Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги


Download 372.25 Kb.
bet12/61
Sana23.04.2023
Hajmi372.25 Kb.
#1385958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu

Nazorat uchun savollar:

  1. Adabiy tanqidning taraqqiyotida ilmiy-ijodiy tajribalarining o’rni va ahamiyati haqida so’zlab bering.

  2. A.Hayitmetov, B, Valixo’jayev, A. Abdug’afurov kabi olimlarning A. Navoiy qoldirgan adabiy-tanqidiy meros haqidagi ilmiy tadqiqot ishlarini sharhlab bering.

  3. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning o’ziga xos bir ko’rinishi bo’lgan qadimgi tazkirashunoslik haqida hikoya qiling.

  4. Farobiy «Shoirlar sanati qonunlari haqida risola» asarida adabiyot nazariyasi,badiiy ijod va adabiy tanqid haqida qanday nazariy fikr-mulohazalar bayon etgan?

  5. Mumtoz adabiyotdagi sheriy shakldagi adabiy tanqidchilik haqida qanday tasavvurga egasiz.

  6. O’zbekistonda adabiy tanqidiy va estetik hamda adabiyotshunoslik ilmining rivojida XIXasrning 2 yarmida qanday muhim ko’tarilishlar yuz berdi.

  7. Akademik B. Nazarovning o’zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari haqidagi qarashlarini sharhlab bering.

  8. Estetika, adabiy tanqid va falsafa o’rtasidagi bog’liqlik masalasidagi nazariy qarashlarni bayon eting.

  9. 60-70 yillarda gazeta va jurnal sahifalarida adabiy tanqidga oid qanday bahs va munozaralar bo’lib o’tdi.

  10. «O’zbek adabiy tanqidi tarixi» ning ikki jildligida adabiyotshunoslik va tanqidiy taraqqiyoti masalalari qanday yoritilgan.



Mavzu yuzasidan test

1. Ilk bor rus she’riyatini isloh qilish, ya’ni poeziyani oddiy xalqqa tushunarli qilish qonun qoidalarini ishlab chiqqan edi. Bu kim?


A) Lomonosov
B) I.Belinskiy
C) A.Cherneshevskiy
D) B.Baxten
2. «Mu’tasamush - shuaro» nomli adabiyotshunoslikka oid asar kimga tegishli?
A) Abu Ali ibn Sino
B) M.Xorazmiy
C) Abu Rayxon Beruniy
D) Farobiy
3. Badiiy so’z ustalarini ma’no dengizidan injular topib xalqqa hadya etuvchilar, deb atagan kim edi?
A) Yusuf Xos Xojib
B) A.Yugnakiy
C) M.Koshg‘ariy
D) S.Saroyiy
4. Qadimgi o’zbek tilidagi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asarlardan birini ko‘rsating.
A) Alisher Navoiyning «Mezonul avzon» («Vaznlar o’lchovi»)
B) Boburning “Aruz risolasi”
C) Kaykavusning “Qobusnoma” asari
D) Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-bulog‘a” asari
5... ammo turkida shuhrati ko’proq erdi va turkcha devoni mashhurdir...». Navoiy kimga ta’rif bergan?
A) Lutfiyga
B) Atoiyga
C) A.Yassaviyga
D) A.Yugnakiyga
6. A.Navoiy turkiy poeziyaning forsiydan ortdan qolishining birinchi sababi deb nimalarni ko‘rsatadi?
A) fors-tojik tilida qadimdan boy an’ana mavjud ekanligi va u yosh boshlovchi shoirlar uchun juda qo’l kelishi.
B) turkiguy shoirlar o’z ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi ko’p ma’nolik xususiyatlari ustida kam bosh qotirishlari.
C) ularning o’zbek tilining ko’p fazilatlar va boyligidan bexabarligi
D) O‘z tilini nazar-pisand qilmasligi
7.: «Va iltifot va ehtirom yuzasidan ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg’a hukmlar ham joriy bo’ldi va so’z uslubina ta’yinlar va adosig’a ta’minlar ham izxor bo’ldi». Fikrning ma’nosi noto‘gri qayd etilgan qatorni ko‘rsating
A) A.Navoiy o‘zbek tilini ommalshtirish uchun podsholik tomonidan farmonlar berilsa maqsadga muvofiq bo‘lishligini aytmoqda.
B) A.Navoiy ijodkorlarning o’z ona tilida ijod qilishiga chorlovchi hatto farmonlar berilganligini aytmoqda.
C) A.Navoiy o’sha davrda o’zbek tilining rivojlanishi uchun podsholik tomonidan qator tadbirlar belgilanganligini aytmoqda .
D) A.Navoiy o‘zining niyatlarini tilga bo‘lgan e’tibor bilan namoyish etmoqda
8. Navoiy iste’dodsiz, maqtanchoq shoirlarni qaysi asarida tanqid qilgan?
A) “Saddi Iskandariy”da
B) “Mezon ul avzon”da
C) “Majolis un nafoyis”da
D) “Hayrat ul abror”da
9. “Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari” deb maxsus tadqiqot yaratgan olim kim? A) A.Hayitmetov
B) B.Valixo‘jayev
C) S.Hasanov
D) N.Mallayev
10. Iste’dodli shoir Mirzabekning yosh o‘lib ketganligidan Navoiy juda afsuslanadi. Agar yashasa edi undan zo‘r, iste’dodli shoir chiqar edi, deb yozadi. Javoblarda shu so‘zlarga javob bo‘ladigan, tegishli bo‘lgan qatorni belginag.
A) Ko‘zing ne balo qaro bo‘libdur,
Ki jonga qaro balo bo‘libdur.
B) Degonimni ulusg‘a marg‘ub et,
Yozg‘onimni ko‘ngilg‘a mahbub et.
C) She’r ham chun kishigadur farzand,
Ko‘ngilga qut-u bag‘riga payvand.
D) Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay,
Ulusg‘a mayli beandoza bo‘lg‘ay.

Download 372.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling