Ызбекистон республикаси олий ва ырта
K. Barrou, P. Barrou, R. Brounlar
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.V. Pivovarov
- Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli ma‟ruzalaridan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi va vazifasi.
K. Barrou, P. Barrou, R. Brounlar muallifligida 2003 yilda Moskvada chop
etilgan «Biznes-rejalashtirish: to‗la qo‗llanma» (Biznes-planirovanie: polnoe rukovodstvo) nomli ingliz tilidan tarjima qilingan qo‗llanma keng qiziquvchilar uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda Buyuk Britaniyaning Krenfild menejment maktabi tomonidan ishlab chiqilgan biznes-reja tuzishning barcha amaliy jihatlari birlashtirilgan. Qo‗llanmada biznes-rejani ishlab chiqish Buyuk Britaniya tajribasiga asoslanadi. Kitobning afzalligi shundaki, unda tadbirkor uchun biznes-reja tuzishda zarur bo‗lishi mumkin bo‗lgan axborotlari qanday va qaerdan olish mumkinligi haqida to‗liq ma‘lumotlar berilgan. Masalan, internetning ma‘lum bir aniq saytlaridan, telefon biznes-kataloglaridan qanday ma‘lumot olish mumkinligi va ularning ishonchlilik darajasi qandayligi yoritilgan. K.V. Pivovarov muallifligida 2002 yili Moskvada chop etilgan «Biznes- rejalashtirish» (Biznes-planirovanie) nomli o‗quv qo‗llanma 4 ta bobdan iborat bo‗lib, ularda biznes rejalashtirishning uslubiy asoslari, biznes-rejani ishlab chiqish tamoyillari, asosiy ko‗rsatkichlarni ishlab chiqish uslubiyatini, turli korxonalar uchun biznes-reja ishlab chiqishning xususiyatlari yoritilgan. Bu kitob tabirkorlarni o‗z ishini qanday tashkil etishga o‗rgatadi va bunda asosiy maqsad va vazifalarni to‗g‗ri belgilab olish hamda amalga oshirish orqali ijobiy natija, ayniqsa foyda yoki daro- madni ta‘minlash yo‗llarini ko‗rsatib beradi. 7 I-BO„LIM. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES I-bob. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES 1.1. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli ma‟ruzalaridan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi va vazifasi. Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‗lgan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‗lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‗rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‗sish sur‘atlarining ta‘minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‗lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. YUrtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‗lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‗lga qo‗yilishi, buning ta‘sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‗rsatilayotgan xizmat turlarining ko‗payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‗z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‗lining to‗g‗ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‗lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‗lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‗lib kelayotgani o‗ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tishda naqadar og‗ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‗tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta‘sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‗zining yangi ―xuruji‖ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining ―mo‗rt‖ bo‗g‗inlarini oshkor etib qo‗ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‗tib, o‗zini to‗la oqlagani har qanday e‘tirof va e‘tiborga munosibdir. O‗tgan 2011 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo‗ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov 2012 yilning 19 yanvarida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy va 2012 yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisida o‗tgan yil natijalariga atroflicha to‗xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining ma‘ruzasida jahonda e‘tirof etilgan taraqqiyotning o‗zbek modeli hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‗nalishlarini izchil amalga oshirish natijasida, dunyo iqtisodiyotida yuz berayotgan 8 inqiroz holatlariga qaramasdan, 2011 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o‗sish sur‘atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi taminlangani qayd etildi. Bu ma‘ruzaning ilmiy-nazariy ahamiyati avvalo unda bugungi kunda jahon miqyosida ko‗zga tashlanayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari, mavjud muammolar, global inqiroz holatini bartaraf etish bo‗yicha amalda qo‗llanilayotgan chora-tadbirlar chuqur tahlil etib berilganida ko‗rinadi. Aynan ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligini ta‘minlayotgan omillarning mazmu-mohiyati ochib beriladi. Ma‘lumki, yurtimizda jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta‘sirlariga qarshi ko‗rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi Xalqaro valyuta jamg‗armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg‗armasining 2011 yil noyabr oyida mamlakatimizga kelgan missiyasining bayonotida O‗zbekiston izchil o‗sishga erishgani va global moliyaviy inqirozga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko‗rayotgani qayd etildi, shuningdek, o‗rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‗sishning yuqori sur‘atlari saqlanib qolishi haqida ijobiy prognoz bildirildi 1 . Prezidentimiz ma‘ruzasida 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning quyidagi eng muhim ustuvor vazifa va yo‗nalishlari belgilab berildi: Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling