Ызбекистон Республикаси


MUSTAQIL  O`ZBEKISTONDA  XX  ASR  OXIRI  VA  XXI


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

MUSTAQIL  O`ZBEKISTONDA  XX  ASR  OXIRI  VA  XXI 
ASR BOSHIDA SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR.
 
 
 
  
R E J A:
 
 
 
1.  Mustaqil O`zbekistonda xuquqiy davlat g`oyalarining shakllanishi va 
ularni joriy qilinishi. 
 
2.  O`zbekiston  Respulikasi  Konstitutsiyasida  inson  xuquqlar  va 
erkinliklari.
 
3.  O`zbekistonda  Prezidentlikni  joriy  qilinishi  va  I.  A.  Karimovning 
xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
 
4.  Fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat.
 
5.  Mavzuga oid tayanch so`z va iboralar.
 
  
  
Mustaqil  O`zbekistonda  xuquqiy  davlat  g`oyalarining 
shakllanishi va ularni joriy qilinishi. 
 
  
1991  yil  31  avgust  kuni  tariximizning  tub  burilish  nuqtasi  bo`ldi.  O`zbekiston 
mustabid  tuzumdan  voz  kechib  ochiq  demokratik  va  huquqiy  davlat,  ijtimoiy 
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo`liga o`tdi. Xalqimizning asriy orzu 
umidlari  va  intilishlariga  javob  beradigan  hayotga  qadam  qo`ydik.  Huquqiy 
davlatchilik  shakllari,  unga  o`tmish  yo`llari  xar  xil  bo`lishi  mumkin.  Bu  xar  bir 
mamlakatning  ijtimoiy  taraqqiyot  xususiyatlari,  milliy  ma`naviy  an`analari, 
davlatchilmk  tajribasi,  siyosiy  va  huquqiy  madaniyat  darajasi,  geopolitik  vaziyati  va 
boshqalar bilan belgilanadi.
 
,,O`zbekiston  mustaqillik  imkoniyatlarini  oldindan  payqadi,  mamlakat  ijtimoiy-
siyosiy  jarayonlarining  borishini  to`g`ri  baholadi  va  birinchilar  qatorida  o`z 


mustaqilligini  e`lon  qildi.  Mustaqilligimizning  birinchi  huquqiy  asosi  "O`zbekiston 
Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to`rrisida"gi  qonunda  (1991  yil  31 
avgust)  o`z  ifodasini  topdi.  Bu  qonunlar  O`zbkiston  Respublikasi  "Millati,  diniy 
e`tiqodi  va  ijtimoiy  mansubligidan  qat`iy  nazar,  respublika  xududida  yashovchi  har 
bir  kishining  munosib  xayot  kechirishini,  sha`ni  va  kadr-qimmatini  ta`minlaydigan 
insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etishga"  intilishini  tantanali  ravishda 
e`lon  qiladi.  "Mustaqil  o`zbek  davlati,-deb  yozgan  edi  Prezident  I.Karimov,  - 
xalqmmizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida orzu qilgan O`zbekiston 
chinakam  mustaqillikni  qo`lga  kiritib,  gullab-yashnashi  va  farovonlikka  erishishi, 
taraqqiyot  etgan  demokratik  davlatlar  qatori  xalqaro  xamjamiyatda  munosib  o`rnini 
egallashi - biz ko`zlagan oliy maqsaddir".
 
1  Xuquqiy  davlat  qurishning  nazariy  asoslari  va  amaliy  muammolari 
O`zbekistonning 
1992 
yilgi 
Konstitutsiyasida, 
mamlakatimmz 
Prezidenti 
I.A.Karimovning  "O`zbekiston  kelajagi  buyuk  davlat",  "Buyuk  kelajagimizning 
huquqiy kafolati", "O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari", "Xozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim 
vazifalari",  "O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida:  xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlmk 
shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari",  "Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  xayot-
pirovard  maqsadimiz",  "O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda",  va  boshqa  asarlarida 
atroflicha belgilab berilgan.
 
Bu asarlarda jamiyat a`zolarining kafolatini boyitib borish, huquqiy normalarning 
bajarilishini  ta`minlash,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  tashqi  munosabatlarni  tartibga 
solib  turuvchi  takomillashgan  qonunlar  va  boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlarning 
mavjud bo`lishi va ularni tegishli davlat organlari nazorati ostida bajarilishi, huquqiy 
madaniyat,  qonunga  xurmat  va  unga  amal  qilish  kabi  muammolari  nazariy 
asoslangandir.
 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  respublikada  hukuqiy  davlatning 
shakllantirish  shiorlar  va  chaqiriqlar  bilan  amalga  oshirib  bo`lmasligini,  bu  ish 
ijtimoiy  hayotning  yangi  shakllari,  institutlari  va  munosabatlarining  yaratish  bilan 
bog`liq  murakkab  ish  ekanligini  uzliksiz  uqtirib  kelmoqda.  Bu  ishlar  orasida 
jamiyatning  barcha  sohalarini  erkinlashtirish,  jamoat  fikrini  demokratiyalashtirish, 


yangi  huquqiy  va  siyosiy  qadriyalatlarni  o`zlashtirish  va  hayotga  joriy  qilish  muhim 
o`rin  egallaydi.Xuquqiy  davlatchilikning  shakllantirish  uchun  birinchi  galda  keng 
ko`lamli  siyosiy  va  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish,  davlat  suverenitetini 
mustaxkamlash, eski ma`murmy buyruqbozlik tizimi va unga mos bo`lgan xokimiyat 
va  boshqaruv  organlarining  tugatish,  milliy  davlatchilikning  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
huquqiy asoslarini yaratish.
 
Mamlakatni  tarixi  va  xozirgi  kuni  o`rtasidagi  o`zaro  aloqadorlikni,  kelajagimiz 
strategik yo`llarini to`g`ri tanlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning tarixiy asoslab 
berish,  o`tmish  qadriyatlarning  qaytadan  baholab  chiqish,  o`zbek  davlatchilik 
rmvojining  yangi  yo`llarini  izlab  topish  muhim  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Bugungi 
islothotlarimizning  muvaffaqmyatlari  ko`p  jihatdan  milliy  tarixiy  tajriba  va 
saboqlarning  umuminsoniy  tarix  natijalari  va  saboqlari  bilan,  xozirgi  zamon  jahon 
xamjamiyati  va  davlatlarining  rivojlanish  tendentsiyalari  bilan  uyg`unlashtirib  olib 
borishga  bog`liqdir.  Shuning  uchun  ham  O`zbekiston  Prezidenti  I.Karimov 
vatanimizning o`ziga xos milliy xusuisiyatlari va tarixini, jahon xamjamiyati tajribasi 
va  xozirgi  zamon  muammolari  bilan  uyg`unlashtirib  olib  borish  zururligini  uqtirib 
kelmoqda.
 
O`zbek  davlatchiligining  shakllanishi,  rivojlanishida  va  shu  doirada  yuzaga 
kelgan siyosiy-hukukiy madaniyatning o`ziga xos xususiyatlarining vujudga kelishida 
iqlim,  xudud,  xo`jalik  faoliyatining  darajasi  va  xarakteri,  ijtimoiy-madaniy  turmush 
tarzi, milliy an`analar, ko`pdinlilik, mustaqillik uchun kurash va boshqa omillar ta`sir 
qildi. Davlat qurilishida boshqalardan andoza olish, mamlakat xususiyatlari va milliy 
ruxiyatini hisobga olmaslik mamlakatni boshi berk ko`chaga kiritib qo`yadi.
 
O`zbekiston Prezidenti bu masalaga o`zining munosabatini aniq va ravshan bayon 
etdi.  Har  bir  millat  o`z  milliy  ruhiyatidan  kelib  chiqib  bu  masalaga  yondoshishi 
zarurligini,  xalq  extiyojlarini  hisobga  olmaslik,  "demokratik  jarayonlarni  chetdan 
nusxa  olib  ko`r-ko`rona  ko`chirish  aslo  samara  bermaydi.  Aksincha,  butunlay  yo`l 
chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin" - deb ta`kidladi. "Xar bir davlat- 
betakror  ijtimoiy  xodisadir,  U  har  kaysi  xalq  tarixiy  va  ma`naviy  taraqqiyotining 
xosilidir,  uning  o`ziga  xos,  o`ziga  mos  madaniyati  rivojining  natijasidir-deydi 
I.Karimov.  O`zbekiston  o`ziga  xos  taraqqiyot  yo`lini  tanlab  olgan  davlatdir.  Bu  yo`l 


jaxonda o`zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo`lidir. Yurtboshimiz tomonidan 
ilmiy  asoslangan  bu  yo`lning  besh  tamoyili  vujudga  keldi.  Bular  iqtisodning 
siyosatdan ustunligi, davlatning bosh isloxotchiligi, qonun ustivorligi, kuchli ijtimoiy 
siyosat  yuritish,  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  o`tish.  Ushbu  tamoyillar 
O`zbekistonning  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo`lining  asosini,  o`tish  davri  dasturining 
negizini  tashkil  etadi.  Ularning  amalga  oshirilishi  mamlakatimizda  ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta`minlamoqda.
 
Taraqqiyotning  o`zbek  modeli  xalqimizning  milliy  davlatchilik  an`analari, 
kadriyatlariga tayangandir.
 
"Biz  tanlagan  taraqkiyot  modeli,  bozor  iktisodiyotiga  tayangan  aniq  demokratik 
davlat  qurish,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantiradigan  yangi  xayot  barpo  etish 
harakatlarimizning,  bir  tomondan  ko`p  asrlik  tarix,  buyuk  madaniyat,  yuksak  milliy 
an`analar,  muqaddas  qadriyatlarga,  ikkinchi  tomondan  esa  jahon  xalqlarining  eng 
ilg`or  yutuqlarini  o`zida  mujassam  etgan  tajribaga  asoslangan  yo`limizning  to`g`ri 
ekanini  xayotning  o`zi  tasdiqlamoqda".  Prezident  I.Karimov  o`z  asarlarida 
davlatchilik  negizlarini  belgilovchi  omillarning  aniqlashga  alohida  ahamiyat  beradi. 
"Bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy jarayonlarning ob`ektiv o`zgarishi yuz berayotgan 
bir  paytda  adolat  g`oyasini  ixcham  bir  xulosa  bilan  ifodalash  mumkin.  ya`ni  davlat 
jamiyatning  keskin  tabaqalanishiga  oshib-toshib  ketgan  boylaru  kambag`al-
qashshoqlarga bo`linib ketishiga yo`l qo`ymasligi kerak". Yurtboshimizning fikrlariga 
ko`ra  davlat  odamlarning  o`z  qobiliyatlarini  to`la  namoyon  qilishlari  uchun  zarur 
bo`lgan  teng  imkoniyatlarni  yaratib  borishi  lozim.  Bu  davlatning  vazifasidir.  Davlat 
o`tish  davrida  xal  qiluvchi  rol‘  o`ynaydi.  U  islohotlarning  tashabbuskori  bo`lib 
maydonga chiqdi, qabul qilgan karorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi, 
aholini  o`tish  davrining  qiyinchiliklaridan  himoya  kilish  vazifasini  o`z  zimmasiga 
oldi.  "Aynan  davlat  yangi  huquqiy  baza  va  yangi  ijtimoiy  munosabatlar 
shakllanishida,  erkin  demokratik  me`yorlarga  o`tishda,  ko`p  ukladli  iqtisodiyot  va 
bozor infrastrukturasining qaror topishida, ya`ni bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, 
yangi  mazmun  bilan  boyishida  tashabbuskor  bo`ldi".  O`zbekiston  keng  miqyosli 
islohotlar yo`liga, jamiyatni tubdan o`zgartirish va yangilash yo`liga kirdi. "Faqatgina 
istiqlolning  xayotbaxsh  zaminida  yangi  demokratik  qadriyatlar  ildiz  otishiga,  inson 


haq-huquqlari  va  uning  erki  asosiy  boyligi  bo`lgan  huquqiy  davlat  va  fuqarolik 
jamiyatiga  mos  keladigan  yangi  zamonaviy  siyosiy,  xo`jalik  va  jamoa  tuzulmalari 
qaror topishiga imkon tug`ildi".
 
Davlat  hayotining  yangi  demokratik-huquqiy  asoslari  yaratildi.  "Davlat 
tushunchasi,  uning  ma`no  mohiyati  tubdan  o`zgardi.  U  islohotlarning  bosh 
tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor 
mqtisodiy  munosabatlarga  vazminlik  bilan  puxta  o`ylagan  xolda  bosqichma-bosqich 
o`tishni  amalga  oshirmoqda".  O`zbekistonda  huquqiy  davlatning  shakllantirishda 
nazariy  qarashlar,  huquqiy  davlatchilik  amaliyotining  ijobiy  va  salbiy  tomonlari 
hisobga olindi. Huquqiy davlat bu huquq ustivorligi g`oyasi va printsipining maxsus 
shaklda  ifodalanishidir.  Qonun  ustivorligini  joriy  qilmasdan  turib  huquqiy  davlat 
haqida gapirish mumkin emas.
 
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Qonun ustivorligini huquqiy davlatning asosiy 
printsipidir,  deb  xisoblaydi.  "Hech  bir  davlat  organi,  xech  bir  xo`jalik  yurituvchi  va 
ijtimoiy-siyosiy  tashkilot,  xech  bir  mansabdor  shaxs,  xech  bir  kishi  qonunga 
bo`ysunish  majburiyatidan  xalos  bo`lishi  mumkin  emas.  Qonun  oldida  hamma 
barobardir. Qonun ustivorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy 
munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech 
bir istisnosiz huquq normalarini buzganligm uchun javobgar bo`ladi".
 
 
 
  
  
  
  
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling