Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таьлим вазирлиги


Download 372.25 Kb.
bet60/61
Sana23.04.2023
Hajmi372.25 Kb.
#1385958
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
ozbek adabiy tanqidi 1 mavzu

Novatorlik – lotincha novator – yangilanib boruvchi degani bo’lib, san’at va adabiyotda yangilik yaratish va unga intilishni ifodalaydigan tushuncha. Ushbu atama badiiy ijodda an’ana tusini olib, so’z sanati taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shilgan yangiliklarga nisbatangina qo’llaniladi. U g’oyaviy-badiiy mukammallik kasb etgan ilg’or an’ana va ijodiy tamoillarni inkor etmaydi, balki ularga tayanib ish ko’radi, ularning yutuqlaridan ijodiy foydalanadi.


Obrazli ifoda – san’at va adabiyotda hayotni badiiy ifodalashga xizmat qilgan narsa va xodisa, xarakter, manzara, so’z va iboralar. Adabiyotda hayot badiiy obrazlar vositasida ifodalanishi Arestotel’ davridayoq ma’jum haqiqat edi. Narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holatini, lirik qahramon ruhiyatini, fikr, kechinma va tuyg’ularini obrazli nifodalashga imkon beruvchi shoirona ibora. Obrazli ifoda ma’noni muayyanlashtirish, asar ta’sirchanligini, kitobxon estetik zavqini oshirish, natijada etuk badiiyatni hosl qilish garovidir.
Ocherk – ruscha tasvirlash degani bo’lib, hajmi jihatidan hikoyaga yaqin turgan, epic turga mansub badiiy-publistik janr. U hayot voqea-hadisalarini muayyan kishilar faoliyatini tasvirlashi bilan hikoyadan farq qiladi.


Pafos – yunoncha hissiyot, ehtiros degani bo’lib, adabiyotga notiqlik san’atidan o’tgan atama hsoblanadi. Ijodkorning butun asarga singib ketgan ehtirosi, badiiy asarga jon baxshida etgan emotsional asos. Unda ijodkor fikri va hissiyoti shunday yaxlit ko’rinish oladiki, mana shu birlikni tushunish va his qilish asarning etakchi g’oyasini belgilashning muhim kaliti sanaladi.


Poetika – yunoncha poetike – so’z san’ati degani bo’lib, eng qadimgi atamalardan. U qadimda umuman adabiyotshunoslik va badiiy adabiyot haqidagi fan sifatida tushunilgan bo’lsa, o’rta asrlarga kelib, she’rshunoslik va badiiy nutqni bezash vasitalari va usullarini o’rganuvchi sohani anglatuvchi istilohga aytilgan.
Referat – lotincga bildirmoq degani bo’lib, biror ilmiy asarning qisqacha og’zaki va yozma mazmunidir. Bunday referatlar fanning barcha sohasi bo’yicha, jumladan adabiyotshunoslikda qilingan tadqiqotlarning asosiy nazmunini boshqa mutaxasislarga etkazish maqsadida yoziladi va tarqatiladi.
Risolaarabcha maktub, kitobcha degani bo’lib, biror ilmiy masalaga bag’ishlangan kichik hajmli ilmiy asar, traktat. Risolada o’rganish ob’ekti sifatida muayyan limning unchalik katta bo’lmagan masalasi qalamga olinadi va atroflicha tahlil qilinadi.

Download 372.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling