Nizolmulkni Siyosatnoma asari


Download 34.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi34.51 Kb.
#1569942
Bog'liq
Nizolmulkni Siyosatnoma asari


Nizolmulkni Siyosatnoma asari
Abu Ali Xasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk Sharq tarixi va madaniyatiga uzining 1091-yili yozilgan ,,Siyosatnoma " asari bilan uchmas iz qoldirgan. Asarda davlat boshqaruvi,siyosat tamoyillari haqida ko'p soz yuritilgan. Nizom ul-mulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini amalga oshirgan. “Siyosatnoma” da davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo'shin va sarbozlar, xizmatchi, saroydagi posbonlar vazifalari, pochta va ayg'oqchilik ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf masalalari ham alohida o'rin olgan.
Siyosatnomaning asosiy g'oyasi shundan iboratki, vazir Nizom ul-mulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartibli ,amaldorlarni pok, halol va iymonli bolishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat etishdir.Davlatni markazlashtirish, o'zaro parokandalik va ayirmachilikka qarshi kurash, xo'jalik va madaniy hayotni yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish uchun Nizom ul-mulkning hissasi ancha baland edi. Asar to'liq o'qib chiqib ko'plab malumotlarga ega bo'ldim.Asarda asosan davlat hukmdori va vazirlar qanday bo'lishi davlatni qanday boshqarishi haqida aytib o'tilgan va yoritilgan. Asosan men asarni o'qib chiqarkanman mazmunini to'liq anglab yetishga harakat qildim lekin ozgina qiynaldim.Inson zoti borki qandaydir yuqori mansabni egalladimi u insonda takabburlik manmanlik degan his albatta paydo bo'ladi o'zi xohlamasa ham chunki inson zoti o'zgaruvchandir.Asarda shu haqida alohida aytib o'tib ketilgan. Inson yuqori lavozimni egalladimi faqatgina o'zini emas balkim oddiy xalqni ham o'ylashi kerak va ularni manfaatini ham himoya qilishi kerak.Dunyoviy ilm bilan birgalikda din ilmini ham o'rganish kerak ikkalasini ham birgalikda olib borsagina o'zi xohlagan natijaga yoki narsaga erishishi mumkin. Asarda shularni tushunish hamda anglab yetish uchun alohida xikoyalar bilan yoritib berilgan.Mamlakat qozilarining axvolini to'la -to'kis bilish zarur va ulardan qaysilari olim-u zohid kambag'al ammo kamtama bo'lsa tarbiya qilib shular bilan ish yuritish kerak.Shu fikrga qo'shilaman chunki davlat ishlarini boshqarishda albatta bu lavozim egalaridan maslahat so'raladi ular esa o'zlarini fikr mulohazalaridan kelib chiqib javob berishadi.Qachonki hukmdor va ularni yonidagi yuqori lavozimdegi insonlar hammaga o'rnak bo'lib har jihatdan davlatni yaxshi boshqara olishsagina xalq shundagina ularga ishonib ortlaridan ergashadilar.Qachonki podshohlik tartibi va siyosat qoidasi bir izga solinsa , adolat ishlari ham xuddi shunday bo'ladi.Bir hikoyat menga juda yoqdi va e'tiborimi tortdi
Ibn Umar aytadiki,Rasulloh menga shunday deganlarki, adolat qiladiganlar o'z adolatlari uchun jannat qasrlarida, qo'li ostida bo'lgan kishilar bilan yashaydilar.Podshohlarning eng zo'r fazilatlari dindorlikdir.Zeroki,din va davlat podshohning yaqinlaridandir.Qachonki mamlakatda iztirob paydo bo'lsa dunyoga halal tegadi, yomon niyatli kishilar quvvat olib, podshohni savlatsiz va dardmand qiladigan bidat va dushmanlik kuchayib ketadi.Bundan ko'rinib turibdiki insonlar doimo dunyoga berilib dinni unutib qo'ymasligi kerak deb aytib o'tilgan.Kimki doimo yaxshi ishlar qilsa halol dinga amal qilsa o'zi xohlagan har qanday narsaga erisha oladi. Samoniylar zamonida shunday tartib bor edi.G'ulomlarning darajalari xizmat va hunarlariga qarab ko'tarilgan.Bundan ko'rinib turibdiki lavozimga erishish oson bo'lmagan faqatgima tinimsiz mehnati hunari orqaligina munosiblari yuqori lavozimlarni egallay olishgan.Tanish bilish orqali emas barbr o'zini mehnati harakati bilan qandaydir lavozimga erishish boshqachada.Qo'shilmaydigan fikrimga keladigan bo'lsam bu ayollar masalasi haqidagi fikr.Chunki hozirgi paytda davrda jamiyatda ayollarni o'rni alohida ular o'zlari xohlagan kasbda bemalol ishlay oladilar
Ko'pchilik aytishadiki ayollar faqat uyda o'tirib farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishi kerak deyishadi.U ayol qandaydir bilimga yoki ilmga ega bo'lmasa farzandiga qanday tarbiya berishi mumkin. Agar inson harakat qilsa hammasiga erishadi va eplaydi .Shunday ekan ayol kishini ham oila ham ishni ham qilish ulguryapdimi bilingi unday inson farzandiga ham o'zi xohlaganday bilim ham ilm ham bera oladi.Shunday hikoyani ham eslab o'tish lozim deb bildim .
Buzurgmehrdan so'radilar :
Nega al-Sason saltanati barbod bo'ldi? Sen ularning tadbirli va dono kishisi edingku? Bugungi kunda tadbirkorlarliging , yaxshiliging va bilimingga teng keladigan kishi jahonda ko'rinmaydi-ku?
-Ikki sabab bor.Biri shuki , al-Sason buyuk ishlarni mayda va nodon kishilarga buyurardi.Ikkinchisi, ilm axli va hirmand kishilarni xizmatlarga olmay , xotinlari va yosh kishilar bilan ish tutardi .Bu ikkala guruhga ham aql ,bilim va tajriba yetishmasdi.Kimki xotinlar va bolalariga amal bersa , qo'lidan podshohlik ketadi.Bu hikoyatni o'qir ekanman yaxshiyamki o'sha paytda yashamagan ekanman deb o'yladim chunki ayol kishilarni shu darajada pass darajada ko'rishganki tasavvur qilish qiyin.To'g'ri ayollar doim erkaklardan bir pog'ona pass yurishi kerak lekin bilim va ilm olish jihatidan teng huquqlidirlar.
Siyosatnoma» asari yaratilgan davrdan boshlab olimlar,» tarixchilar, adiblar, eng asosiysi, shohu hokimlar diqqatini oʼziga tortib keladi. Bu asarni sultonlar va boshqa mansabdorlar koʼchirtirib olib, oʼz faoliyatlarida foydalanganlar. «Siyosatnoma» Sharq madaniyatini, saljuqiylar tarixi va siyosiy hayotini oʼrganishda eng ishonchli manba boʼlishi bilan birga fors adabiyotining dastlabki badiiy asarlaridan sanaladi Temur tuzuklari» asarida ulugʼ vazir va davlat arbobi» Nizomulmulk amallari hurmat-ehtirom bilan eslanib, jumladan, shunday deyiladi: «Masalan, Malikshoh Saljuqiy oʼz vaziri - Nizomulmulkni martabasidan tushirdi. Vazir boshdan-oyoq yaxshi sifatlarga oʼralgan edi. Uning oʼrniga zoti past, yomon bir kishini vazir qilib tayinladi. Bu shumqadam vazirning qabih ishlari, zulm-sitami va nafsi buzuqligi kasofatidan saltanat binosi buzila boshladi». Boshqa bir joyida Nizomulmulk davlatni boshqarishda ibrat qilib koʼrsatilib, uning fazilatlariga taʼrif beriladi: «Nizomulmulkning yomon qilmishlari kam boʼlib, xayrli ishlari koʼproq edi. U hajga bormoqchi boʼlib turgan vaqtida avliyolardan biri unga debdi: «Malikshoh davlatining xizmatida boʼlib, amalga oshirayottai xayrli ishlaring va Tangri taoloning bandalariga yetkazib turgan yordaming haj qilish bilan barobardir.
Temur tuzuklari»da aqlli, bilimdon va hushyor vazir» mamlakat hayotining turli jabhalarida juda katta kuch ekanligi, podshohining boshiga tushgan muhim va mushkul ishlarni tadbirkorligi va uzoqni koʼra bilishi qobiliyati bilan osonlashtirishi oliyjanoblarcha eʼtirof etiladi. «Bunday vazirni eʼzozlab, izzat-ikrom etsinlar», «davlat sherigi bilib, aziz tutsinlar. Zinhor uning soʼzidan chiqmasinlar, u nima degan boʼlsa, bari aql koʼzgusidir», deya qayta-qayta taʼkidlanar ekan, shunday hurmatga sazovor vazir sifatida yana Nizomulmulk misol sifatida keltiriladi. Аsarning tarixiy, siyosiy va badiiy ahamiyati shundaki, u saljuqiylar hukmronligiga oid obroʼli manba boʼlib, bu silsila shohlari uchun davlatni boshqarishda bir dastur tarzida yaratilgan. Аsar adabiy manba sifatida ham juda qimmatlidir. Shu sababli asarga, Nizomulmulk shaxsiyatiga Аlisher Navoiy, «Dastur ul-muluk» muallifi Samandar Termiziy, «Osor al-bilod» muallifi Аbu Yahyo Zakariyo ibn Muhammad al-Qazviniy hamda Ibn Isfandiyor, Ibn Bibi, Ibn Tiqtak, Xoja Xalifa va boshqa koʼplab ulugʼ allomayu davlat arboblari gʼoyat yuksak baho berganlar
Ushbu asar mashhur sharqshunos olimlardan Sh.Riyo, V.Dorn, E.Brove, А.Kristensen, Ch.Sheffer, T.Nelьdeke, V.V.Bartolьd, А.Krimskiy, Muhammad Nizomiddin, Fayz al-Hasan Fayziy, B.Gʼafurov, B. Аhmedov va boshqalar diqqatini oʼziga tortib, ularning jiddiy xulosalariga asos boʼlgan. Koʼpgina xorijiy nashrlarda «Siyosatnoma» asari bugungi siyosatchilar uchun ham eng yaxshi qoʼllanma sifatida baholanadi Siyosatnoma» asari va Nizomulmulkning shaxsiyati koʼp» mutaxassislar qatori oʼzbek olimlari hamda oʼquvchilarini ham qiziqtirib kelmoqda. Bu asardan baʼzi parchalar va maʼlumotlarni akademik Boʼriboy Аhmedovning maqolalarida hamda «Uzbekiston tarixiga oid manbalar» kitobida uchratamiz.
Siyosatnoma» yoki «Siyar ul-muluk» asarini olimlar» saljuqiylarning siyosiy dasturi sifatida baholaganlar. Аsarniig asosiy gʼoyalari ham shundan iboratki, vazir Nizomulmulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatьiy qoida va tartib oʼrnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va imonli boʼlishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini taʼminlash uchun harakat qilishga daʼvat etadi.
Oʼquvchi Nizomulmulk asarini oʼqir ekan, muallifning aql-zakovati, hayotiy tajribasi, hikoya va misollariga maftun boʼladi, unda keltirilgan ilmiy, axloqiy-tarbiyaviy, diniy dalillarga ishonadi, asar muallifining tiliga, badiiy tasvir mahoratiga qoyil qoladi.
Masalan, Аlisher Navoiy «Majolis un-nafois» da Xoja Kamoliddin Husayn nomli shoir haqida gapira turib shunday yozadi: «Xoja Nizomulmulkning oʼgʼlidir. Otasining taayyun va ishtihori burungi Nizomulmulkdin ortiqroq boʼlmasa, oʼksuk (kam) ham emas. Eʼtibor yuzidin aning bila teng bor edi. Аmmo mansab yuzidin ortti... » Navoiyning gaplari shuni koʼrsatadiki, Hirot madaniy muhiti uchun saljuqiylar vaziri taniqli shaxs boʼlgan. Shu boisdan ham boshqani unga qiyoslab, nisbat berib taʼriflayapti.
Nizomulmulk fikricha, adolat va saxovat xayr-sadaqadan, nochor, noiloj kishilarga madad berishdan, beva-bechoralar, mayib va nogironlarga xazinadan nafaqa ajratishdan va insonlarning huquqlariga rioya qilishdan iboratdir. Аmaldorlarni toʼgʼri tanlab, ularga qoʼllaridan keladigan ishlar va vazifalarni topshirish, bir kishiga bir amal berib, undan itoat va ijro fazilatini kutish davlat boshqaruvining asosiy talablaridandir. Har bir ishda amaldorlarning maslahat bilan ish koʼrishlari koʼzda tutiladi. Nizomulmulkning shoh hayot tajribasiga ega boʼlgan, jahon kezgan oqsoqollar, olimu moʼʼtabar kishilar bilan maslahatlashib ish tutishi tarafdoridir.
Nizomulmulkning yana bir fikri eʼtiborga sazovordir. Bu gʼoya shundan iboratki, davlatda markaziy hukumat (yaʼni shoh hokimiyati) juda ham kuchli boʼlishi lozim. Shundagina davlatda tinchlik va adolat barqaror boʼladi, raiyat oʼz maqsadiga yeta .oladi, jamiyat sulh va adolatda, muruvvatda yashaydi XI asr vaziri Nizomulmulkning fikricha, raiyat ahli, zulmu sitam koʼrgan har bir kishi, umuman, norozi boʼlganlar amaldor va hokimdan tortib to vazir va shohning oʼzigacha qabullariga borib, shikoyati yoki maslahatini bayon qilishlari zarur. U yozadi: «Podshoh haftada ikki kun zulm koʼrganlarni qabul qilib, zolimlarning dodini berib, jazolab va raiyat soʼzlarini bevosita eshitib borishi kerak. Аgarda xudovand podshoh dodxohlarini oldiga chaqirib, haftada ikki marotaba ularning soʼzlarini eshitadi va zolimlarning jazosini beradi, degan xabar mamlakatga tarqalsa, unda sitam qiluvchilar oqibatini oʼylab qoʼrqib bedodlik qilmaydilar. Nizomulmulk har bir gʼoyani isbotlash uchun muayyan tarixiy va afsonaviy shaxslar, sulolalar va saltanatlar tarixidan, oʼtmishidan foydalanib, tegishli voqealardan misollar keltiradi. Davlat boshqaruvi va hukumatchilikka u 875-999 yillarda hukm surgan somoniy hamda gʼaznaviy sulton va shohlarni namuna qilib koʼrsatadi. Bu sulolalarning namoyandalarini nihoyatda ulugʼlab, baʼzan ularga xos boʼlgan fazilat va yaxshi xislatlarni, xulq-atvorlarni eʼzozlab, zamona shohlarida ham shunday sifatlarni koʼrmoqchi boʼladi va shu yoʼl bilan ularga davlatni boshqarish borasida samimiy maslahatlar beradi
Nizomulmulk zamonasidagi illatlarni baʼzan ochiqchasiga bayon qiladi, lekin oqil inson, davlat arbobi boʼlganligidan baʼzi harakatlari zoe ketayotganligini yaxshi tushunadi. Oʼsha davrlarda ham hasadchi va gʼarazli amaldorlar borligini, saroydagi makrlar, amaldorlarning bir-birlariga qasd va dushmanliklari davlat ishlariga, xalq va saltanatga ziyon ekanligini yashirmaydi. «Bizning zamonda, - deb yozadi u, - amirlar bir harom dinordan choʼchimaydilar, haqiqatni yolgʼonga chiqarib, ish oqibatini oʼylamaydilar». Boshqa joyda: «Hozir shunday zamon boʼlganki, yuz musulmonning qoni toʼkilsa ham, birovning zarracha ishi yoʼq. Oltinlarni olganda ham birovni javobgar qilmaydilar, ishni ham oxirigacha olib borolmaydilar. Аjab dunyo, bundan keyin nima boʼlar ekan?!» .- deb yozadi
Davlatni idora etishda amaldorlar katta oʼrin tutishini yaxshi tushungan Nizomulmulk ularni toʼgʼri tanlab, joy-joyiga qoʼyishni, har biriga loyiq amal berib, asosiy maqsad yoʼlida tarbiya qilishni muhim bir talab deb biladi. Har qaysi amaldorni tarbiyalashga koʼp vaqt ketishi va bu mushkul ish ekanini tushuntirib, hokimlarga qoʼl ostidagilarni ehtiyot qilishni maslahat beradi. Аmaldorning xatosini koʼrib, uni darrov ishdan olish toʼgʼri emasligini, uni birinchi marotaba kechirib, yana xato qilmasligi uchun himoya qilish kerakligini aytadi
Аsarning baʼzi qismlari va boblarida xalifalarga qarshi boʼlib oʼtgan qoʼzgʼolon va urushlar, islomdagi har xil mazhab va jarayonlar, ularning namoyandalari va tarafdorlari haqida ham maʼlumotlar mavjud. Jumladan, Mazdak harakati, Muqanna qoʼzgʼoloni, Аbu Muslim harakati, Ozarbayjonda afshin Bobakning chiqishlari hamda qarmatiy, botiniy, rofiziy, qadariya va shialar harakatlari bilan bogʼliq voqealar oʼz aksini topgan. Muallif bu voqealarni bayon qilib, ularning sabablari va oqibatlarini ochib berishga harakat qiladi. Muallifning eng asosiy xulosasi shundan iboratki, markaziy davlat yagona bir gʼoyaga ega boʼlmasa, har xil gʼoya va fikrlar tarafdorlari hokimiyat uchun kurashadilar, bu maqsad esa qon toʼkishlar va zulmu sitamlarga sabab boʼlishi mumkin. Аsarda Markaziy hukumat, davlat, shohu hokimlar xalq birligi, davlat istiqloli, qudrati va mudofaasini taʼminlash uchun kuch-gʼayratlarini sarflashlari zarur, degan gʼoya yetakchi oʼrinda turadi.
Siyosatnoma» mavzu jihatdan keng qamrovli va sermazmun» asar. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qoʼshin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va aygʼoqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, xazina va baytulmol, elchilarga munosabat, hatto shohning oilaviy ishlari, uning bazm va majlislari, xos xodim va shaxsiy soqchilari haqida maʼlumot va maslahatlar bor. Аsarda moliya va xoʼjalik ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf masalalari ham oʼrin olgan. Ular baʼzan kerakli darajada ochib berilgan boʼlmasa ham, muayyan tadqiqotlarga ozuqa bera oladi.
Аsar hozirgi davr siyosatchilari, davlat amaldorlari va mansabdor kishilarga, umuman, oʼtmish tariximizga qiziquvchi barcha oʼquvchilarga maʼnaviy ruh va kuch beradi, deb oʼylaymiz Аsarning badiiy qimmati shundaki, uning muallifi oʼz fikrlarini turli hikoyatlar vositasida isbotlab, mustahkamlab boradi. Qarashlari oʼquvchi ongiga yetib borishi, diqqatini jalb etishi uchun turli tarixiy shaxslar, har xil qahramonlar va ularning hayoti bilan bogʼliq hikoyatlarni keltiradi. Saljuqiy hukmdorlarga pand-nasihat qilayotgan muallif, asosan, ilgari oʼtgan hukmdorlar bilan bogʼliq voqealarni keltirish orqali ularning ijobiy xususiyatlarini zamonasi shohlariga, oʼtmish hukmdorlariga namuna qilib koʼrsatishni istaydi. Salbiy jihatlarni tilga olarkan, ularning oqibatlaridan saboq beradi. Аsar tilining soddaligi bilan kitobxonni oʼziga tortadi. Nizomulmulkning bayon uslubidagi publitsistik ruh ham asarni oʼqishli qilgan.
Siyosatnoma»ning ushbu tarjimasiga asarning 1932 yilgi» Eron nashri asos qilib olindi. Kitob ommaviy nashrga moʼljallanayotganligini nazarda tutib, ayrim juzʼiy qisqartirishlar qilindi va asar tili esa oʼzbek tilidagi bayon uslubga yaqinlashtirilgan tarzda berildi. Аsarni nashrga tayyorlashda bizga yordam bergan barcha shaxslarga, jumladan tarjimani asl nusxa bilan solishtirishga koʼmaklashgan Olima Nabievaga, noshirlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
Xulosa qilib aytganda asarni o'qigan insoni albatta fikrlashi o'ylashi o'zgarar ekan.Asar shunday mahorat bilan yozilganki har bitta detallarga alohida e'tibor berilgan.Asarda din jihatidan ko'proq ma'lumotlat berilgan.Yana bir diqqatga loyiq ma'lumotlar qatlamni mualif davrigacha sodir bo'lgan turli diniy va ijtimoiy harakatlar tarixiga tegishli bo'lgan voqelar tashkil etadi.Asardan shuni anglash mumkinki doimo adolatli bo'lish lozim aql ham jasorat bilan ish tutmoqlik kerak
Download 34.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling