Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Bozor iqtisodiyoti, uning tamoyillari va o„ziga xos xususiyatlari
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyoti
1.3. Bozor iqtisodiyoti, uning tamoyillari va o„ziga xos xususiyatlari
Inson, insoniy jamiyat va iqtisodiyot bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Iqtisodiyot inson yordamida, uning manfaatlari yo‗lida vujudga kelgan bo‗lib, bir vaqtning o‗zida ham ayrim insonlarning, ham butun jamiyatning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo‗lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, xo‗jalik hisob- kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o‗rtasida tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba‘zida erkin tadbirkorlik tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo‗lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg‗unlashuvi 4 Каримов И.А. Ўзбекистон халқига янги йил табриги. – ―Халқ сўзи‖ газетаси, 2011 йил 8 декабрь. 5 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: ―Маънавият‖, 2009. – 59-бет. 6 Каримов И.А.Бизнинг йўлимиз — демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва модернизация жараѐнларини изчил давом эттириш йўлидир. Ўзбекистон Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 19 йиллигига бағишланган тантанали маросимда қилган маърузаси. – ―Халқ сўзи‖ газетаси, 2011 йил 8 декабрь. 12 bilan tavsiflanadi. O‗tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o‗rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo‗lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan teskari aloqa doim ham ko‗zga tashlanmagan bo‗lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko‗zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo‗lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag‗batlantiradi. Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo‗lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo‗lib, ularni Adam Smit o‗z vaqtida «ko‗rinmas qo‗l» deb atagan. Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o‗xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o‗zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to‗g‗ri tushunish uchun narx va qiymat o‗rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste‘mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur. Bu erda yana bir narsaning ahamiyati bundan kam emas: tovar ayirboshlash sohasi sifatida bozor dinamikasi yuqori bo‗lib, barqarorlik darajasi past hamda o‗z agentlariga talablari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitlarda korxonaning muaffaqiyatga erishuvi yuqorida aytib o‗tilgan toifalardan tashqari bozor ehtiyojlari hamda tadbirkorlik tashabbusining mahsuldorligiga ham bog‗liq bo‗ladi. Ko‗pchilikning hisoblashicha, iqtisodiyotga bozor tartiblarini kiritishning o‗zi etarli, vaqtinchalik qiyinchiliklar o‗tib ketishi bilan jadal suratlarda rivojlanish boshlanadi. Biroq amalda bunday bo‗lishi mumkin emas. Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik. Bu mamlakatlar ikki qismga bo‗lib tashlangan hamda mamlakatning bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa rejali-taqsimot iqtisodiyoti amal qilgan edi. Bu mamlakatlarda yashagan odamlar millati, tili, dini va urf-odatlari bir xil bo‗lsada, ular erishgan iqtisodiy rivojlanish natijalari bir xil bo‗lmagan. Demak, har bir davlatning gullab-yashnashi uning tabiiy resurslari, jumladan, jamiyatda to‗plangan boylikdan tashqari xo‗jalik yuritish tizimi, iqtisodiyotni barcha miqyosda boshqarish usul va uslublariga bog‗liq bo‗ladi. Rivojlangan mamlakatlar to‗plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, jamiyatning gullab-yashnashiga ko‗proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan bironta rivojlangan davlat yo‗q. Boshqacha qilib aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar yo‗q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin tanlaydilar, bu erda talab va taklif vujudga keladi hamda talab va taklif muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste‘molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir- 13 biriga to‗qnash keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining to‗qnashuvi raqobat ko‗rinishida eks etadi. YUqorida aytib o‗tilganlarning barchasi birinchi navbatda tovar bozoriga taalluqlidir. Biroq bozor iqtisodiyoti tarkibida bozorning boshqa turlari – tovar va xizmatlar bozori, kapital bozori va ishchi kuchi bozori ham mavjud. Ushbu bozor turlarining uchalasi bir-birini to‗ldirib turadi va yagona bozor iqtisodiyoti mexanizmini tashkil qiladi. Bu mexanizm samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun kamida ikkita shart bajarilishi lozim – malakali, mehnatsevar aholi va mos keluvchi davlat boshqaruvining mavjudligi. SHu bilan bir paytda odamlarning bozor iqtisodiyotiga o‗tish uchun psixologik jihatdan tayyorligi ham muhim rol o‗ynaydi. Odamlarda bozorga mos xulq-atvorni shakllantirish va bir vaqtning o‗zida ularning ma‘naviy qadriyatlarini saqlab qolish bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiyot faoliyati uchun muhim zamin hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida» asarida qayd etilganidek, «bozor iqtisodiyotini mustahkam ma‘naviy, ma‘rifiy va madaniy asosga tayangan holda yaratish lozim. YOshlarda bozor munosabatlari, hayot qadriyatlari to‗g‗risida yuzaki tasavvur paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak» 7 . Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. tartibga solinmaydigan talab, ya‘ni iste‘molchilar (xaridorlar) o‗z ehtiyojlari va to‗lov layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni o‗zlari belgilaydilar; 2. tartibga solinmaydigan taklif, ya‘ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo‗jalik sub‘ektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o‗zlari belgilaydilar; 3. talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo‗lishi; 4. mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat. YUqorida sanab o‗tilgan, bir-birini inkor etmaydigan asosiy belgilar mavjud bo‗lganda bozor mexanizmi o‗zini-o‗zi tashqi muhitga moslashtirib, tartibga soladi va bu iqtisodiyotning samaradorligini belgilab beradi. O‗tish davri sharoitlarida bozorning moslashuvi bilan birgalikda iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu bevosita boshqaruv shaklida ham, bilvosita soliq va kreditlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida shakllangan hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi yagona bozor makonining paydo bo‗lishi; 2. bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning kengayishi; 3. narxga oid bo‗lmagan raqobat usullarining narxga oid bo‗lgan usullardan ustun kelishi; 4. raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va 7 И.Каримов «Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида». Т., «Ўзбекистон»,1995. - 142, 240- бетлар 14 yollanma xodimlar o‗rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗naltirilgan regulyatorlari; 5. tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarni g‗irrom raqobat, iqtisodiyotning monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo‗naltirilgan holda qonuniy va iqtisodiy markazlashgan tarzda tartibga solish; 6. aksiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish vositasida har bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish. Bozor iqtisodiyotining yuqorida aytib o‗tilgan va boshqa bir qator xususiyatlari iqtisodiy munosabatlar sub‘ektlarining bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligiga, boshqa tomondan esa ularning manffatlarini muvofiqlashtirishga asoslanuvchi erkinlik darajasini aks ettiradi. Biroq, bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda ishlab chiqarish jarayonini demokratlashtirib, aholi bandligini oshirish va qonun doirasida «pul ishlab olishiga» xizmat qiladi hamda biznes va tadbirkorlik uchun keng yo‗l ochib beradi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling