«Bolalar adabiyoti va folklor» fanining o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi, o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Bolalar adabiyoti va folklor» fani 4-semestrda o’qitiladi. «Bolalar adabiyoti va folklor» fani «Xalq og’zaki ijodi va bolalar adabiyoti», «O’zbek adabiyoti tarixi», «Adabiyot nazariyasi», «Hozirgi adabiy jarayon va matnni ifodali o’qish» kabi fanlar bilan o’zaro bog’liq va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikda o’rgatiladi.
Fanning ta’limdagi o’rni
«Bolalar adabiyoti va folklor» fani boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish mutaxassisligi bo’yicha etuk kadrlar tayyorlash, bolalar adabiyoti yo’nalishidagi fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’lim tizimida bolalar adabiyotini o’qitishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fanning ta’limdagi o’rni kattadir. Talaba bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishmasa, yozma adabiyot va folklor munosabatlarini tushunib etmasa, adabiyotmizdagi an’anaviylik masalasini bila olmaydi. Zero, mazkur fanni o’qitish orqali mumtoz adabiyotga, uning asrlar osha davom etib kelayotgan an’analariga muhabbat tuyg’ulari kamol toptiriladi. Demakki, bugungi kunda etuk, har tomonlama barkamol mutaxassisni tarbiyalashda mazkur fanning o’rni beqiyosdir.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Fanni o’qitishda tez va mukammal o’zlashtirish uchun yordam beradigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning ahamiyati kattadir. Mazkur kursni o’qitishda ko’rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan, kompyuterdan, internet yangiliklaridan, multimediya, video va audiomagnitofonlardan, muammoli ta’lim, qiyosiy tahlil, ma’ruza metodlaridan va mustaqil ish shaklidan foydalaniladi.
«Bolalar adabiyoti va folklor» fanini o’qitishda talim tizimiga kirib kelgan pedagogik texnologiyalarning aqliy hujum, interaktiv, bumerang, kabi usullaridan foydalangan holda tushuncha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |