Ызбекистон Республикаси
Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga
xosligi Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi ming yillarni o`z ichiga oladi va shu davr ichida qadimgi Rimda o`zgarib turgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bo`linib ketdi. g`arbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi Konstantinopol‘) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o`rtasidagi, to`xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o`zida aks ettirdi. Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta`sirida edi. eramizgacha V asr o`rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar Yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o`rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta e`tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o`rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo`lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo`ldi. Qadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta`sir qildi. Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim hukukshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma`muriy xuquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro`y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim Yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham o`rganilmoqda. Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo`ladi. Ilk xristian ta`limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo`lgan ko`plab tabiiy huquq g`oyalarini yangi din o`z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o`rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g`oya muxim axamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo`lishi va jaxon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta`sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir muncha o`zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular o`rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo`ladi. CHerkov ierarxiyasining paydo bo`lishi, diniy dogmatning kuchaytirib Yubordi. Ilk xristianlik ta`limotlarida qulchilikni yo`qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o`rtasidagi notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g`oyalar mavjud edi. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixida Mark Tualliy TSitseron (106-43 eramizdan oldingi yillar) aloxida o`rin egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va mutafakkir TSitseronning davlat va x,uquq muammolariga bag`ishlangan "Davlat haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida siyosiy va huquqiy qarashlari o`z aksini topgan. Davlatning paydo bo`lishining sababi odamlarning birga yashashga intilishidadir. Birga yashash odamning tabiiy extyojidir, deydi, TSitseron. Davlat xalqning ishi, boyligidir. TSitseron davlatning tuzilish shakllariga katta ahamiyat beradi. U uchta oddiy davlat shaklini ko`rsatadi: podshoh xokimiyati, aristokratlar hokimiyati va xalq hokimiyati. Bularning har biri o`zining avfzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun bularning barchasiga xos bo`lgan avfzalliklarni o`zida birlashtirgan qo`shma davlat shakli maqsadga muvofiqdir. Zo`rlik bilan o`rnatilgan yakka shaxs yoki olomon xukmdorligi, yoki bir to`raning xukmronligi davlat shakli xisoblanmaydi, bunga yo`l qo`yish mumkin emas. Bu erda umuminsoniy manfaat ham barcha, uchun teng huquq ham yo`q. TSitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va ideal fuqaroga xos fazilatlar katta o`rin olgan. Huquq zaminida tabiatga xos bo`lgan adolat yotishi kerak, deydi u. Tabiiy huquqining belgi va xususiyatlarni ta`riflash bilan bir qatorda, TSitseron ijobiy huquqning o`zini xususiy va ommaviy huquqlarga bo`ladi. TSitseronning ijodiy merosi insoniyat madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi. Rehaga qaytish Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling