Ызбекистон республикаси олий


Download 0.74 Mb.
bet4/15
Sana04.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1163090
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
IO\'M amaliy uslubiy ko\'rsatma

Mashg`ulotning maqsadi: O‘quv-metodik ta’minot va uning tahlilini tushintirish.
Kеrakli asbob va jihozlar: Fa’nga oid adabiyotlar, kompyuter, mel, doska.
Nazariy ma’lumotlar:

Zamonaviy o‘qituvchi – kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.


O‘qitish metodlari o‘quv jarayoni samaradorligini oshiruvchi omil sifatida
Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham keng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. Shunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? “Metod” termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Ta’lim metodlari o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas.
Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling