Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Vektorli grafik muharrirlar –


Download 2.84 Mb.
bet54/96
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1790715
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

Vektorli grafik muharrirlar – tasvirlarni turli egri va to’g’ri chiziqlar, kesmalar, geometrik shakllar, standart funksiyalar yordamida chiziluvchi grafiklar yordamida hosil qiladi. Corel Draw, Adobe Illustrator, Freehand va Inkscape kabi dasturiy vositalar har qanday murakkablikdagi grafik ma’lumotlarni yaratishi mumkin.
Bunday muharrirlar asosan, turli emblemalarni, mahsulot belgilarini, reklamalarni hrsil qilishda, kitob va jurnallarni bezashda keng qo’llanilmoqda.
Uch o’lchovli grafika vositalari – keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan qudratli grafik vositalardan bo’lib, uch o’lchovdi monitorlarda nrafik ma’lumotlarni tashkil qilishga mo’ljallangan. Bunday vositalarning hozirda eng keng tarqalgani
3D Studio Max vektorli grafik vositasilir. Bunday muharrirlar asosan, me’morchilikda, naqqoshlikda hamda bezash (dekorasiya) ishlarida qo’llanilmoqda.
Grafik fayllarni ko’rish vositalari – nafaqat grafik fayllarni, balki boshqa turdagi fayllarni ham (matnli, multimediali) foydalanuvchi talab qilgan ko’rinishda ekranga chiqarishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalardir. To’g’ri, Windows operasion tizimi ham shunday amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Lekin u, birinchidan bunday amallarni talab darajasida bajara olmaydi, ikkinchidan esa, har qanday formatdagi grafik ma’lumotlarni ham ekranga chiqara olmaydi.
Shuning uchun ham, keyingi yillarda grafik fayllarni ko’zdan kechirishga hamda ular ustida turli amallarni bajarishga mo’ljallangan samarali dasturiy vositalar ishlab chiqarilgan. Ularning ichida eng ko’p tarqalganlari ACD See va Irfan Wiew vositalaridir.
ACD See (http:G’G’www.acdsystems.com) dasturiy vositasi - quyidagi amallarni bajarishi mumkin:
- 50 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlab, ularni tezkorlik bilan ko’zdan kechirib chiqishni tashkil qilish;
- tanlangan fayldagi rasmlarni foydalanuvchining xohishiga ko’ra turli o’lchamlarda (ekranning o’lchamdari bo’yicha, kichraytirib, kattalashtirib, rasmning haqiqiy o’lchami bo’yicha) ekranga chiqarish;
- tanlangan fayldagi rasmlarni «slaydshou» usulida (ya’ni, ko’rsatilgan vaqt oralig’ida fayldagi rasmlarni avtomatik ravishda navbati bilan) ekranga chiqarish;
- tanlangan rasmni «Rabochiy stol (Ish stoli)» ning foni sifatida o’rnatish;
- rasmlarni bir formatdan ikkinchi bir formatga o’tkazish;
- Internet sahifalaridan kerakli rasmni ajratib olib, so’ngra uni grafik faylga aylantirish.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling