Loyihalash usuli
Loyihalash usuli bilim va malakalarni, tahlil qilish, baholashni amaliy qo’llashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Boshqa usullarga qaraganda, bu usul o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtirok etadilar.
Loyihalashda individual tashabbus ham ma’lum rol o’ynasada, har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyati natijasi deyish mumkin.
Bu metodning didaktik vazifalari:
- ta’lim jarayonini faollashtiradi;
- ko’pgina didaktik manbalardan foydalanish imkonini beradi;
- o’zini-o’zi motivlash amalga oshiriladi;
- o’zlarining mehnatining samarasini ko’ra oladi;
- o’quvchilarga axborot qidirishga yordam beradi;
- ishtirokchining o’zi axborot manbai bo’lishi mumkin;
- butun jarayon muvofiqlashtiriladi;
- o’quvchilar quvvatlanadi va taqdirlanadi;
- uzluksiz qayta aloqa o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |