Iz qoldirish


Download 14.5 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1461166
Bog'liq
Iz qoldirish


Iz qoldirish
Asslamu alaykum hammaga. Bugun sizlar bilan iz qoldirish haqida gaplashamiz. Aslida, biz qilayotgan har bir ishimiz tufayli biror bir iz qoldiramiz. Masalan, odiiy hozirgi darsdan olib qaraydigan bo’
Inson o’zini anglashni boshlarkan, kelishi tayin ammo vaqti mavhum bo’lgan kun - o’lim kuni haqida o’ylarkan. U kun haqida tafakkur qilar ekansiz sizda tabiiyki, “Bugungacha Nima qildim, hozir nima qilyapman, keyin nima qilaman degan savollar paydo bo’ladi va o’zingizdan qoniqadigan, qiyomatgacha qoladigan makoningizda sizni azoblardan qutqara olishga qurbi yetadigan amal topa olmaysiz. Keyin o’ylashni boshlaysiz, hamma bu dunyodan o’tadi, shuncha kishi yaqinlarim, men bilan tengdoshlar hatto mendan kichkinalar ham vafot etgan vaziyatlar bo’lgan. Demak mening ham ketishim aniq lekin menga yordan bera oladigan nimam bor? Bu savolga javobni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan topamiz. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar Инсон вафот этганда унинг амали тўхтайди, фақат уч нарса туфайли унинг номаи аъмолига савоб ёзилиб туради: садақаи жория, фойдали илм, дуои хайр қилувчи солиҳ фарзанд”. Shundan keyin tushunamizki biz sadaqayi joriyamizga muhtojmiz.
Ancha oldin bizga notiqlikdan “Iz qoldirish” mavzusida nutq tayyorlash uyga vazifa qilib berilgan edi. Mavzu juda keng va fikrim kam bo’lgani uchun akajonimdan iz qoldirishga o’z fikrlarini bildirishlarini so’radim. Shunda akajonim biroz o’yladilar va: ” Yo’lda ketar ekansan maqsading chiroyli ya’ni yaxshi iz qoldish bo’lsa, xayoling chiroyli iz qoldirishda bo’ladi va yo’ldan adashib qolishing mumkin. Buning sababidan sening orqangdan kelayotganlar ham yo’ldan adashadi. Kun kelib ularning ichidan biri sen noto’g’ri yo’ldan ketganingni tushunadi va o’zi to’g’ri yo’ldan ketadi. Undan keyingilar esa seni to’g’ri yo’ldan adashgan deb yodga olishadi. Ammo agar to’g’ri yo’lda ketayotgan bo’lsang, maqsading to’g’ri yo’ldan yurish va manzilga yetish bo’lsa, albatta izing qoladi. Balki u iz chiroyli bo’lmas, ammo to’g’ri yo’lda, manzilga yetish uchun qo’yilgan bo’ladi”- dedilar.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling