203-guruh talabasi Allayorova Feruza O‘tkir Hoshimovning,,Bahor qaytmaydi’’ qissasida ajratilgan soʻz shakllarining qo‘llanilishi. Annotatsiya


Download 32.45 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi32.45 Kb.
#1757114
  1   2
Bog'liq
ajratilgan kengaytiruvchi


203-guruh talabasi Allayorova Feruza


O‘tkir Hoshimovning ,,Bahor qaytmaydi’’ qissasida ajratilgan soʻz


shakllarining qo‘llanilishi.


Annotatsiya: Ajratilgan bo‘laklar, asosan, biror bir atov birligining ma’nosi yetarli darajada tushunarli bo‘lmaganda yoki so‘zni boshqacha nom bilan atalganda qo‘llaniladi. Gapda ifodalanayotgan ma’noni muayyanlashtirish, izohlash, to‘ldirish maqsadida alohida, ta’kid ohanggiga ega bo‘lgan atov birliklar nutqqa kiritiladi. Ajratilgan bo‘laklar yozuvda tinish belgilari-vergul, tire ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Kalit so‘zlar: ajratilgan kengaytiruvchi, muayyanlashtirish, ta’kid, izohlash, so‘z, shakl, nutq, atov birliklar.
So‘zlar o‘zi izohlayotgan so‘z bilan bir hokim so‘zga tobelanib, undan nisbatan tor ma’noga egaligi va ta’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklar gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Quyidagi gaplarga e’tibor qaratsak. 1.Munisa qo‘shiq kuyladi. 2.Seni sog‘indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so‘zlarning ma’nolari noaniq bo‘lishi mumkin. So‘zlovchi ham buni e’tiborga olgan holda, ularni muayyanlashtiruvchi so‘zlar bilan qo‘llaydi. Munisa,qo‘shiqchi, qo‘shiq kuyladi. Seni, vafodorimni, sog‘indim. Birinchi gapda ega(Munisa)ning ma’nosi qo‘shiqchi so‘zi, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi(seni)ning ma’nosi vafodorimni so‘z shakli bilan to‘ldirilgan, izohlangan, muayyanlashtirilgan.Gapning so‘z kengaytiruvchsi ham, gap kengaytiruvchisi ham ajratiishi mumkin. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:
1)ajratilgan gap kengaytiruvchilari
2)ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari
ko‘rinishida ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin. Yuqoridagi birinchi gapda gap kengaytiruvchisi, ikkinchi gapda so‘z kengaytiruvchisi ajratilgan.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga aniqroq ma’no bildiruvchi so‘z keltiriladi: Bog‘chadagi do‘stimni –Qodirni ko‘rib qoldim.
Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsa boshqa narsaga o‘xshatilib, ularning nomi yonma-yon ishlatiladi: Shu farzandimni – ko‘zim qorasini –elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi.
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Ular tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
a) so‘z holida: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan.
b) birikma holida:Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi.
Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratilgan hol, ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan ega, ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan kesim.

Ajratilgan holning ma’nosi nisbatan muayyan va tor bo‘ladi. Ajratilgan bo‘lak vazifasida ko‘pincha o‘rin, payt hollari keladi: Bugun, 1-dekabrda, xat yozdim.


Ajratilgan to‘ldiruvchi odatdagi to‘ldiruvchining-olmoshning ma’nosini izohlaydi. U ukasini, Boburni, maktabga olib bordi.
Ajratilgan aniqlovchi shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ qaltirardi. Bizning, o‘quvchi yoshlarning, o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
Ajratilgan ega. Izohlovchi ta’kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: Aziza xolam keldi. (izohlovchi aniqlovchi) Aziza, xolam, keldi. ( ajratilgan ega)
Ajratilgan kesim. Turkiston eli, turk, ya’ni o‘zbekdir.
(Asar tahlili)
So‘qmoq birdan o‘ngga burildi-yu, pastga,anhor ustiga sho‘ng‘ib ketdi1.
Bu gapda ,,pastga, anhor ustiga‘‘ so‘zi ajratilgan hol(o‘rin holi) vazifasini bajargan.
O‘sha kungi voqeani, kecha Anvar akasi bilan xayrlashganini esladi-yu,choyshab to‘shalgan divanning bir chekkasiga bo‘shashibgina o‘tirdi2.
Gapda ,,o‘sha kungi voqeani, kecha Anvar akasi bilan xayrlashganini‘‘ birikmasi ajtatilgan to‘ldiruvchi (vositali to‘ldiruvchi)vazifani bajargan.
Ko‘nglida allanechuk bir yengillik sezib sakrab turdi-yu,bir chekkada, ho‘l o‘tlar ustida yotgan sochiq bilan uzoq artindi3.
Gapda ,,bir chekkada, ho‘l o‘tlar ustida‘‘ birikmasi ajratilgan hol(o‘rin holi) vazifasida kelgan.
Kuy tamom bo‘lishi bilan u qo‘shiqni, o‘sha-Muqaddamga aytib bergan-,,Yigit qo‘shig‘i’’ni boshlab yubordi4.
Ushbu gapda ,,qo‘shiqni, o‘sha-Muqaddamga aytib bergan-,,Yigit qo‘shig‘ini‘‘ birikmasi ajratilgan to‘ldiruvchi (vositasiz to‘ldiruvchi )vazifasida kelgan.
Olisda- ufq etagida quyosh botib borar, daraxtlar uchida qonli shafaq o‘ynardi5.
Bu gapda,, Olisda- ufq etagida‘‘ so‘zi ajratilgan hol (o‘rin holi)vazifasida qo‘llangan.
U E’tibordan-o‘sha onasi ko‘p eslaydigan qizdan Muqaddamda yo‘q fazilatni topdi6.
Gapda ,,E’tibordan-o‘sha onasi ko‘p eslaydigan qizdan‘‘ birikmasi ajratilgan to‘ldiruvchi(vositali to‘ldiruvchi) vazifasini bajargan.
Havo salqin, etak tomondan-shovullayotgan soydan sovuq shamol esadi7.
Gapda ,,etak tomondan-shovullayotgan soydan‘‘ birikmasi ajratilgan (o‘rin holi) holni ifodalagan.
Yolg‘iz uning- Alimardon To‘rayevning bahori o‘tgan edik8.
Bu gapda ,, uning- Alimardon To‘rayevning‘‘so‘zi ajratilgan aniqlovchi( qaratqachli aniqlovchi) boʻlib kelgan.
Shu topda o‘g‘lini, o‘zining yagona yupanchig‘ini bag‘riga bosib-bosib erkalatgisi, o‘zi ham kimgadir erkalangisi, dardlashgisi kelib ketdi9.
Ushbu gapda ,, o‘g‘lini, o‘zining yagona yupanchig‘ini‘‘ so‘zi ajratilgan to‘ldiruvchi (vasitasiz to‘ldiruvchi) vazifasida kelgan.
U Alimardonga, mana shu nobakorga arzigulik bir og‘iz so‘z topa olmaganday anchagacha tikilib qoldi10.
Gapda ,,Alimardonga, mana shu nobakorga‘‘ so‘zi ajratilgan to‘ldiruvchi( vositali to‘ldiruvchi)ni ifodalaydi.
Qalbining eng chuqur yarasi- o‘g‘li qoldirgan yara chidab bo‘lmas azob berib achishib ketdi11.
Ushbu gapda ,,qalbining eng chuqur yarasi- o‘g‘li qoldirgan yara‘‘ birikmasi ajratilgan ega bo‘lib kelmoqda.
Ertasiga kechqurun Qonqus yoqasida-Alimardonning eng baxtiyor, eng pokiza damlari- bolalik yillari kechgan o‘sha anhor yoqasida jimgina mudrab yotgan go‘ristonda yana bir qabr mungli do‘ppaydi12.
Gapda ,,qonqus yoqasida-Alimardonning eng baxtiyor, eng pokiza damlari- bolalik yillari kechgan o‘sha anhor yoqasida‘‘ birikmasi ajratilgan hol ( o‘rin holi) vazifasini bajargan.


Xulosa
Ajratilgan bo‘laklar biz uchun nega kerak degan savol tug‘ilishi mumkin. Ajtatilgan bo‘laklar biz ma’lum bir shaxsga yetkazmoqchi bo‘lgan komunikatsiyani aniqroq, tushunarliroq qilib aytish uchun zarur ekan. Asarni tahlil qilar ekanmiz, birinchi navbatda aytilishi lozim bo‘lgan narsa- badiiy asarlarda ajratilgan bo‘laklarning qo‘llanilishida tinish belgilariga e’tibor qaratish ya’ni tahlil jarayonida bilib oldimki, tinish belgilariga e’tibor kuchli emas ekan. Biz bundan xulosa chiqargan holda tinish belgilarini qo‘llashda xatolikka yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Ikkinchisi esa, ajratilgan ega va ajratilgan kesimning qo‘llanish doirasining torligi. Bu biz chuqurroq o‘rganishimiz va e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan masalalardir.



Download 32.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling