Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspertlar
Mas‟ul muxarrir: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, «Iqtisodiyot va statistika» fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent A.B. Xayitov Taqrizchilar: Toshkent moliya instituti o‗quv ishlari bo‗yicha prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor YO.A. Abdullaev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Agrobiznes» kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.T. Salimov. Ekspertlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Mintaqa iqtisodiyoti va ekologiya» kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori T.J.Jumaev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Agrobiznes» kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi A. Xakimov. 4 KIRISH Fanni o„rganishning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi har bir korxona ko‗p sonli va turli muammolarga duch kelib, ulardan biri xo‗jalik yuritish tizimida o‗ziga munosib o‗rin egallash hisoblanadi. Bu vazifani korxona (firma) o‗z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish g‗oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni belgilab qo‗ygan holdagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga berilgan ijobiy javob korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa belgilaridan qat‘i nazar, uning yaratilishi va kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishiga asos bo‗la oladi. G‗oyani real voqelikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Belgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati bilan ta‘minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta‘minlash, ya‘ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning marketing strategiyasi hissasi katta bo‗ladi. Biznes-reja yuqorida aytib o‗tilgan va shu kabi boshqa vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. U bir tomondan korxona imkoniyatlarini aniq va to‗g‗ri baholashga imkon bersa, boshqa tomondan muvaffaqiyatga va rejalashtirilgan ishning daromadliligiga umid qilishga imkon beradi. Amaliyotning ko‗rsatishicha, puxta ishlab chiqilgan biznes-reja raqobatbardoshlik sharoitlarida korxonalarning ishlab chiqarish va moliviy jihatdan barqarorligini ta‘minlab, bozordan o‗ziga munosib o‗rin egallashiga imkon yaratadi. Biznes-reja investitsiyalarni asoslab beruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan dastlabkisi bo‗lib, mahsulotlarning rejalashtirilayotgan nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning er, energetika va mehnat resurslariga ehtiyojlari kabi ko‗rib chiqilayotgan loyihaning tijorat, byudjet va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha beruvchi bir qator ko‗rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma‘lumotlardan iborat bo‗ladi. Ko‗rsatkichlar hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy investitsiyalash talablariga moslashtiriladi. Biznes-reja intelektual mulk ob‘ekti bo‗lib, tijorat siri hisoblanadi va mos ravishda himoya qilinadi. Mazkur qo‗llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan tasdiqlangan «Biznes - rejalashtirish» o‗quv fani dasturi va o‗quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. U asosan iqtisodiy yo‗nalishda ta‘lim oluvchi talabalar, shuningdek, biznesni rejalashtirish bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo‗ljallangan. Mazkur o‗quv qo‗llanmani tayyorlashda ko‗plab xorijiy o‗quv adabiyotlarini tahlil qilib chiqildi, milliy va xorijiy amaliyot materiallaridan, shunindek Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tayyorlangan «Biznes - rejalashtirish» fani bo‗yicha ma‘ruzalar matnidan va matbuotda nashr qilingan boshqa materiallardan foydalanilgan. 5 Qo‗llanmada keltirilgan materiallar mualliflarning mazkur fan muammolari bo‗yicha nuqtai-nazarini aks ettirib, ushbu yo‗nalishda yagona va uzil-kesil xulosa chiqarishga da‘vogarlik qilmaydi. Bundan tashqari, o‗quv qo‗llanma ta‘lim jarayonida, ayniqsa, fanni chuqurlashgan tarzda o‗rganishda boshqa ma‘lumotlar bilan to‗ldirilishi va boyitilishi mumkin. Davr ta‘lim sohasida yangi pedagogik texnologiyalardan, o‗qitishning faol va interfaol usullaridan keng foydalanishni zarurat qilib qo‗ymoqda. Ta‘limning asosiy maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashlarini ta‘minlashdir. Bu esa davlat ta‘lim standartlarida belgilangan vazifalarni to‗liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy fanlarni o‗qitishda ham yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash an‘anaga aylanib bormoqda, ushbu fan doirasida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‗yicha ko‗rsatma ham keltirib o‗tilgan (1-ilova). O‗qitishning bunday interfaol usullari nafaqat o‗qituvchidan, balki talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi adabiyotlarni o‗rganishni talab qiladi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling