Ызбекистон Республикаси
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temur va uning "Tuzuklari"da siyosiy va huquqiy ta`limotlar xamda g`oyalar.
AMIR
TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI SIYOSIY VA HUQUQIY TA`LIMOTLAR. R E J A: 1. Amir Temur va uning "Tuzuklari"da siyosiy va huquqiy ta`limotlar xamda g`oyalar. 2. Temuriylar davridagi siyosiy va xuquqiy ta`limotlar. 3. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar. Amir Temur va uning "Tuzuklari"da siyosiy va huquqiy ta`limotlar xamda g`oyalar. Amir Temur va temuriylar davri o`zbek davlatchiligi tarixida alohida o`ringa egadir. Amir Temur nomi bilan O`zbekistonda davlat va huquq o`zining eng rivojlangan bosqichiga ko`tarilgan edi. Bu imperiyaning chegaralari Sharqda Xitoy davorigacha g`arbda O`rta er dengizigacha, janubda Hindiston va Shimolda Moskov Knyazligi xududlari bilan chegaralangan edi. Markazlashgan o`z davrida dunyodagi eng kuchli davlatga aylangan edi. Amir Temur davrida davlat va qonunchilikni yuksalishi o`z navbatida siyosiy va huquqiy dunyoqarashni ham yuksaklikka ko`tardi. Samarqandda o`ziga xos huquqshunoslar, siyosatshunoslar maktabi rivojlandi. Bunga misol tariqasida Amir Temurning «Tuzuklari» «Boburnoma» Amir Temur va temuriylar davri Alisher Navoiyning asarlari Sharofiddin Al-yazdiyning «Zafarnoma»si kabi asarlarni keltirsak bo`ladi. Bu asarlarda inson, adolat, qonunchilik, davlatchilik, siyosat, madaniyat ravnaqi haqida Bugungi kun uchun ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan g`oyalar, fikr va mulohazalar bayon etilgan. Amir Temurnint tarjimai holida shunday fikrlar bor: «Birinchi eng muxim fazilat beg`arazlikdir. Xammaga bir xil qattiq, jiddiy va adolatli munosabatda bo`ldim, odamlarni toifalarga bo`lmadim, kambag`alni yomonlab, boyni maqtamadim. Men hamma vaqt e`tiqodga sodiq qoldim, xudo marhamatiga loyiq topilgan insonlarga katta hurmat bilan qaradim. Qashshoqlarga xayru-ehsonni ayamadim, har bir masalani xotirjamlik bilan hal qildim, haqiqatni aniqlashga ko`p g`ayrat sarfladim. Butun harakatimni umumiy foydali ishlarga qaratdim, biror bir zaruriyatsiz hech kimga ozor etkazmadim, turli vaziyatlarda menga murojat qilganlardan yuz o`girmadim. Men bir qo`limda adolat chirog`ini, ikkinchi qo`limda samimiyat chirog`ini tutdim, mana shu ikkala chirog` nuri bilan ximma vaqt o`z hayot yo`limni yoritdim» Amir Temur davlat asosini o`n ikki toifa tashkil etishini, ulardan har birining o`z o`rni va xizmati mavjudligini ko`rsatadi. Bular: 1) sayidlar (payg`ambar avlodlari), ulamo, mashoyih fozil kishilar; 2) Donishmand va ishbilarmon, tadbirkor kishilar; 3) Xudojo`y va tarki dunyo qilgan kishilar; 4) Nuyonlar, amirlar, mingboshilar, ya`ni harbiy kishilar; 5) Sipohi va raiyat (soliq to`lovchi avom xalq); 6) Maxsus ishonchli kishilar; 7) Vazirlar, sarkotiblar; 8) Xokimlar (faylasuf, donishmand kishilar), tabiblar, munajjimlar, muxandislar; a) tafsir va hadis olimlari; 9) Sufiylar moshoyixlar, xudoni tanigan filosiflar; 10) Kasb-hunar egalari; 11) Savdogar va sayyohlar; Amir Temur davlatni boshqarishda siyosiy va huquqiy faoliyatini boshqarib borishda quyidagi 12 ta tamoyilga e`tibor bergan. Birinchidan. din va shariatga katta e`tibor bergan. Ikkinchidan. davlatni boshqarishda yuqorida aytganimiz un ikki xil raiyatning har qaysisiga o`ziga xos munosabat o`rnatgan. Uchinchidan, maslahat, kengash, tadbirkorlik, xushyorlik, ehtiyotkorlik. To`rtinchidan. davlat ishlarini ma`lum qat`iy qonun-qoidalarga rioya qilib boshqarish. Beshinchidan, Amirlar va sipohiylarni xizmatlariga yarasha taqdirlash. Oltinchidan. adolat va insof bilan ish tutish. Ettinchidan. sayidlar, ulamoyu mashoyiqlar, aqlli donolarga alohida e`tibor berish. Sakkizinchidan. xar bir ishni oxirigacha etkazish, qat`iylik, sabr bardosh. To`qqizinchidan. raiyat ahvolidan ogoh bo`lish, hammani teng ko`rish. O`ninchidan. turli millat vakillariga bir xil munosabatda bo`lish. O`n birinchidan. qarindoshlar, ko`shnilar, do`stlarni e`zozlash. O`n ikkinchidan, sipohiylarga alohida hurmat, g`amxo`rlik ko`rsatish. Amir Temurning xizmati ulkandir: Birinchidan, u mamlakatni mo`g`ul bosqinchilardan ozod etdi. Ikkinchidan, mustaqil o`zbek davlatchiligiga asos soldi. Uchinchidan, Mamlakatni tuzuklarga (qonunlarga) asosan boshqarishni ta`minladi. To`rtinchidan, adolat va ma`rifat ishlarini yo`lga qo`ydi. «Kuch-adolatda» degan shiorga asosan. Beshinchidan, qo`shni davlatlarni ham bosqinchilardan, zulm va zo`ravonlik o`tkazayotgan diktatorlardan tozaladi va u erlarda qonuniy tartib o`rnatdi. Oltinchidan, Samarqand (poytaxtining) dunyo markaziga aylantirdi. Bu erga uzoq Ispaniya, Frantsiya, Angliya, Xitoy kabi mamlakatlardan ko`plab elchilar, sayoxlar, savdogarlar, olimlar kelib ketadigan poytaxtga aylantirdi. Amir Temur o`rta asrlarda Turkistonda shunday shart-sharoit yaratdiki, unda Ulug`bek absirvatoriyasi, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar o`z asarlari, odil siyosatlari bilan dunyo jamoatchiligining diqqat e`tiborini tortishga muvaffaq bo`ldi. Bu buyuk ishlarning amalga oshirilishining boshida, so`zsiz, Amir Temur turar edi. U davlat va jamiyat qurilishida, uni boshqarishda adolat va qonuniylikka asoslandi. O`z zamonida xalqlar orasida keng tarqalgan Islom siyosiy ideologiyasi va uning qonunlar tizimi-shariatni amalda qo`lladi hamda unga qo`shimcha tarzda o`z «tuzuklarini» yaratdi. Uning siyosiy va huquqiy ta`limotlari, o`gitlari, ko`rsatmalari temuriylar davrida dasturi amal bo`lib xizmat qildi. Bugun O`zbekistonda Amir Temur va temuriylarga bo`lgan e`tiborning sababi xam ana shundadir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling