Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet28/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Muhokama uchun savollar:
1.Topishmoqlar adabiy janr sifatida qanday muammolarni ko’taradi?
2. Topishmoqlar haqida ilmiy ish qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?


2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Topishmoqlarning asosiy xususiyatlari va tuzilish jihatdan xilma – xil bo’lishi haqida talabalarda tushunchalar hosil qilish.


Identiv-o’quv maqsadlari:

  1. Topishmoq aytish tartibini gapirib beradi.

  2. Topishmoqning mazmuni, kompozitsion qurilishi, tuzilishining xilma-xilligini hayotga tatbiq qiladi.

  3. Topishmoqlarning mohiyatini tushuntirishda har birining sodda murakkabligiga qarab baho beradi.



2-asosiy savolning bayoni:
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining qadimiy janrlaridan bo’lib, uning kelib chiqish tarixi haqida aniq fikr bildirish qiyin. Shunday bo’lsa–da, ba’zi xalqlarda, jumladan, turkmanlarda topishmoqlarni navro’z oqshomi aytish odatini G. Gurbonov tasdiqlaydi. Uyg’urlarda, ko’pincha, kuz va qish fasllarida kova (oshqovoq) pishirish paytida topishmoq aytish marosimi bo’lgan. Topishmoqni qish faslida kechalari aytishish faqat o’zbeklarda bo’lmay boshqa ko’pgina turkiy xalqlarda ham uchraydi. Topishmoqni erkagu ayol, katta –yu kichik baravar aytishgan. Topishmoq aytishish jarayonida kichiklar ulardan hozirjavoblikni o’rgangan. Topishmoqning javobini topish uchun aytilgan matnni yaxshi o’ylab, nimaga ishora qilayotganini anglab olish, topishmoqning asosiy xususiyati va belgilari qaysi predmetga qaratilganligini aniqlab olish kerak bo’ladi. Topishmoqning javobi tug’ri topilsa, o’sha paytdayoq boshqa jumboq o’rtaga tashlanadi. Mobodo, javobini topishda qiynaladigan bo’lsa, u holda aytuvchiga «jonlimi», «jonsiz »deb so’raladi. Unda ham javob topishga qiynalsa, «qaerda bo’ladi», «qattiqmi», «yumshoq» deb so’raydi. Shundan ham topa olmasa u holda topuvchi «shahar berdi».
Topishmoqlar o’zining mazmuni, kompozitsion qurilishi, tuzilishi jihatidan xilma-xil bo’ladi. Topishmoqda aniq bir narsa – hayvonlar, qushlar, o’simliklar, ish qurollari, tabiat va tabiat hodisalari haqida so’z boradi. Uylab topishi mumkin bo’lgan narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsaga taqqoslanadi.
Qadimiy topishmoqlarning xususiyati shundaki, unda eshitilgan narsa yoki predmet boshqa bir narsa yoki predmetga taqqoslash yo’li bilan aytiladi. Masalan: «Dunyoda to’rta narsa yo’q» kabi. Bu erda to’rtta narsani topish kerak bo’ladi.
Osmonning ustuni yo’q,
Xovuzning qopqog’i yo’q,
Ko’rpaning engi yo’q,
Oshpichoqning qini yo’q,
Bazan xalq orasida garchi kam uchrasa-da, murakkab syujetli topishmoqlar ham uchraydi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling