Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
II - bob O’smirlarda irodaviy xislatlar shakllanishiga
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlarda irodavij xislatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari
II - bob O’smirlarda irodaviy xislatlar shakllanishiga
idrok jarayonini rivojlantirish zamonaviy usul va vositalari 2.1.Idrok jarayonini rivojlantirish ishlash mashqlariga texnologik yondashuvlar.
Idrok etish jarayonida idrokning mazmunini o’zgartirib yuborishni mumkin bo’lgan his-xayajonlar ham ishtirok etadi. Idrok etishda his-xayajonli ta’sirotlarning muhim rol o’ynashi turli xildagi bir qator tajribalarda tasdiqlangan.
20 Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning negizini tevarak- atrofimizda narsalar va hodisalar retseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, muvaqqat nerv boshlanishla ri tashkil etishini ko’rsatib bergan edi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchilar sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’lmalari o’zagida ana shu kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab taxlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish - umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. Jumladan,notanish xorijiy tilda aytilgan nutq boshdan-oyoq tovushlar oqimi tarzida idrok etiladi. Nutqning anglanilgan holda idrok etilishi, ya’ni u tushunilishi uchun nutqni alohida iboralarga, mohiyati e’tibori bilan so’zlarga ajratish shart. Ayni paytda nutqni idrok etish jarayonida tahlil bilan bab-baravar tarzda sintez ham qilinadi, shu tufayli biz alohida tarqoq tovushlarni emas, balki so’zlarni va iboralarni idrok etamiz. Ixtiyoriy idrok etishning muhim shakli kuzatishdirki, u narsalarni yoki tevarak- atrofdagi olam hodisalarini ko’ra-bila, rejali tarzda idrok etishdan iboratdir. Kuzatishda idrok etish mustaqil faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Sezgi a’zolarini ishlatishni, teri orqali sezishni, ko’ra bilishni, eshitishni va xokazolarni o’rganish kerak. Biz chet tillardagi ayrim so’zlarni ko’p hollarda farqlay olmaymiz, musiqaviy asarlarning buzib ijro etilayotganligini payqamaymiz, yoki kartinalarning buyoq ranglari tasviridagi ana shunday buzilishlarni ko’rmaymiz. Kuzatishni o’rganish mumkin va lozim. Nutq madaniyati haqida so’z yuritilishi kabi idrok etish, kuzatish madaniyati haqida ham gapirish mumkin. Shu munosabat bilan gollandiyalik taniqli astronom M.Minnartining mana bu so’zlarini eslatib o’tish o’rinlidir: "Ko’ra boshlash sizlarning o’zlaringizga bog’liq -o’z ko’zlaringizga "nimaga qarashni bil" deb ataladigan sehrli aso bilan tegib qo’ysangiz kifoya". Xaqiqatan ham, kuzatishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan vazifaning aniq qilib qo’yilishiga bog’liqdir. Kuzatuvchi uchun kuzatishning yo’nalishini ko’rsatadigan "kompas" bo’lishi kerak. Kuzatuvchi oldiga qo’yiladigan vazifa, kuzatish plani ana shunday "kompas" hisoblanadi.
21 Ta’lim berishda ko’rgazmalilik printsipini qo’llanilishi bunday tarzda yondoshilishi u o’quvchilarning faol kuzatishga va faol aqliy faoliyatiga tayanadigan bo’lsa, bilimlarning samarali va puxta o’zlashtirilishini ta’min etadi. Fazoni idrok qilinishi kishining o’zini qurshab turgan muhitni chamalashining muqarrar shartlaridan bo’lib, uning ushbu muhit bilan o’zaro birgalikdagi harakatida katta rol o’ynaydi. U ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan fazoning aksini ifoda etadi va ob’ektlarning shakli, xajmi va o’zaro birgalikda joylashuvi, ular staji, olisligi va yo’nalishlarining idrok etilishini o’z ichiga oladi.
Narsalarning shaklini, o’lchamini, bir-birlariga nisbatan egallagan o’rnini, u yoqdan-bu yoqqa ko’chishini aniqlash va ayni paytda xususiy gavdaning tevarak- atrofdagi narsalarga nisbatan holatini tahlil qilish organizmning harakatlantiruvchi faoliyati jarayonida yuz beradi va fazodagi tahlil deb ataluvchi analitik sintetik faoliyatning alohida yuksak darajada namoyon bo’lishidan iboratdir. Shu narsa aniqlandiki, fazodagi tahlilning turli xildagi shakllari analizatorlar kompleks faoliyatining negizida vujudga keladi,ularning birortasi ham muhitning fazoviy omillarini tahlil qilishda asosiy rol o’ynamaydi. Ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan narsaning shaklini paypaslab turib aniqlash uchun narsani qo’lga olish, aylantirish va turli xil tomonlarini paypaslab chiqish zarur. Bunda qo’l engil ish-harakatlar qilib, narsani paypaslab chiqadi, uning u yoki bu qismi kanchalik to’g’ri idrok etilganini tekshirgan holda, qo’llar goho-goho orqaga aylantirib turadi. Narsaning shakllanayotgan obrazi taktik va kinestezik sezgilarni yaxlit kompleks qilib birlashtirish tufayli xosil bo’ladi. Narsalarning idrok qilinayotgan katta-kichikligi ularning ko’z to’rpardasida tasvirlangan o’lchami va kuzatuvchining ko’zlaridan olis-yaqinligi bilan belgilanadi. Ko’zlarning turli olislikdagi narsalarni aniq-ravshan ko’rishga moslashuvchi ikkita mexanizmi - akkomodatsiya va konvergentsiya yordamida yuz beradi. Akkomodatsiya - ko’z gavharining egriligini o’zgartirish yo’li bilan uning aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o’zgartirish demakdir. Jumladan, yaqinroqda joylashgan narsalarga qaraganimizda, mushaklarimizda qisqarish yuz beradi, natijada ko’z gavhari taranglashish darajasi kamayadi va u yanada qavariq shaklga kiradi. Yosh ulg’aya borgan sari ko’z gavhari sekin-asta kam harakat qiladigan bo’lib qoladi va
22 moslashuv, ya’ni turlicha uzoqlikdagi narsalarga qaraganda, o’z shaklini o’zgartirish qobiliyatini yo’qotadi. Natijada yaqinroqdagi narsa lardan ko’ra uzoqdagi narsalar yaxshiroq ko’rina boshlaydi. Bu aniq-ravshan ko’rinadigan yaqinrokdagi nuqta yosh o’tishi bilan tobora uzoqlasha borishida o’z ifodasini topadi. Idrok hamisha ham ob’ektiv olamdagi narsalarning aynan o’zini aks ettiradimi? Idrok etishdagi ko’plab xatolarga va ularga yo’l quyilgan shart-sharoitlar asosan ko’rish illyuziyalariga izohlar berilib quyilgan. Illyuziyalar hayvonlarda ham kuzatiladi. O’zini yashirin ko’rishdagi xomxayollarning amalda qo’llanilishiga asoslangan bo’lib, bu ko’plab yirtqich xayvonlar, baliqlar, parrandalar va xasharotlar uchun muhofaza moslamasi hisoblanadi. O’zini yashirishning samarali usullaridan biri mimikriya ( xayvonlar yoki o’simliklarning ular yashayotgan muhitdan farq qilmaydigan tusga yoki
shaklga kirishi)bo’lsa,ikkinchisi kiyofaning buzilishidan,ya’ni xayvonning tashqi ko’rinishi shunday o’zgaradiki, uni sira ham bilib va farq qilib bo’lmaydi. Zebraning erkin targ’il chiziqlari uning ko’rinishi buzilishini ko’rsatadigan misol bo’lib, ana shu targ’illik tufayli muayyan masofadan turib xayvonning tashqi ko’rinishini aniq ajratib olish qiyin bo’lib qoladi. Ushbu hodisalarning hammasi illyuziyalar yuz berishiga olib keladigan umumiy omillar mavjudligiga ishonch tug’diradi. Lekin xayoliy ko’rinishlarning barcha turlari uchun ishonarli tarzda izoh topilganicha yuk. Zamonaviy o’qitishda texnologik yondashuvdan foydalanib, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. kunda pedagogika muxitida pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganligi kuzatilmokda. Biz pedagogik texnologiyaning yaxlit tizimi nazariyasini bayon qilishni maqsad qilib qo’ymaganmiz. Vazifa maktablar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilariga ta’limga texnologik yondashuv (mazkur nashrning cheklangan hajmi doirasida) to’g’risida minimal zarur axborotni berishdan iborat. Bunda pedagogik texnologiyaning mushtariyga texnologik yondashuv elementlarini o’zi maqsadga muvofik, deb hisoblaydigan holatlarda o’z ish amaliyotiga joriy qilish imkoniyatini beradigan keng tarqalgan variantlarini bayon qilishga ko’proq e’tibor beriladi.
23 Ma’lumki, pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o’qitish metodlari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish, kontekst o’qitish va hokazo. Ammo ular oliy ta’lim tizimida keng qo’llaniladi, deb bo’lmaydi. Buning sababi shunda bo’lsa kerakki, bunday har bir mashg’ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko’zda tutadi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko’p vaqtni sarflashni talab etadi. Qoidaga ko’ra, har bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmasdir. Tubdan farq qiluvchi ta’lim turlarini ko’rib chiqamiz: ogzaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchan-ijodiy. Avvalo ularning umumiy jihatlarini taqqoslaymiz, keyinchalik esa boshqa boblarda pedagogik texnologiya elementlari bilan chuqurroq tanishamiz. Har qanday jarayon - harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. O’qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
O’qitish jarayoni o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning - ularda aqliy qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyogarlikni amalga oshirish maqsadida bilim, ko’nikma, malakalar tizimini ongli hamda puxta o’zlashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuasidir.
O’qitish jarayoni bilish nazariyasi asosida tarkib topadi. Hozirgi ilg’or pedagogika inson shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirishga tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va ijtimoiy tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi.
O’quv jarayonining mohiyati o’quvchi bilish faoliyatining mantiqi bo’lib, u birinchidan, bilish bizdagi bilimlarning yagona manbai bo’lib amaliyotni o’rganishdan boshlanishi, mavhum fikrlash asosida nazariyani umumlashtirish kerakligidan; ikkinchidan, bilish olingan bilimlarni, nazariy umumlashtirishlarni insondagi bilimlar haqiqiyligining yagona ob’ektiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan amaliyotga taqqoslash zarurligidan kelib chiqadi. O’quv jarayonini bilish jarayonini inson faoliyati sifatida psixologik-pedagogik jihatdan loyihalashga asoslanishini va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni ham o’z ichiga oladi.
24 Hozirgi dasturlar ma’lumotning nazariy saviyasiga talablarni oshirishga, maktabda o’qishning dastlabki kunlaridan boshlab, bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, ularda fanlarning nazariy tushunchalarini hosil qilishga, umumlashtirish va mantiqiy mulohaza yuritish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning aqliy kamol topishi va to’g’ri tarbiyalanishi o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Buning uchun pedagoglarning ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi ham nihoyatda zarur.
Hozirgi kunning talabi o’quv jarayonini o’quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, ijodiy tafakkurni ham shakllantirishdan iborat.O’qitishning boshlang’ich davrida ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan umumiy qonuniyatlarga binoan o’zlashtiriladi: Idrok- tushunish (anglash)-qabul qilish (reproduktiv faoliyatda-yodda tutish)- yangi sharoitlarda foydalanish. Rivojlantiruvchi ta’lim sharoitida idrok etishning o’ziga xos tomoni o’quvchining o’zlashtirilmagan sohani-tenglashtirish, taqqoslash, qonuniyatlarni aniqlash, qo’yilgan muammoni hal etishning turli yo’llarini izlab topish, o’quvchi uchun optimal bo’lgan usulni amaliy tarzda o’zlashtirishdagi aktiv faoliyat paytidagi o’quvchining sub’ektiv holati hisoblanadi, faoliyat natijasi sifatida o’quvchi axborotni o’zlashtiribgina qolmay, jamoa izlanishga va natijalardan qoniqishga aloqadorlik hissini sezadi, anglaydi. Ma’lum, o’qitish bilimlarni o’zlashtirish va bilish yo’llarini tushunishni o’z ichiga oladi. Ta’lim-o’qishga rahbarlik qilish, o’quvchilarning bilish ishlarini boshqarishdir.
Ta’lim jarayonida bir qancha metodlar mavjud bo’lib, bu metodlar o’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yordam beradi. O’quv materialini o’zlashtirishning bir necha darajalari mavjud. O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini keltiramiz: 1.Esga olish, xotirada tiklash – o’zlashtirish darajasi; 2.Reproduktiv – o’zlashtirish darajasi; 3.Produktiv (unumli) – o’zlashtirish darajasi;
25 4.Ijodiy – o’zlashtirish darajasi. Esga olish, xotiraga tiklash-o’zlashtirish darajasida har qanday o’rganilayotgan materialni izohlash yoki asoslash uchun zarur bo’lgan o’quv materiali (mazmuni) ni o’zlashtirilishidir. Bu materialdagi hodisalar yoki voqealar bir–biri bilan bog’lanishda va rivojlanishda bo’lib, albatta avvalgi o’rganilganlariga asoslanadi hamda uni takrorlash va esga olish yoki xotiraga tiklash lozim bo’ladi. Buning uchun materialni bayon qilishda ko’rgazmalilikdan foydalaniladi. Reproduktiv – o’zlashtirish darajasida bir turdagi masala yoki mashqlar (savollar) ni namunaga (tayyor echib ko’rsatilgan) qarab echa olishga mo’ljallangan o’quv materialiga aytiladi. Reproduktiv metod ham bor. Bu metod namunaga qarab o’quv materialini o’zlashtirish metodidir. Har qanday materialni bayon qilishda yoki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayyor echib ko’rsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar o’rganilgandan so’ng boshqa namunaga o’xshamagan lekin namunaga qarab echilishi mumkin bo’lgan mashqlar tushuniladi. Mashqlar (savollar) namunadagi ya’ni reproduktiv usuldagi o’zlashtirishga mo’ljallangan o’quv materiali bo’lsa, bularni namuna bilan bir xil turdagi o’quv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni o’rganish qulay va materialni o’zlashtirishdagi dastlabki qadamlar bo’ladi. Lekin bu usulda olingan bilim o’quvchining esida turmaydi, ya’ni olingan bilim mustahkam bo’lmaydi. Bu bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish va uni amaliyot bilan bog’lash uchun esa boshqa metod ya’ni produktiv metoddan foydalaniladi. Reproduktiv metodda bilimlarni o’zlashtirish darajalari bir xil bo’ladi. Produktiv (unumli) o’zlashtirish darajasi deganda nostandart (standart bo’lmagan, namunasi bo’lmagan yoki namunaga o’xshash bo’lmagan) ya’ni berilgan turdagi mashq bilan bir xil turda bo’lmagan vazifalarni o’zlashtirishga aytiladi. Bunday materialni o’zlashtirish uchun o’quvchilarning ma’lum darajada o’ylashlari va fikrlashlari talab qilinadi. Lekin bu material ma’lum almashtirishlardan yoki operatsiyalardan so’ng fikrlash yordamida yana namunadagi (vazifaga, standartga, reproduktiv darajadagi materialga) kelish mumkin. Buning uchun o’quvchilar topshiriq ustida ma’lum darajada mustaqil ishlashlariga to’g’ri keladi. O’qituvchi esa
26 o’quvchiga fursat beradi va kerak bo’lganda yordam beradi. Reproduktiv o’zlashtirish darajasidagi holga qaytish uncha murakkab bo’lmasligi kerak. Materialni o’rganishda produktiv metoddan reproduktiv metodga qaytilganda o’quvchi mustaqil faoliyat ko’rsatadi, ammo bunda to’la ma’nodagi ijodiy faoliyat ko’rsatmaydi.
Ijodiy o’zlashtirish darajasi (yoki qisman ijodiy) o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini turli holatlarda tatbiq eta olish, masala echishning turli yo’llarini izlash (o’qituvchi ko’rsatmagan, aytmagan metodlar)ni qo’llashga asoslangan o’quv materialiga aytiladi. Bunda ijodiy metod qo’llaniladi. Ijodiy metod muammoli metodlar sinfiga kiradi. Misol uchun ma’ruza bilan chiqish, munozara qilish, mustaqil ishlar tayyorlashda ijodiy metod qo’llaniladi, shu bilan birga yuqorida keltirilgan esga olish va xotirada tiklash, reproduktiv, produktiv va ijodiy o’zlashtirish ham biz yuqorida keltirilgan ta’lim maqsadlari (ta’limning umumiyligi, tarbiyaviyligi va rivojlantirishligi) birlashib kompleks holda keladi.O’quv materialini o’zlashtirish darajalariga erishish uchun ta’lim jarayonida bir qancha metodlardan foydalaniladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling