
munchoqlar taqib defile namoyishi
Alohida eʻtibor qaratiladi
: mayda motorikaning rivojlanishi.
Sanat
Mavzu
: Likopchadagi olmalar
Maqsad
: bolalar istaklariga koʻra turli rangdagi plastilindan foydalanib olma mevasini yasashga harakat qiladilar, ijodiy ish
jarayonida tartib-qoidalarga rioya qiladilar.
Kerakli jihozlar
: rangli plastlin, namuna,
oldindan yasalgan likopcha, stek, salfetka,
doska.
Faoliyatningborishi
:
1. Namuna bilan tanishish.
2. Yasash texnologiyasi bilan tanishish.
3. Bolalarning ijodiy faoliyati.
4. Olmalarni likopchalarga joylashtirish
5. Bolalar ishini koʻrib chiqish va ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha
: olma mevasi tasvirlangan
suratlarni tomosha qilish
Alohida eʻtibor qaratiladi
:
plastilindan toʻgʻri foydalanish.
Sanʻat
Mavzu
: Quvnoq sabzavot va mevalar (meva va sabzavotlarga qoʻshimcha rasmlar yopishtirish orqali yangi obrazlar yaratish).
Maqsad
: bolalar sabzavot va mevalarga qoʻshimcha rasm (quloqchalar, burun, koʻz-qosh, koʻylak, shapkalar, dumchalar va
hakazo)ni yopishtirish orqali yangi obrazlar yarata oladilar, ularda bajarayotgan ishlariga nisbatan qiziqish paydo boʻladi.
Kerakli jihozlar
: rangli qogʻozlar, yelim, mayda gugurt choʻplari, namunalar, oldindan chizilgan
mevalar va sabzavotlar
rasmlari.
Faoliyatningborishi
:
1. Oʻzi yoqtirgan sabzavot va mevani tanlash va undan qanday obraz yaratishni rejalashtirish.
2. Namunalarni kuzatish va applikatsiya texnologiyasi asosida ish boshlash.
3. Bolalarning ijodiy faoliyati.
4. Bolalar ishlarini koʻrib chiqish va ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha
: koʻrgazma tashkil etish va ota-onalarga koʻrsatish.
Alohida eʻtibor qaratiladi
: bolalarning ijodiy faoliyati.
105