Ajratilgan bo‘laklar
Download 23.1 Kb.
|
54-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu xil ajratilgan bo‘laklar ham ikki xil bo‘ladi
AJRATILGAN BO‘LAKLAR Gapda biror bo`lakning ma’nosi so`zlovchining nazarida noaniqroq bo`ladi va uning ma’nosini aniqroq berish ,izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo`lakni gapga kiritadi. Gap tarkibida ma’lum bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo‘laklardan to‘xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi bo‘laklarga ajratilgan bo‘laklar, shunday bo‘lakli gaplarga esa ajratilgan bo‘lakli gaplar deyiladi. Bunday gaplar mantiqiy urg‘u oladi. Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Gapning asosiy qismini ifodalagan axborotga ajratilgan bo‘lakdan anglashilgan qo‘shimcha axborot qo‘shiladi. Masalan: Men ishni mana shundan boshladim gapida shundan to`ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so`zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to`ldiruvchini gapga kiritadi: Men ishni mana shunda, ya’ni tushuntirishdan, boshladim. O`zidan oldingi bo`lakni izohlagan bunday bo`lak ajratilgan izoh bo`lak deyiladi. Ajratilgan bo‘laklar xuddi uyushiq bo‘laklar singari gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik jihatdan aloqada bo‘ladi. Ajratilgan bo‘laklar tuzilish jihatidan ikki xil bo‘ladi. a) bir bo‘lak holida keladi: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan. b) birikmali bo‘lak holida keladi: Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi. Ajratilgan bo‘laklar ikki xil vazifani bajaradi: a) ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish; b) o‘zi ifodalagan mazmunning ma’nosini izohlash, konkretlashtirish, tushunarsiz ma’noni tushuntirish. Bu xil ajratilgan bo‘laklar ham ikki xil bo‘ladi: a) ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar: Borlig‘im-la farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon! b) ajratilgan ravishdosh qurilmalari: Ey Farg‘ona! Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, quchib, opichlab, ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona! Har ikki holatda ham ajratilgan bo‘lak boshqa gap bo‘laklaridan o‘ziga xos (ko‘tariluvchi yoki pasayuvchi) ohang bilan ajralib turadi. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling