Ajratilgan bo‘laklar
Download 23.1 Kb.
|
54-mavzu
2-mashq. Ajratilgan bo‘laklarni aniqlang.
1. Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima bor?! 2. Ular shu yillar ichi tirishib, tirmashib uzoqqa, tog‘ cho‘qqisi tomon intildilar. 3. Manzura dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa kutdi. 4. Bu ish Said Qodirov qo‘liga tushib qolganidan ajablandi hamda unga, tergovchiga qaradi. 5. Shu ish bahona bo‘lib, uning shaharga, markazga kelishining sababiga hech kim ishonmadi. 6. Komil buvaning uyi shu yong‘oqzorning ichida – Bo‘rijarning qoq ustida emish. 7. Dadam harsillab nafas olib, narigi tomonga – pastga tushdi. 8. Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o‘tirib choy ichdik. 9. Dadam sharqirab oqib yotgan ariq bo‘yida, bir tup sadaqayrag‘och tagida, to‘xtadi. 10. Chindan ham bomba ancha orqaga – o‘rmonzorga borib tushadi. 11. Biz – er-xotin yog‘ zavodida ishlaymiz. 12. Qo‘zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to‘rt qadam orqaga, Sherzod cho‘nqayib o‘tirgan doska tomonga tisarildi. 3-mashq. Ajratilgan hollarni aniqlang. 1. Temir eshikli podyezd, ikkinchi qavat, chap tomondagi kvartira – bu sizning xonadoningiz. 2. Men ko‘rsatilgan stulga – to‘rga o‘tib o‘tirdim 3. Haligina, siz kelmasdan sal avval, biroz o‘zimga kelgach, joy-joylariga ketishdi. 4. Shoirning kulbayi vayronasi shaharning eng chekkasida, Bog‘i Firuz va Bog‘i Mahmud kabi ko‘rkam bog‘lar atrofida joylashgan edi. 5. Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz, begim. 6. Yaxshiyam, Sulton Mahmud yoshlik chog‘larida, yuragida insof va adolat tuyg‘usi tamoman so‘nib bitmagan mahallarda, birdan bir adolatli farmon bergan ekan. 7. Axsi – Movarounnahrda, Sayxun bo‘yida joylashgan bo‘lib, mashhur shaharlardan edi. 4-mashq. Gaplarni o`qing. Qaysi gap bo`lagi ajratilayotganini aniqlang. 1.Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – hovuz, ko`l-u ko`prik-la karvonsaroy. 2. Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham bilmaydiganlar ko`p. 3. Agarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotining ko`p qismi bo`lmag`ur ishlarga, anchaginasi bekorchilikka, umrning yaxlit o`zi esa nokerak narsalarga sarflanadi. 4. O`z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning , befarqlarning ahvoliga voy. 5. Farosatsizlik, axloqsizlik orasida faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling