Ajratilgan bo‘laklar


Download 23.1 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1276540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
54-mavzu

Ajratilgan izohlovchi. Ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi. Asosan, izohlanmishdan keyin keladi. Masalan: O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Birozdan so‘ng Hasan aka, fizika o‘qituvchisi, kirib keldi.
Diqqat!
Ba’zan ajratilgan bo‘laklar o‘zi izohlab kelgan bo‘lak bilan yonma-yon emas, undan uzoqroqda joylashishi mumkin: Ona ham qo‘l qo‘ydi, mushfiq, mehribon.
Ba’zan ajratilgan bo‘laklar uyushib kelishi mumkin: Xonadoningiz menga juda yoqdi, obod, sokin, tinch.
Ba’zan gap bo‘laklari ko‘makchili qurilma shaklida ajratilishi mumkin. Bunda tashqari, bilan, birga, bo‘yicha, binoan, muvofiq, qaraganda, ko‘ra, yarasha, holda kabi ko‘makchilar o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib, yoyiq holda kelib, gapning boshqa bo‘laklaridan pauza (yozma nutqda tinish belgilari) bilan ajratiladi. Bunday ajrtilish vositali to‘ldiruvchi hamda holga taalluqli. Masalan: Navoiy, bir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygan holda, xalqning tabrigiga samimiy javob berdi (hol). Maktabimizda, bichish-tikish to‘garagidan tashqari, musiqa va rasm to‘garaklari bor ­(to‘ldiruvchi).
Ba’zan ajratilgan bo‘laklardan oldin ayniqsa, shu jumladan, masalan kabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin. Masalan: Bu xabar hammani, shu jumladan, Mahkamni ham, lol qoldirdi.


Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilari
Ajratilgan bo`laklar yozma nutqda, ko`pincha, vergul, tire va qavs bilan ajratiladi:
1)bo`lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: Soy bo`yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi;
2)ajratilgan bo‘laklar odatda ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Agar ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi. Masalan: Mening o`z muhabbatim bor – toza va musaffo!
3)ajratilgan bo`lakning o`z ichida vergul bo`lsa, ikki tomoniga tire qo`yiladi: Ekranda yer tasviri ko`rindi; daraxtlar gullagan, pag`a-pag`a oq bulutli osmon yer bilan qo`shilib ketganday – osmon aksi yerga tushyaptimi, yo aksinchami – bilib bo`lmaydi.



Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling