Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet26/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

2-Amaliy mashg’ulot: Maqollar poetikasi
Dars maqsadi: O’zbek xalq maqollari xalq og’zaki poetik ijodining boshqa jihatlaridan ajralib turishi, xalq maqollari ko’pgina asarni poetik jihatdan bezashi haqida tushunchalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Xalq maqollarida inson ichki go’zalliklarining aks etishini tushuntira oladi.
2. Shoirlarning g’azallarida xalq maqollarining qo’llanilishini har jihatdan tahlil qila oladi.
3. Maqollar teran mazmunni o’zida ifoda etishi, ixchamligi, badiiyligi, purhikmatligi bilan hayotga tatbiq etilishini tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: B.Sarimsoqov va boshqalar. O’zbek xalq maqollalari (1989 y.), A.Qahhor asarlari, talabalarning o’zlashtirish darajalarini aniqlash uchun testlar.
Ishni bajarish tartibi:

  • O’zbek xalq maqollarining nihoyatda dono fikrlarini aks ettirib berishini tushuntirish;

  • «Devonu lug’atit turk» asarida ko’plab misollar keltirganini aniqlash;

  • Lutfiy g’azallarida xalq maqollarining qo’llanilishi va uning she’riyat qadrini oshirishini tekshirib chiqish;

  • Hamzaning dramatik asarlarida xalq maqollarining qo’llanilishini tahlil qilish;

  • Maqollarning muhim xususiyatlarini yozma bayon qilish;

  • Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil qilishga o’rganish;

  • Mashg’ulotni yakunlash.

Mustaqil ish topshiriqlari:
2-topshiriq. Maqollar poetikasi
1.1. Maqollarning mohiyatini tahlil qiling. (3.12-20 b)
1.2. Maqollar haqida umumiy ma’lumot bering. (1.10-12 b)
Asosiy adabiyotlar:

  1. M.Jumaboev. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. T; 2002 yil. 10-12-b

  2. S.G’ozieva, D.Ochilova, L.Daminova «Badiiy terma kitob» T; 1993 y.

  3. T.Mirzaev, B.Sarimsoqov. O’zbek xalq maqollari. T; 1989 yil 12-20 b

  4. «Hamza» Tanlangan asarlar. Besh tomlik, O’zSSR «Fan» nashriyoti, T; 1988 yil.

4- Mavzu: Topishmoqlar







Bajariladigan ish mazmuni

Amalga oshiruvchi mas’ul

Daqiqa

1

2

3

4

1-bosqich

Dars maqsadi: O’zbek xalq og’zaki ijodida topishmoqlarning kelib chiqishi, vazifasi va hayot dialektikasidan kelib chiqib ifoda etadigan, sodda, siqiq darak gap shaklidagi so’roqni bildirish tabiatini ochib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qiladi.

2.Topishmoqlar real hayotni tasvirlovchi adabiy janr ekanini aytadi .
3.Topishmoq bilan qiziqqan olimlar haqida o’zlarining nuqtai nazarlarini asoslab, ular xaqida baho bera olada

O’qituvchi


Talaba






2-bosqich

Asosiy tushunchalar: Topishmoq, jumboq, chiston, boshqotirma, murakkab syujetli topishmoqlar, qadimiy topimshmoqlar, syujetli topishmoqlar.
Dars shakli: ma’ruza.
Vositalar: kompyuter, proektsiya, tarqatma materiallar.
Metod va usullar: aqliy hujum, amaliy topshiriq, klaster, taqdimot.

O’qituvchi


Talaba

20 daqiqa

3-bosqich

Guruhda ishlash
Kuzatuv, natijani aniqlash.

O’qituvchi
Talaba

35 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1.Topishmoqlar adabiy janr sifatida qanday muammolarni ko’taradi?
2. Topishmoqlar haqida ilmiy ish qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?
3. Nega topishmoqlar faqat qish paytida aytilgan?
4. Qadimiy topishmoqlarning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
5. Mubolag’a yo’li bilan yaratilgan topishmoqlar haqida tushuncha bering?

O’qituvchi-
Talaba



15 daqiqa

5-bosqich

Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish:
Maqsad va vazifalar bajarilganligini tahlil qilinadi, kerakli maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.

O’qituvchi

10 daqiqa




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling