Ызбекистон Республикаси
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
IBN SINO. Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro viloyatida Afshona (hozirgi
Vobkent rayoni) qishlog`ida tug`ilgan. Uning yoshlikdagi nomi Husayn bo`lgan, u 5 yoshga to`lganda oilasi Buxoro shahriga ko`chib keladi. Ibn Sino yoshligida astronomiya, matematika, logika, fizika, metodika va fikx (huquq) masalalarini yaqindan o`rgandi. 999 yilda Buxoro qoraxoniylar tomonidan bosib olinganidan keyin u Urganch shahriga ketishga majbur bo`ladi. Mbn Sino sharqda «Ash-Sheyx» yoki «Ar-Rais» degan taxallus bilan mashhur bo`lgan bo`lsa, g`arbda esa Avitsena degan nom bilan taniladi. Uning xayoti, dunyoqarashi haqida adabiyotlarda turlicha qarashlar mavjud. O`rta asr avtorlari: Al-Bayxaki, Al-Kifti, Ibn-Abu-Usaybia, ibn- Xallikan, Al-Kashi kabi yozuvchilar asarlari asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Ibn Sinoning siyosiy-huquqiy qarashlari Abbosiylar xalifaligining siyosiy tushkunlikka uchragan hamda xonliklar, bekliklar o`rtasida o`zaro urushlar kuchaygan bir zamonda shakllanadi. Mamlakat hayotida ro`y berayotgan siyosiy tushkunlik mutafakkirni yoshlik yillaridanoq turli shaharlarda, xonliklarda sarsonu- sargardonlikda yurishga majbur etadi. Ammo hayot qanchalik shafqatsizlik qilmasin, u yoshlik yillaridanoq falsafa, siyosat va meditsina kabi fanlar bilan qiziqadi. U musulmon huquqi asoslarini, normalarini yoshlik yillaridayoq chuqur o`zlashtirib olgan edi. Ibn Sinoning Buxoro shahriga kelib Abu Abdullax an-Notiliy raxbarligida falsafiy fanlarni o`rgangan yillari uning hayotida o`ziniig chuqur izini qoldiradi. Tez orada shogird ustoz darajasiga ko`tarilib, falsafa, logika huquq, matematika, fizika, meditsinaga oid kitoblarni mukammal o`rganib chiqadi. Aflotun, Arastu, Farobiy kabi entsiklopedik olimlarning asarlari uning asosiy bilim manbaiga aylanadi. Zamondoshi Beruniy bilan esa bevosita xatlar orqali fikrlashib turadi. Mutafakkir (1002-1005 yillarda) hokimiyat qoraxoniylarga o`tgan davrda Buxorodan Gurganjga ketishga majbur bo`ladi. Gurganj shahrida «Ma`mun akademiyasi» mavjud bo`lib, unda Abu-Rayxon Al-Beruniy, Abu Saxl Al-Masixiy, Abul-Xayr al Xammarlarga o`xshagan ko`plab olimlar ijod qilayotgan edilar. Ibn Sino ular bilan yakindan tanishib, Xorazm shoh Ali ibn-Ma`mun saroyida xizmat qiladi. Lekin 1008 yildan boshlab, Ibn Sino o`zining shogirdi Abu-Ubayd Al-Juzjoniy bilan birgalikda Xuroson shahar va qishloqlarida muhtojlikda yashashga majbur bo`ladi. Mahmud g`aznaviy Xorazmda mashhur bo`lgan barcha olimlarni o`z saroyiga taklif qiladi. Ibn Sino bunga rozi bo`lmasdan Xorazmdan chiqib ketishga majbur bo`ladi. Bundan g`azablangan Sulton Mahmud g`aznaviy atroflarga chopar yuborib, olimni ushlab saroyga olmb kelishni buyuradi. Mutafakkir Maxmud g`aznaviydan yashirinib (1015-1024) Xamadonda to`xtaydi. Xamadon hokimi Shams Ad-Dauliy esa uni o`ziga vazir qilib tayinlaydi. Ibn Sino bevosita davlat arbobi sifatida davlat ishlarini boshqarish bilan mashg`ul bo`ladi. Ammo Ibn Sinoning progressiv fikrlari davlat apparatidagi mulozimlarni reaktsion guruxlariga ma`qul kelmaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling