Ызбекистон Республикаси


Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining axamiyati


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining axamiyati
 
Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining o`rganishni  nima ahamiyati bor, undagi 
ta`lmmotlarning  ko`pchiligi  o`z  umrini  o`tab  bo`ldiku?  -  degan  savol  tug`ilishi 
mumkin.
 
Birinchidan  shuni  ta`kidlash  kerakki,  davlat  va  hukuq  xakidagi  hozirgi  fanlar 
tarixiy  rivojlanishning  maxsulidir.  Ularning  paydo  bo`lish  tarixini  bilmasdan  turib 
chuqur  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Fanda  ifodalangan  haqiqat  osmondan  tayyor 
tushmaydi.  Unga  erishish  uchun  qancha  izlanish,  kuch-quvvat,  fidokorlik,  xatto 
kurbonlik  beriladi.  Buyuk  mutafakkirlarning  ilm-fandagi  kashfiyotlarigagina  emas, 
ularning bunga erishish yo`lida qilgan xato va kamchiliklari ham biz uchun saboqdir.
 
Bugungi  kunning yaxshi va  to`g`ri  tasavvur  qilish  uchun  ijtimoiy  taraqqiyotning 
oldingi bosqichlarining bilish zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun ham o`tmishga 
murojaat  kilamiz.  Undan  saboq  olish  bilan  birga  bugungi  ayrim  muammolarning 
echimini topish mmkoniyatiga ham ega bo`lamiz.
 
"Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo`q",  degan  edi  I  A.Karimov.  O`zlikning  anglash 
tarixni  bilishdan  boshlanadi.  Tarix  xotirasi  insonni  istiqbolga  da`vat  etadi,  milliy 
istiqlol  mafkurasini  shakllantirishda  muhim  omil  bo`lib  xizmat  qiladi.  Davlat  va 
huquq  hakidagi  ta`limotlar  tarixining  o`rganish  turli  nazariyalarning  paydo 
bo`lishining  nazariy  shart-sharoitlarini  anglatadi,  yangi  g`oyalar  uchun  ijobiy  ilxom 
bag`ishlaydi.  O`tmishdoshlarimiz  yaratgan  buyuk  kashfiyotlarning  kuzatish, 
xuquqshunoslik  ilmining  ruxini  xis  qilish,  uning  yangi  qirralarni  ochish  imkonini 
beradi, bizni birtomonlama yuzaki qarashlardai ehtiyot qiladi, mustaqil fikr yuritish va 
ro`y berayotgan xodisalarni baxolay olmsh qobiliyatini shakllantiradi.
 
 Tabiiyki  bunda  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  buyuk  arboblarining  siyosiy  va 
huquqiy qarashlari munosib o`rin olgan. Bu xalqimizning haqqoniy tarixini tiklash va 
milliy o`zlmgini anglash, milliy iftixorni shakllantirish va o`stirish ishiga xissa bo`lib 
xizmat qiladi. "Shuni esda tutish muhimki, o`tmishimizni "oqlash" vazifalari umuman 
olganda bajarib bo`lindi; hozir esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona 
va  xalol  amalga  oshirishdan  iboratdir".1  Siyosiy-xuquqiy  ta`limotlar  tarixining 
ahamiyati  yana  shundaki,  u  bo`lajak  huquqshunoslarni  umumjaxon  miqyosidagi 


ta`limotlarning  paydo  bo`lish  va  rivojlanish  qonuniyatlari  bilan  tanishtirish  bilan 
birga, ularda bu ta`limotlarning mohiyatini anglab olish malakasini shakllantiradi.
 
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling