Ызбекистон Республикаси
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
LIBERALIZM
SIYOSIY VA HUQUQIY G`OYALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI R E J A : 1. Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi 2. Benjoman Konstant, Meremmya Benjamning siyosiy va xuquqiy qarashlari 3. XX asr liberalizmining xususiyatlari 4. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g`arbiy Evropada kapitalizm qaror topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o`zgarishlar manufaktura ishlab chiqarishning yirik mashina indistriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu jarayon eng oldin Angliyada, keyin Frantsiya va boshqa Evropa mamlkatlarida yuz berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjaxon bozorining vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jaxon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga aylanishini ta`minladi. Mana shu o`zgarishlarga mos xolda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi. XIX- asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustaxkamlanishiga mos konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi. Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va respublika shaklidagi zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo`la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va taraqkiyotga, qonunchilikka intilish kuchaydi. g`arbiy Evropada o`rnatilgan kapitalistik tuzum o`zining mafkurasini liberalizmda ifoda qildi. Liberalizmning asosiy g`oyalari: har bir shaxs qadr-qimmat va erk egasi va o`z xarkatlari uchun mas`uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar; siyosiy soxada- hokimiyatlar bo`linishi, qonun ustivorligi, huquqiy davlat g`oyasi; shaxsning asosiy huquk va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov ququqi va boshqalar. Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama- qarshiliklar borligini ko`rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon bo`ldi. Bu xolni xisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo`lishi mumkin. Lekin liberalizmning xillari ko`p bo`lishidan qat`iy nazar uning ildizlari, asosiy g`oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy- siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari uyg`onish davrlari bilan bogliq. Uning boshlanishida J.Lokk, Sh.L.Montesk`e, I Kant, T.Djefferson va boshqalar turgan edilar. Liberalizmning shakllanishiga marifatparvarlik harakatining namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muxim xissa qo`shdilar. Yuqorida ko`rganimizdek, ular o`z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda, ularning barchasi o`z davrining muxim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o`z samaradorligini yo`qotgan ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar. Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qildi. Uning vakilalari yakka individning erki va tabiiy kobiliyatlarini birinchi o`ringa qo`ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik va xususiy mulkka ega bo`lish huquqlari g`oyasi zamirida mana shu individualizm yotadi. Siyosiy va grajdanlik erkinliklar iqtisodiy erkinlikdan chiqarildi. Individual erkinlik g`oyasining shakllanishi va qaror topishi davlat va shaxs munosabatlari, davlatning individ ishlariga aralashish chegaralari muammosi aniq ajralib chiqa boshladi. Shu qoidalar asosida huquqiy va siyosiy kontseptsiyalar vujudga keldi. Bu kontseptsiyalar huquq har bir individning qadr-qimmati va ekrkinligini himoya qilish vositasi sifatida talqin qilindi. Bu individualistik ideal tadbirkorlik, mehnatsevarlik, yangilikka intilish kabi fazilatlarni shakllanishiga turtki buldi. Kapitalizmning o`zgaruvchan tizim sifatida rivojlanishida mana shu qadriyatlar katta rol o`ynadi. Liberalizmning vakillari insonning iqtisodiy, jismoniy va intelektual erkinligi, maqsad va manfaatlarini amalga oshirish yo`lida teng imkoniyat va huquklarga ega bo`lishi uchun kurashdilar. Liberalizm inson hayotining yangi harakatchan kuchlarini ochdi. U Evropaga tadbirkorlik va biznes yo`lidan har qanday to`sqinlarni uloqtirib tashlashni o`rgatdi. erkinlik bo`lmagan erda tadbirkorlik rivojlanmasligini ko`rsatdi. Liberalmzm ijtimoiy hayotning barcha sohalarida plyuralizm printsipi joriy qilinishini talab qildi. Ijtmmoiy soxada turli sinf, qatlam va toifalar, manfaatdor guruhlar erkinligi; madaniy sohada turli xil milliy madaniyatlar, smyosiy sohada- siyosiy harakatlar, partiya va jamoat tashkilotlari erkinligi. Liberalizmning shaxs erkinligi talabalaridan har kim xoxlaganinm qilishi mumkmn degan xulosa chiqmaydm Shaxs erkinlmgi g`oyasining ajralmas ikkinchi tomoni shaxsning jamiyat oldida ma`sulligi g`oyasidir. Liberalmzm vakmllari umumiy baxt-saodatning ta`minlashda davlat ijobiy rol o`ynashi mumkinligini ham inkor qilmaydi. Konstitutsiyaviylik, parlamentarizm va huquqiy davlat qadriyati va printsiplarini ishlab chiqishda liberalizmning roli katta bo`ldi. Umuman olganda lmberalizm dogmatizm, sxematizmga zid tafakkur tarzidir. Unda o`zgarmas, bir xil me`yor va qoidalar yo`q. Lmberalizm sharoitning o`zgarishi bilan o`zgarib bordi, unga moslashdi. U o`z vazifasini o`tab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy institut, me`yor va qadriyatlarni qayta ko`rib chiqish, xatto ularni o`zgartirishdan ham qo`rqmadi. Liberalizm vakillarining ko`pchiligi klassik merosni o`zgaruvchan sharoitga moslashtirish bilan band bo`lganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling