Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Moliyaviy barqarorlik koeffitsentlari
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
Moliyaviy barqarorlik koeffitsentlari.
3.1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti = korxona o‗z mablag‗lari (xususiy kapital) / aktivlar summasi (umumiy kapital) 3.2. Moliyaviy qaramlik koeffitsenti = qarzga olingan mablag‗lar / aktivlar summasi. 3.3. Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsenti = qarzga olingan mablag‗lar / o‗z mablag‗lari. 3.4. Moliyaviy barqarorlik koeffitsenti = o‗z mablag‗lari / qarzga olingan mablag‗lar. 3.5. O‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanganligi koeffitsenti = o‗z aylanma mablag‗lari / joriy aktivlar. 3.6. Zaxiralarni o‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanganligi koeffitsenti =o‗z aylanma mablag‗lari / zaxiralar. IZOH: O‗z aylanma mablag‗lari = o‗z mablag‗lari – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar va qo‗yilmalar) Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari. Bitta aksiyaning daromadliligi = sof foyda / muomaladagi oddiy aksiyalar soni. Aksiyaning bozor bahosi va bir aksiyaga to‗g‗ri keluvchi foyda o‗rtasidagi munosabat = bitta aksiyaning bozor qiymati / bitta aksiyaga to‗g‗ri keluvchi sof foy- da. Bitta aksiyaga dividend me‘yori = bir aksiyaga to‗g‗ri keluvchi dividend bir / aksiyaning bozor qiymati. To‗langan dividendlar ulushi =to‗langan dividendlar summasi / sof foyda. YUqorida eng ko‗p foydalaniladigan moliyaviy ko‗rsatkichlar keltirildi. Aniq bir biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona faoliyatni o‗tgan davrlarda to‗la ko‗rsatib bera oladigan ko‗rsatkichlarni tanlab olish mumkin, chunki ularning ko‗pchiligi bir biriga o‗xshash yoki bir xil ma‘lumotni berishi mumkin. Moliyaviy rejaning keyingi muhim bo‗limi tushum va xarajatlar balansi bo‗lib, u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) foyda keltirishi yoki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qancha mablag‗ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi. Mazkur bo‗limning asosiy vazifasi pul mablag‗lari kelib tushishi va sarflanishining sinxronligini, ya‘ni har bir lahza uchun ushbu mablag‗larning etarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxona aktivlarini tezda pul mablag‗lariga aylantirish yoki loyihani amalga oshirishda uning likvidligini anglatadi. SHuni e‘tiborga olish kerakki, likvidlik bilan bog‗liq muammo bozor 123 munosabatlari sharoitlarida korxonalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablaridan biri hisoblanadi. Umuman daromad va xarajatlar balansi korxonaning qanchalik samarali ishlashini tavsiflaydi. U shuningdek, soliq deklaratsiyalarini to‗ldirish, kredit so‗rab murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega. Moliyaviy rejaning ushbu bo‗limida aks ettiriluvchi asosiy ko‗rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi; 2. mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‗liq ishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‗yicha); 3. umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‗yicha); 4. soliq va boshqa to‗lovlar; 5. sof foyda; 6. korxona tasarrufida qoluvchi foyda. YUqorida ko‗rsatib o‗tilgan ko‗rsatkichlarni hisoblash mexanizmi ularga xos bo‗lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mahsulotni sotish hajmini bashorat qilish va biznes-rejaning boshqa bo‗limlaridagi kabi alohida jadvalda umumlashtiriladi. Yillik daromad va xarajatlar balansi choraklar bo‗yicha, choraklik balans esa oylar bo‗yicha taqsimlagan holda ishlab chiqiladi. Keyingi holatda ushbu hujjat tezkor xarakterga ega bo‗lib, korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig‗ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo‗lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‗ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‗rganiladi. Korxonaning o‗zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo‗ladi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling