Reja: O’zbekistonda it sohasini kirib kelishi


Download 2.21 Mb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1776046
  1   2
Bog'liq
Sanjar aka

Mavzu: O’zbekiston IT bozorining rivojlanishi

REJA:


  1. O’zbekistonda IT sohasini kirib kelishi

  2. IT sohasini rivojlantirish jarayonlari

  3. Mamlakatimiz mintaqaviy IT markaziga aylanadi

Yurtimizda IT sohasining kelajakdagi taraqqiyoti va hozirgi kunda unga bo'lgan talab mavzusi borasida bilganlarimni so'zlab bermoqchiman. Agar siz e'tibor berayotgan bo'lsangiz so'nggi paytlarda yurtimizda dasturchilik sohasiga doir ko'plab ko'zga ko'ringan ajoyib yangiliklar, loyihalar va tanlovlar ishlab chiqilmoqda. Dasturchilik bu "kelajak" kasbi ekanligini deyarli barchamiz bilib oldik Biz axir axborot texnologiyalari asrida yashab kelmoqdamiz. IT sohasida katta o'zgarishlar bo'lmoqda, asosiy maqsad esa yangi malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir (kelajakda aynan shunday mutaxasislardan biri siz bo'lishingiz mumkin. Dasturchilik sohasining taraqqiyoti uchun ko'plab ko'zga ko'rinadigan ajoyib ishlar davom etmoqda: Yurtimizning ko'pgina viloyatlarida IT park tashkil e'tilib kelinmoqda. Ma'lumki, ko'pchilik IT park haqidagi tushunchaga ega emaslar. Chunki axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi ibora biz kabi barcha yoshlar, jumladan tengdoshlarim uchun ham ajoyib yangilik bo'ldi. Men o'ylaymanki, bundan keyin IT park yurtimizning hamma joylarida tashkil etiladi va uning mohiyati yanada takomillashib borgani sari IT sohasiga qiziquvchilar uchun keng ma'lumotlar eshigini ochadi!!! Shuningdek, IT park - dasturlashga qiziquvchilar va bu soha vakillariga juda ham katta imkoniyat bera oladi deb ayta olaman .



Nega aynan IT park, uni bizga qanday foydali jihati bor ?
IT park - axborot texnologiyalariga doir loyihalarni o'z ichiga olgan innovatsion maskan. IT sohasini butun dunyo mamlakatlari sharoiti talab etmoqda. Ayni paytda IT sohasisiz mamlakatning taraqqiyotini belgilab bo'lmaydi, albatta!!! Men aniq ayta olamanki, IT parkga o'xshash loyihalar yurtimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko'rish imkoniyatini beradi.
IT parkning yana bir foydali jihati shuki, kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassislarini yetishtirish bilan birgalikda, bilim, ko'nikma, malaka, kuchli tafakkurga ega barcha qiziquvchilarni kashf eta oladi. IT sohasining taraqqiyoti borasida olib borilayotgan ishlar qatorida Uzbek Coders loyihasini o'rni beqiyosdir!!! Uzbek Coders loyihasi ham kelajakda IT sohasidagi malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishda katta ko'mak bera oladi deb ayta olaman. Chunki bu loyiha tufayli men va tengdoshlarim, qolaversa barcha yoshlar mutlaqo bepul kurslarda tahsil olmoqdalar!!!
Bizdan talab etilayotgan vazifa - faqatgina qunt bilan o'rganish, kuniga kamida 2 soat vaqt ajratib bilimlarni o'zlashtirishdan iboratdir!!! Bunday imkoniyat menimcha boshqalarni ham quvontirgan bo'lsa kerak. Bu kursni o'rganish davomida biz boshlang'ich bilimlarga ega bo'lamiz. So'ng yakuniy imtihonda yuqori natija olib,yanada chuqurlashtirilgan kurslarni o'rganishimiz mumkin. Chuqurlashtirilgan kurslarni o'rganganimizdan so'ng, biz ancha bilimlarga ega bo'lgan holda o'zimizning loyihalarimizni yaratishimiz mumkin.Siz ham bu imkoniyatdan foydalaning, hali ham kech emas ro'yxatdan o'ting.
Boshlang'ich bilimlarni qunt bilan o'rgansangiz 2 hafta mobaynida mukammal o'zlashtira olasiz, deb aniq ayta olaman. Biz axir buyuk allomalarning vorislarimiz , bizdan ham Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg kabi taniqli insonlar chiqishi kerak. Men o'ylaymanki, bundan keyin shunday loyihalar soni ko'payadi. Va ular O'zbekistonda IT sohasining taraqqiyotiga juda ham katta hissa qo'shadi!!!
Mana sizga bitta misol: hech o'ylab ko'rganmisiz, nega google, microsoft, facebook o'zlarining kompaniya filiallari yurtimizda tashkil etilmagan? Chindan ham bu korporatsiyalarda minglab ishchilar ishlashini siz yaxshi bilsangiz kerak. Bizdan talab etilayotgan narsa faqatgina, yangi malakali kadrlar. Mening fikrimcha, hozir va bundan keyin ham bunday turdagi kadrlar soni keskin ravishda ortadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling