Stiv Jobs (1955-2011) Reja
Download 20.88 Kb.
|
Stiv JobsOmonov vohid 1399-1-13-23-35
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk yillar (apple)
Stiv Jobs (1955-2011) Reja: 1.Stiv Jobs hayot yo’li; 2.Stiv Jobsning innovatsiya va investitsiyalari; 3.Stiv Jobsning muvaffaqiyat sirlari. Stiv Jobs – “Apple Computers” ning asoschisi. Uning rahbarligi ostida kompaniya dunyoga bir qator yangi texnologiyalarni, shu jumladan iPhone va iPad ni taqdim etdi. Stiv Jobs 1955 yilda San-Fransisko shahrida (AQSH,Kaliforniya shtati) Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qo’yilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Jobslar boqib oladilar va Stiv Pol Jobs deb ism qo’yadilar. Klara hisobchi, turmush o’rtog’i Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yig’ishni o’rgatar edi. Bu qiziqish bolada o’ziga va kuchiga ishonch hissini uyg’otdi hamda elektronika bilan do’stlashishiga turtki bo’ldi. Stiv o’tkir aql zakovat egasi bo’lishiga qaramasdan maktabda ta’lim olishga qiynalgan. Kichik sinflarda u to’polonchi shumtaka bola bo’lgan, o’qishni istamagan. Tajribali muallimning qo’llagan usuli orqali Stiv rosmana o’qishga kirishdi. Ya’ni o’qituvchi Stivning har bir bajargan vazifasi uchun baho qo’yishdan tashqari pul bilan rag’batlantirib ham turgan. Bir necha yillardan keyin Stiv Yuqori maktabga o’qishga kirib, u yerda o’zining bo’lajak hamkasbi Stiv Voznyak bilan tanishdi. Maktabni tugatgandan keyin Djobs Pid-kolledjga qabul qilindi. Biroq o’ziga tegishli birorta sohani topolmay yarim yildan keyin o’qishni tashlab ketdi. 1974 yilda Stiv “Atari” kompaniyasiga o’yinlarning grafik dizayneri sifatida joylashdi. Bir necha oydan so’ng bu ishini ham tashlab, Hindistonga ko’ngil ma’rifatini va ruhiy xotirjamlikni izlab jo’nab ketadi. 1976 yilda 21 yoshlik Djobs Stiv Voznyak bilan birgalikda “Apple Computers” kompaniyasiga asos soladi. Ikkovlashib ular kompyuter industriyasida inqilob yasadilar. Iste’molchilar uchun mashinalarni kichikroq, arzonroq, tushunarliroq va hammabop qildilar. 1980 yilda “Apple Compyuters” ochiq aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi va savdoning birinchi kunidanoq uning narxi 1,2 mld dollarga yetdi. Stiv kompaniyani boshqarish taklifi bilan “Coca-Cola” ning marketing bo’yicha experti Djon Skalliga murojaat etdi. 2003 yilda Djobsda neyroendokrin o’simta – oshqozon osti bezining saraton kasalligi aniqlandi. Jarrohlik yo’li bilan davolashning o’rniga Stiv kasallikni yengishning boshqa yo’llarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini qo’lladi. Biroq 2004 yilga kelib o’simta jarrohlik yo’li bilan olib tashlandi. Stiv Jobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida ma’lumotlar ko’p emas. Shunisi ma’lumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann Brennan qiz farzandli bo’ladi. Biroq qizaloq 7 yoshga to’lgandagina Stiv uni tan oladi. 1991 yilda Jobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot davomida uchta farzandli bo’ladilar. 2011 yilning 5 oktyabrida “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton kasalligi oqibatida hayotdan ko’z yumdi. Stiv Djobs 56 yoshida o’z uyida yaqinlari atrofida vafot etdi. Ilk yillar (apple) 1974-yil Steve Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Steve Wozniak bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiyplata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan. 1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi komputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi. 1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan. NeXT 1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "Oʻyinchoqlartarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi. 1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi. iPod, iTunes, iPhone va iPad 2001-yil Apple musiqa tinglash uchunmoʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili partativ musiqa pleyeri iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil esa iPad planshet komputeri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotlar ishlab chiqilishi va ommaga tadbiq qilinishini Jobsning shaxsan oʻzi faol olib borgan. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling