Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/45
Sana26.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1723178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Kitob 8779 uzsmart.uz

 
 



 1-Mavzu: Paskal dasturlash tilining umumiy tavsifi va
uning alifbosi. 
 
Mashg’ulot turi – ma’ruza. 
Ajratilgan vaqt - 2 soat. 
 Asosiy savollar: 
1. Paskal tiliga kirish. 
2. Paskal tili alifbosi. 
 Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: 
Muhit, versiya, struktura, ob’ektli dasturlash, alifbo, xizmatchi so’zlar, 
identifikatorlar, chegaralovchi va maxsus belgilar.
 Mavzuga oid muammolar: 

Paskal dasturlash tili va boshqa dasturlash tillari alifbosi orasida o’xshashliklar 
bor deb qaraladi. Sizning bu qarashga munosabatingiz qanday? 

Paskal dasturlash tili muhitining versiyalari bir-biridan yaratilgan vaqti va 
imkoniyati bilan farqlanadi deb tushuntiriladi. Sizningcha bu tushuntirish 
to’g’rimi? Fikringizni izohlang. 
 1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: 
1.1. 
Talabalarda paskal dasturlash tilini yaratilishi haqida tushunchalar hosil 
qilish. 
 Identiv o’quv maqsadlari: 
1.1. 
Paskal dasturlash tilini yaratilishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi. 
 1-asosiy savolning bayoni: 
Barcha dasturlash tillari kabi Paskal dasturlash tili yordamida ham 
kompyuterga buyruqlar beriladi. Kompyuterga berilayotgan buyruqlar hamma vaqt 
aniq aniqlangan bo’lishi kerak. Xuddi shunday bir qiymatli aniqlangan tilni 
dasturlash tili deb atash mumkin. Shunday qilib Paskal tili dasturlash tilidir. Bu til 
1969 yili Niklas Virt tomonidan yaratilgan. Niklas Virt yaratgan dasturlash tiliga 
mashhur olim Blez Paskal nomini berdi. Bu til Niklas Virtning o’ylashi bo’yicha 
dasturlashning zamonaviy texnologiyasiga va uslubiga, strukturali dasturlash 
nazariyasiga asoslangan hamda boshqa dasturlash tillariga nisbatan muayyan 
ustunlikka ega bo’lgan til bo’lishi lozim edi.
Mazkur til: 
1. Dasturlash kontseptsiyasini strukturasini tizimli va aniq ifodalaydi; 
2. Dastur tuzishni tizimli olib borish imkonini beradi; 
3. Dastur tuzish uchun boy termin va struktura tarxlariga ega; 
4. Yo’l qo’yilgan xatoliklarni tahlil qilishning yuqori darajadagi tizimiga 
ega. 



1981 yili Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi va IBM PC tipidagi 
shaxsiy kompyuterlarga Paskal tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 
Turbo-Pascal oiladosh tili keng qo’llanila boshlandi. Hozirda Turbo-Pascalning bir 
qancha versiyalari yaratilib, yuqori darajadagi dasturlar yaratish imkoniyatlari 
borgan sari kengaytirilib borilmoqda: 

4.0 versiyasidan boshlab dastur yozishni, tahrir qilishni va natijalar 
olishni osonlashtirish uchun yangi integrallashgan muhit hosil qilindi; 

5.5 versiyasining paydo bo’lishi bilan Turbo-Pascalda ob’ektli dasturlash 
imkoniyati paydo bo’ldi; 

6.0 versiyasidan boshlab esa Paskal dasturi ichiga quyi dasturlash tili 
bo’lgan Assembler tilida yozilgan dasturlarni qo’shish holati hosil 
qilindi. Shu bilan bir qatorda tilning integrallashgan muhitiga ham bir 
qator o’zgarishlar kiritildi. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling