113
Boshqaruvni
tashkil qilish, tashkiliy tuzilmani tanlash, boshqaruv apparati va
organlarini shakllantirish – bularning barchasi korxonaning kadrlar siyosatiga, kadrlar
salohiyatidan unumli foydalanishga bog‗liq.
Ko‗plab xorijiy firma va kompaniyalar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, tadbirkorlik
loyihalarini
amalga
oshirishdagi
muvaffaqiyatsizliklarning
90%dan
ko‗pi
boshqaruvning ko‗ngildagidek
tashkil etilmasligi, boshqaruv qonun-qoidalaridan
bexabarlik, xodimlarning to‗liq emasligi va kasb malakasining pastligi rahbariyatda
boshqaruv tajribasining kamligiga borib taqaladi. Afsuski,
bu kamchiliklar
mamlakatimizdagi korxonalar orasida ham ko‗p uchramoqda. Bunga dalil sifatida
korxonalarning bankrotga uchrashi, ayrim biznes-loyihalarning
ekspertiza va tanlov
paytida rad qilinishini ko‗rsatish mumkin. SHu sababli kadrlar va xodimlarni
boshqarish masalasi doimo korxona rahbariyati nigohi ostida bo‗lishi hamda ishlab
chiqarishni rejalashtirish va boshqarishda muntazam hisobga olib borilishi lozim.
Kadrlar salohiyati bu korxona xodimlarining korxona oldida turgan ishlab
chiqarish, fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni o‗z vaqtida va samarali
bajarish imkoniyati va bir vaqtning o‗zida qobiliyati hamdir.
Korxonada kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish
uchun kadrlar bilan
ishlash bo‗yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirishni talab qilinadi, xususan:
kadrlarni tanlash va joylashtirish mezon va usullarini takomillashtirish;
xodimlar malakasini oshirish maqsadida kadrlarni attestatsiyadan
o‗tkazish;
xodimlarni korxonada ushlab qolish maqsadida ish haqi tuzilmasini
yaxshilash hamda rag‗batlantirish va imtiyozlar tizimini rivojlantirish;
mehnat faoliyatini baholash mezonlarini
ishlab chiqish va ularni
xodimlarga etkazish;
mehnat sharoitlari va tashkil etilishini takomillashtirish, ya‘ni mehnat
sifatini oshirish;
boshqa lavozimga yoki ish joyiga o‗tkazish yo‗li
bilan xodimlar
tajribasini oshirish;
jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: