Reja: O’zbekistonda it sohasini kirib kelishi


Hozirgi kunda IT sohasidagi kadrlarga talab kundan-kunga oshmoqda


Download 2.21 Mb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1776046
1   2
Bog'liq
Sanjar aka

Hozirgi kunda IT sohasidagi kadrlarga talab kundan-kunga oshmoqda
Bu esa yaxshi albatta. Yurtimizning qaysi ish joylaridan bo'sh ish so'ramang, ularda albatta IT mutaxassisi yetishmovchiligi oqibatida bo'sh ish o'rinlari talayginaligini ko'rishimiz mumkin . Shaxsan men bunday e'lonlarni oxirgi paytlarda ko'p uchratmoqdaman . Asosiy talab web dasturchilarga (Full stack, Front-end, back-end), JS dasturchilarga (ReactJS, NodeJS) va albatta yana yuqori talab android ios dasturchilarga(developer) bo'lib kelmoqda (Bu ma'lumotlarni maxsus saytlarda berilayotgan e'lonlarga asoslanib aytdim). Misol uchun qaysi tashkilotlarga nazar solmang, ularning rasmiy web saytlari , mobil qurilmalar uchun ilovalari borligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa albatta web dasturchilar hamda mobil dasturchilarga bo'lgan talabni keltirib chiqaradi.
Yurtimizda IT sohasiga hozirda talab qanday ?
Avvallari biz dasturlash sohasini o'rganmas edik, yoki uni o'rganganingizdan keyin sizdek mutaxassisga bo'lgan talab mavjud emas edi yoki boshqa sabablar. Muammoning asosiy sababi talab va taklifdan kelib chiqgan edi. IT sohasi vakillariga talab ham yo'q edi, taklif ham shu darajada edi. Eslatib o'taman, hozirgi 2-3 yil ichida islohotlar natijasida talab ham, taklif ham yuqori darajada . Bo'sh ish o'rinlari ham mavjud. Hozirgi kunda bo'sh ish o'rinlarini qidirish uchun ko'chalarda e'lonlarni qidirib, titkilab yurish shart emas. Buning uchun maxsus tashkil qilingan saytlar bor. Misol uchun bo'sh ish o'rinlarini izlash uchun tashkil qilingan saytga nazar tashlasak, bu saytda IT sohasida kadrlar uchun talaygina ish o'rinlari mavjud.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yanada oshirish borasida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda, ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Shu bois, bu borada iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dolzarbligi oshib borayotgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirishning ilmiy asoslari haqida shuni aytish mumkinki, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi unga mos ravishda doimo ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni ham olib keladi. Odamlar oʻz isteʼmoli va axborot almashinuvi uchun tovarlar yaratish maqsadida dastlab oddiy mehnat qurollaridan foydalangan boʻlsa, bu asta sekinlik bilan rivojlanib, bugungi kunda avtomatlashtirilgan tizimlardan ham yuqori bosqich – raqamlashtirish bosqichiga oʻtildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 14-aprel kuni oʻtkazilgan axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilishda ham “Bugun axborot texnologiyalari har bir jabhaga kirib borgan. Bu soha rivojlansa, boshqa sohalar ham ilgarilaydi, odamlarga qulayliklar oshadi. Shu bois soʻnggi yillarda infratuzilmani yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha koʻp ishlar qilindi. Xizmatlar sifati va koʻlami sezilarli oshdi.” deya taʼkidlab oʻtdi.
Haqiqatdan ham, barcha sohalarda rivojlanish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallash bugun har qachongidan muhim. Zero, dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etadi, lekin bu ishga bugun kirishmasak, ertaga kech boʻlishi mumkin.

Umuman olganda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, bu yoʻnalishda loyihalarni amalga oshirishning zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ulardan foydalanishni ommalashtirish davlat faoliyatining muhimyoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida birinchi oʻrinda insonlarga yaratib berilayotgan qulayliklar, kundalik turmush tarzi, davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish imkoniyatlari yotadi. Xalqaro sanoat koʻrgazmasining dasturi alohida mavzularga bagʻishlangan munozaralar va natijadorligi yuqori boʻlgan tadbirlarga toʻla. “Sanoat sohasidagi kooperatsiya: raqamlashtirish, avtomatlashtirish va ilgʻor texnologiyalar” mavzusida boʻlib oʻtgan panel munozarasi ushbu tadbirlar qatoriga kiradi. Sessiya ishtirokchilarga sanoat kooperatsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish sohasida tajriba almashish imkonini berdi. Maʼruzachilar koʻrgazma doirasida boʻlib oʻtayotgan panel munozaralari mamlakat ichida hamda butun mintaqa hududida kooperatsiya zanjirlarini yaratishga qaratilgan toʻgʻri iqtisodiy yoʻnalishga ega ekanligini taʼkidladilar.


5 yil davomida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasi, boshqa barcha sohalar singari, katta oʻzgarishlarga duch keldi, bu keyinchalik nafaqat iqtisodiyotga, balki butun mamlakat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Xususan, internet tezligi oshdi, Butunjahon internet tarmogʻidan, optik aloqa liniyalaridan, mobil tayanch stansiyalaridan va boshqalardan foydalanuvchilar soni, IT-mutaxassislari sezilarli darajada oshdi.
Bugun biz mamlakatdagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi ulkan oʻzgarishlarni kuzatishimiz mumkin va bu oʻzgarishlar asosan hukumat tomonidan soʻnggi 5 yil ichida koʻrsatib kelinayotgan qoʻllab-quvvatlashga bogʻliq.
Bundan tashqari, 2019-yil 24-iyulda IT sohasida Oʻzbekistonning birinchi texnoparki – IT Park Uzbekistanʼning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Va endi, bundan ikki yil oʻtib, IT Park oʻzining tugʻilgan kuni sharafiga, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni yaxshilash, mamlakatimiz IT sanoatida milliy IT mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda rivojlantirish uchun xorijiy hamkorlarni jalb qilish maqsadida “IT Park Rewind 2021” onlayn konferensiyasi tashkil qilindi, unda mahalliy spikerlar Oʻzbekistonda IT madaniyatini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish, IT loyihalarini yaratishning oʻziga xos xususiyatlari va bizning IT-kompaniyalarimizga bagʻishlangan taqdimotlar bilan qatnashdilar. Tadbirda Bosh vazir maslahatchisi – Axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Olimjon Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʻyicha birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Investitsiya va moliya boʻyicha oʻrinbosari Jamshid Egamberdiev, IT Park direktori Farhod Ibragimov, shuningdek Epam Systems, Innopolis SEZ, IBA Group, Bars Group va boshqa koʻplab yirik kompaniyalar va tashkilotlarning 40 dan ortiq xorijiy vakillari ishtirok etdilar.

A.Voitovning nutqi davomida bugungi kunda raqamli platformalar davlatlar chegaralaridan oshib, turli mamlakatlardagi korxonalarni bir-biriga yaqinlashtirayotgani, ularga arzon narxlarda xom ashyo topish, yangi savdo bozorlarini kashf etish, texnologiyalar transferini osonlashtirish imkoniyatlarini taqdim etayotgani taʼkidlandi. Kelgusida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish, sheriklar topish, shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarini bajarishning barcha jarayonlarini raqamlashtirmasdan turib, kooperatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish imkoni yoʻqligi taʼkidlandi. Ushbu vazifa yagona, ajralmas va ilgʻor xorijiy analoglardan kam boʻlmagan, sanoat kooperatsiyasining raqamli ekotizimini yaratishni talab qiladi. Oʻzbekistonda “cooperation.uz” elektron hamkorlik portali ushbu raqamli ekotizimning asosiy elementiga aylandi. Mazkur elektron savdo maydonchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish hamda kichik biznesni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishga xizmat qilyapti.
Soʻzga chiqqanlar oʻzaro tajriba va texnologik ishlanmalar almashish jarayoni Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari va xalqlari oʻrtasidagi aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlashini taʼkidladi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Raqamli texnologiyalar mintaqa mamlakatlari kompaniyalariga biznesni oʻzaro manfaatli, hamkorlik munosabatlarini esa ishonchli va uzoq muddatli qilish imkonini beradi.
«Dunyoda IT sohasi shu darajada rivojlanib ketyaptiki, endilikda ayrim kompaniyalar ushbu yo‘nalishda universitetni bitirganlarni ishga olmayapti. Chunki ular o‘qigan o‘quv dasturlari ushbu rivojlanish bilan birga yangilanishga ulgurmayapti. Bu sohani yaxshi bilganlar bozorda rosa talash. Narxlar baland. Keyin ham faqat shunaqa bo‘ladi. Eng katta pul aynan shu yo‘nalishda.
Eng asosiysi, aytishnik bo‘lish uchun diplom kerak emas. Pul topmoqchimisiz? Yaxshi yashamoqchimisiz? Boy bo‘lmoqchimisiz? Maybax yoki X7 da yurmoqchimisiz? Erkin, o‘zingizga xon bo‘lmoqchimisiz? Faqat IT yo‘nalishiga o‘zingizni yo‘naltiring. Super kontrakt pullarini o‘z shaxsiy rivojingiz uchun ishlating. Dunyo bozoriga chiqing. Hammasi oson. Hammasi maqsadga bog‘liq», – deya yozdi Allamjonov o‘z kanalida. IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov taʼkidlaganidek: “IT sektori va xususan IT Park Oʻzbekistonda jadal rivojlanmoqda, noyob IT infratuzilmasi yaratilmoqda, raqobatdosh yosh IT kadrlar tarbiyalanmoqda.
Oʻzbekistonni MDH mamlakatlarining IT yetakchisiga aylantirish. Biz oʻz oldimizga juda katta maqsadlarni qoʻyganmiz – 2025-yilga kelib biz autsorsingda ishlaydigan, kuchli venchur kapital bozorini yaratadigan, keng koʻlamli IT mahsulotlarni yaratadigan, tashqi bozorlarni faol ravishda oʻrganadigan va 2028-yilga kelib milliy bozorni yaratishga erishadigan aholining 70 foiziga ega boʻlishimiz “Yakkashox” va IT xizmatlari eksporti sonining 1 milliard dollarga koʻpayishiga erishishi kerak.

Shuningdek, muallif IT sohasi mutaxassislari uchun O‘zbekistonda va AQShda to‘lanadigan yillik o‘rtacha maoshlar haqida ham ma'lumot bergan. «Yana ta'kidlayman, IT sohasi bu – bugun va kelajak. Ushbu sohani yaxshi o‘rgangan odam nafaqat O‘zbekistonda, dunyoning istalgan burchagida kamida xor bo‘lmaydi, ko‘pida esa juda yaxshi yashaydi. Tanlov o‘z qo‘lingizda, ukalarim!
Eng asosiysi, hozirga vaqtda O‘zbekistonda bo‘la turib ham, boshqa chet el kompaniyalari uchun masofadan ishlab, pul topsa bo‘ladi. Chet elga borish ham shart emas!» – deya yoshlarga murojaat qildi Mass-media fondi rahbari.

— Axborot texnologiyalari sohasida nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash, talabalarda ijodkorlik, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishda universitetning roli qanday bo'lmoqda?

— Avvalo, shuni aytish joizki, IT sohasi rivojida ta'limning o'rni beqiyos. Inha universiteti jadal rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asriga mos keladigan bilimli, qobiliyatli va yaratuvchan yoshlarni yetishtirib chiqarish maqsadida tashkil etilgan. Universitet o'z talabalariga nafaqat nazariy va amaliy bilim beradi, balki shu bilimni kelajakda ish faoliyatida qo'llay olishlariga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Chunki ta'limning asosiy negizini amaliy tajribalar tashkil qiladi. Talabalar universitetda ham texnik ta'minot (hardware), ham dasturiy ta'minot (software) bo'yicha o'qitiladi. Sodda qilib aytganda, ular ham axborot-texnologiya vositalarini ixtiro qila oladigan, ham ular uchun dastur yarata oladigan yetuk muhandislar bo'lib yetishadilar.

Bugun zamon shiddati axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, ko'proq ko'zga tashlanmoqda. Bugun chiqarilgan smartfon ko'p o'tmay “eskiryapti”, o'rniga modernizatsiyalangan yangisi chiqarilmoqda. U yanada takomillashtirilgan dasturlari va imkoniyatlari bilan avvalgisidan o'zib ketmoqda. Bu zamon shiddati, olimlarning tinimsiz izlanish, yangilik yaratishga bo'lgan intilishlari mahsuli. Shu bois, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy insonlaridan biri Bill Geyts: “Agar yangi dastur ishlab chiqqan bo'lsang, demak u allaqachon eskiribdi”, degan edi.

Biz talabalar ongiga shu jihatlarni singdirishga harakat qilamiz. Ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, yangi loyiha, ishlanmalar va dasturlar ustida izlanishga undaymiz.

— Axborot texnologiyalari sohasi kelajagini qanday tasavvur qilasiz? U qaysi sohalar rivojiga yanada keng yo'l ochadi, deb hisoblaysiz?

— So'nggi ikki yuz yildan ko'proq vaqt davomida dunyo uchta sanoat inqilobini boshdan o'tkazdi. Birinchi sanoat inqilobi davrida fabrikalar tashkil etildi. Bug' dvigatellari, undan so'ng poyezdlar kashf etildi. Ikkinchi sanoat inqilobi bundan-da tezroq kechdi: insoniyatga telegraf, avtomobilni tuhfa etdi, elektro energetika va neft-kimyo singari ishlab chiqarish sohalari rivojiga yo'l ochdi. Uchinchisi kompyuter, mikroprotsessor, uyali aloqa vositasi, internet, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga kelishiga va rivojiga yo'l ochdi.


To'rtinchi sanoat inqilobi endi boshlanyapti. Lekin u hozirdanoq o'z mevasini beryapti. Zamonaviy texnologiyalar barcha sohalarga tatbiq etilib, har qanday biznesning asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Yirik korporatsiyalar zamon talabiga moslashish uchun IT-kompaniyalarga aylanib boryapti. Barcha sohalarda robotlardan, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda, haydovchisiz avtomobillar, poyezdlar, qayiqlar sinovdan o'tkazilmoqda. Bularning barchasi to'rtinchi sanoat inqilobi fonida yuzaga kelayotgani e'tiborga molik. Odatiy dasturchilar, tizim ma'muri, veb-dizayner, iOS-dasturchisi, 3D-animator, kompyuter grafikasi rassomi kabi IT sohasi mutaxassislari qatorida yangilari paydo bo'lishi kutilmoqda. Neyrointerfeyslar loyihachisi, tarmoq yuristi, raqamli tilshunos singarilar shular jumlasidan. Bu esa, o'z navbatida, zamon talab va ehtiyojlariga mos kadrlarni tayyorlashni ham taqozo qiladi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g'oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e'tibor berilmoqda. Chunki bugungi tezkor zamonda faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali iqtisodiy o'sishga erishish mumkin. Shu bois, mazkur soha rivojiga e'tibor kuchayib boraveradi. Qolaversa, IT juda serdaromad sohalardan sanaladi. Dell Technologies, IBM, Cisco Systems, Accenture, Oracle, Fujitsu singari dunyoga mashhur IT kompaniyalar axborot texnologiyalari eksportidan yiliga milliardlab foyda ko'radi. Birgina Dell Technologies kompaniyasining o'tgan yilgi daromadi 92 milliard dollarni tashkil etdi.

IT texnologiyalarning insoniyat uchun naqadar ahamiyatli ekani pandemiya davrida — karantin sharoitida yanada ko'proq namoyon bo'ldi, desak ko'pchilik fikrimga qo'shilsa kerak. Masofadan turib ishlash, o'qish, oziq-ovqat, kiyim-kechak buyurtma qilish va boshqa masalalarda axborot texnologiyalarning imkoniyatlari o'z so'zini aytdi. Demakki, axborot texnologiyalari taraqqiy etavergani sayin unga barcha sohalarda ehtiyoj ortib bormoqda, aholiga qulaylik yaratib, ularning turmush tarzi va farovonligini yaxshilanish imkonini bermoqda.


— O'zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak, deb o'ylaysiz?

— Bugungi kunda O'zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2019-yilda Toshkentda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park hamda viloyatlarda uning filiallari ochilgani so'zimiz tasdig'i bo'la oladi. Bu startap loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga keng jalb qilish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunga qaramay, mamlakatingizda elektrotexnika va mashinasozlik yo'nalishida asbob-uskunalar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga ehtiyoj tug'ilmoqda. Bu yangi ish o'rinlari yaratish, mutaxassislar safini kengaytirish imkonini beradi. Mazkur tarmoqlarda infratuzilmaning kam rivojlangani tufayli bitiruvchilar asosan IT sohasining dasturiy ta'minot va boshqa xizmatlar sohasida ishlashga majbur bo'lmoqda.


Yana bir masala. Axborot texnologiyalari bo' yicha xorijda tahsil olgan kadrlarni O'zbekistonga qaytarish va ularga munosib ish topib berish maqsadga muvofiq, deb o'ylayman. Bu IT sohasidagi ilg'or xorij tajribasini mamlakatingizda keng tatbiq etish, bilim va tajribani yoshlarga yetkazish, pirovardida sohani yanada taraqqiy ettirishga keng yo'l ochib beradi.



Xulosa qilib aytganda…
IT sohasi hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda nafaqat yoshlarning Individualligi, balki, mamlakatimiz uchun ham juda kerakli sohadir. Kelajak yoshlar qo’lida ekan, albatta ularga vatanga muhabbat ro’hi ostida raqamli iqtisodiyot, mediaolam, internet, ijtimoviy-siyosiy jarayonlarda kelib chiqqan holda ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratishimiz kerak.
Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling