Ызбекистон Республикаси


XX asr liberalizmining xususiyatlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

XX asr liberalizmining xususiyatlari
 
  
XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  boshlarida  liberalizm  yangi  bosqichga  ko`tarildi. 
Bu  kapitalizmning  yangi  bosqichga  o`tishi  bilan  bog`liq  edi.  Shu  davrda 
liberalizmning kuchli tomonlari bilan bir qatorda bo`sh tomonlari ham namoyon bo`la 
boshladi. Xususan, klassik liberalizmning erkin bozor munosabatlari va erkin raqobat 
kabi  muhim  qoidalari  aholining  imtiyozli  qatlamlari  manfaatlarini  himoya  qilishga 
bo`ysundirildi. Shuning uchun ham Evropa va AqSh da bu urinishlarga qarama-qarshi 
g`oyalar  bilan  bir  qancha  atoqli  siyosatshunoslar,  iqtisodchilar  guruxi  klassik 
liberalizmning  muxim  qoidalarini  qayta  ko`rib  chiqish,  korporatsiyalarning 
o`zboshimchaliklarini  cheklash  va  aholining  muxtoj  qatlamlarini  axvolini 
engillashtirishga  qaratilgan  islohotlarni  amalga  oshirish  takliflari  bilan  maydonga 
chiqadilar.  Bular  orasida  Germaniyada  J.Gobson,  T.Grin,  L.Xobxauz,  F.Nauman, 
Italiyada  B.Kroche,  AqSh  L.  Uord,  J.Krouli,  U.Bird,  J.D`yui  va  boshqalarni  eslatish 
mumkin.
 


Ular  yangi  liberalizmni  nomini  organ  bir  qancha  yangi  g`oya  va  printsiplarni 
ishlab  chiqdilar.  eng avval  ular  erkin  bozor  va  erkin  raqobat  g`oyalarini  qayta  qarab 
chiqish  zarurligini  asoslashga  urindilar.  Birinchi  galda  ular  liberalizmga  xos 
individualizmning  ma`lum  darajada yangicha  talqin qildilar.  Ular  davlatning  jamiyat 
iqtisodiy hayotida ijobiy rol o`ynashini tan oldilar. XX asrning 30 yillarida yuz bergan 
iqtisodiy  krizis  va  bu  krizisdan  chiqish  yo`lida  AqShning  islohotchi  prezidenti 
F.D.Ruzvel‘tning  iqtisod  sohasida  tutgan  "yangi  yo`li"  iqtisodiy  dasturlarni  amalga 
oshirishda  davlat  ijobiy  rol  o`ynashini  yaqqol  namoyon  qilgan  edi.  Bu  xodisalar 
liberalizmning shakllanishida burilish yasadi.
 
Ikkinchi jaxon urishidan keyin liberalizmda muhim o`zgarishlar yuz berdi. Shuni 
ta`kidlash  kerakki  XIX  asr  davomida  va  XX  asrning  birinchi  un  yilliklarida 
libsralizmning asosiy g`oyalari siyosiy amalyotda tekshirildi va yaxshi natijalar berdi. 
Ko`pchilik  rivojlangan  mamlakatlarda  demokratik  me`yor  va  printsiplar  siyosiy 
amaliyotga joriy qilindi. Bu xol liberalizmda yutuqlarni saqlab qolish asosiy vazifadir 
degan  tasavvurlarni  tutdirdi.  Xatto  liberalizm  o`z  vazifasmni  o`tab  bo`ldi,  unga  urin 
qolmadi,  u  o`ldi  ham  deyishdi.  Lekin  liberalizm  o`lgan  emas  edi.  Aksincha,  XX 
asrning 70-80 yillariga kelib libiralizm qaytadan tiklanishi haqida gapirila
 
boshladi
 
.Liberalizm  tarafdorlarining  ko`pchiligi  jamiyat  davlat  va  individ  munosabatlari, 
kapitalizm  va  demokratik,  erkinlik  va  ijtimomy  tenglik,  adolat  masalalariga  doir 
qarashlarni qaytadan ko`rib chiqishga urindilar
 
 Bu  urinishlar  ijtimoiy-siyosiy  fikrda  turli  xil  oqimlirniig yuzaga  kslishiga  sabab 
bo`ldi. Bu oqmmlar ichida ikki yunalishni ajratish mumkmn. Ularning har biri jamiyat 
oldida  turgan  muhim  muammolarni  xal  qilishda  uziga  xos  umumiy  goya,printsip  va 
yondashuvlarga  egadir.  Baranchi  yunalish  vakillarini  iktisodiy  konservatorlar  deb 
baxolasa buladi.
 
Ular  klassik  liberalizmning  asosiy  koidalarini,ayniksa  erkin  bozor  tamoyillarini 
muayyan  uzgarishlar  bilan  takrorladilar.  Ikkinchi  oqim  namoyondaliri  ijtimoiy-
iqtisodiy  soxada  muhim  isloxatlar  utkazish  davlatning  iqtisodiy-ijtimoiy  hayotdagi 
rolini  qayta  kurib  chiqish,  kam  ta‘minlangan  axoli  qatlamlariga  yordam  ko`rsagish 


kabi  masalalarni  ko`rib  chiqdilar.  XX  asr  oxrida  liberaliamning  xususiyati  mana 
shundan iborat buldi
 
Shu  bilan  birga  liberallar  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohalarga  aralashib 
borishining  kuchayishidan  xavfsiradilar.  Shuning  uchun  ham  ular  bozor 
mexanizmlarini rag`batlantirish va shu bilan birga davlatni tartibga solish vazifalarini 
cheklash  talablarini  xam  qo`ydilar.  Davlatning  aralashuvmning  mukarrarligi  va 
zarurligini tan olish bilan birga,
 
liberallar  bu  aralashuvni  chegaralarini  belgilash  zarurligi  haqida  xavotirlanib 
gapiradilar.  Ular  iqtisodiy  krizis  va  uning  oqibatlarini  yumshatishda  davlatning 
aralashuvi imkon berganligini xotirasidan chiqarmagan bo`lsada, davlatning aralashuv 
chegaralari qancha bo`lishini anglardilar.
 
Liberalizm  o`zining  ikki  yuz  yillik  tarixidan  har  doim  sharoitga  moslashib 
o`zgarib  bordi.  Inson  erkinligi,  uning  hayotiga  davlatning  aralashmasligi  g`oyasidan 
muayyan darajada davlat aralashuvi kerak, degan g`oyaga keldi. Har bir odam erkin, 
xoxlagan ishini qilishi mumkin, lekin qoidaga rioya qilgan holda qilsin. Davlat mana 
shunm ta`minlashi zarur.
 
Davlatning idora qilish shakli masalasiga kelganda liberalizm adolat printsiplariga 
asoslangan qonuniy va samarador idora qilish shakli tarafdoridir. Liberalizm umumiy 
qonun  va  printsiplarni,  fuqarolar  erkinligi  va  huquqlarini  ta`minlovchi  adolat  bu 
"siyosiy adolat" yoki "rasmiy adolat"dir, deb biladilar. Ijtimoiy huquqlar va ularning 
amalga  oshirish  masalasida  ular  har  bmr  fuqaroga  muayyan  darajada  farovon  hayot 
ta`minlanmshini  talab  qiladilar.  Bu  ta`lim  olish,  mehnat qilish, qarilik  nafaqasi bilan 
ta`mmnlanish kabi huquqlardir.
 
Ko`pchilik  liberallar  ijtimoiy  tenglikka  nisbatan  imkoniyatlar  tengligini  ustun 
qo`yadilar. Ularning fikricha, davlat qonun ustivorligini, barcha fuqarolarning siyosiy 
hayotda  ishtirok  etishda  teng  xuquqqa  egaligini  ijtimoiy-iqtisodiy  soxdda  teng 
imkoniyatlarga  egaligini  ta`minlash  garovidir.  Adolat  printsiplarini  amalda 
ta`minlovchi  omil  shundan  iboratdir,  Liberallarning  eng  zaif  tomoni  ham  shu  erda. 
Ularning  birontasi  ham  insoniyat  oldida  qadimdan  turgan  tenglik,  erkinlik  va  adolat 
o`rtasidagi jumboqni xal kila olmadilar.
 
 
 


  
  
  
  
  
Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar
 
  
Liberalizm,  liberalizmni  siyosiy  va  huquqiy  g`oyalari, 
kapitalizm, plyuralizm, shaxs erkinligi, konstitutsion monarxiya, 
parlament, dogmatizm, huquqiy davlat, Benjament Konstonning 
siyosiy va huquqiy qarashlari, Meremiya Bentamning siyosiy va 
huquqiy qarashlari, saylov huquqi.
 
 
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling