Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar.
Hamzaning ilm haqidagi hikoyalarida odob-axloq masalalariga doir fikrlarini aniqlash.
XX asr boshlaridagi turmush taqozosi bilan Turkistonda jadidlar harakati va jadid adabiyotining rivojlanishida Hamzaning harakatini baholash.
5-Amaliy mashg’ulot:
Hamzaning tarbiyaviy mavzuda yaratgan asarlari.
Darsning maqsadi: Hamzaning tarbiyachilik faoliyati va shu mavzuda yozgan asarlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Shoirning yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berganligi haqida fikr yuritadi.
Hamzaning xalq og’zaki ijodidan ham unumli foydalanganligi haqida so’zlaydi.
Kerakli jihozlar: Shoirning suratlari, Test savollari to’plami (1996-2006)dan Hamzaning ijodiga bag’ishlangan test, «Yangi saodat» asari, she’rlar to’plami.
Ishni bajarish tartibi:
Hamzaning «Engil adabiyot»ga kiritgan she’rlarini aniqlash;
Hamza – xalq og’zaki ijodidan («Toshbaqa va chayon») unumli foydalanganligi haqida so’zlash;
Mustaqil ish topshiriqlari:
5-topshiriq. Hamzaning tarbiyaviy mavzuda yaratgan asarlari.
1.1. Hamzaning «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligi haqida fikr bildiring. (2.13-19 b)
1.2. Hamza Hakimzoda Niyoziyning ilm haqidagi hikoyalari haqida so’zlang. (3.31-38 b)
Asosiy adabiyotlar:
1. Hamza Hakimzoda Niyoziy. To’la asarlar to’plami. 2 jild. She’rlar 25-29 b
2. M.Jumaboev. «Bolalar adabiyoti» -T. : 1994y 13-19 b.
3. 11-sinf adabiyot darsligi. -T.1989y. 31-38 b.
4. Hamza. «Yangi saodat» asari. 309-432 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |