Aqliy hujum
Aqliy hujum (breynstorming) bu g’oyalarni ilgari surish – generasiya qilish usuli bo’lib, qatnashchilarni birlashgan holda, ma’lum bir vaqt oralig’ida, muammoni tezkor yechishga qaratilgan faoliyat olib borishlari bilan asoslanadi.
Metodning asosiy vazifasi muammoni mustaqil tushunish va yechishga ta’lim oluvchilarni motivasiyasini uyg’otishdir. Undan maqsadli foydalanish ijodiy, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, o’quv materialini tezkor o’zlashtirish imkonini beradi. Guruh oldiga qo’yigan muammo bo’yicha o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma bildirilishi so’raladi.
Belgilangan qisqa muddat oralig’ida o’nlab g’oyalarni to’plash imkoniyatlari ochiladi, g’oyalarning ko’pligi muammoni oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladi.
Breynstorming qoidalari:
- ilgari surilgan g’oyalar baholanilmaydi, tanqid ham qilinmaydi;
- ko’proq g’oyalar yig’ishga harakat qilinadi;
- muammoning yechimiga mos bo’lmagan g’oyalar ham qo’llab-quvatlaniladi;
- g’oyalar yig’ish uchun vaqt aniq belgilanadi va rioya qilinadi;
- bildirilgan fikrlar to’ldiriladi, kengaytiriladi;
- natijaviy xulosalar qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |