Ызбекистон Республикаси


XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA O`RTA OSIYODA


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA O`RTA OSIYODA 
IJTIMOIY-SIYOSIY FIKR
 
 
 
R E J A:
 
  
 
 
1. O`rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar.
 
2. Ma`rifatparvarlik xarakatining vujudga kelishi va xususiyatlari.
 
3. Axmad  Donish,  Berdimurod  Berdax,  Sattarxon,  Furqat,  Muqimiy,  Zavqiy, 
Anbar  Otin,  Avaz  O`tar  va  Xamza  Xakimzodalrning  siyosiy  xuquqiy 
qarashlari.
 
4. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar.
 
  
O`rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar.
 
  
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  O`rta  Osiyo  tarixida  yangi  davr  boshlandi.  60-70 
yillar  davomida  O`rta  Osiyo  rus  chorizmi  tomonidan  bosib  olindi  va  Rossiya 
mustamlakasiga  aylantirildi.  CHorizm  bu  erda  o`zining  mustamlakachilik  siyosatini 
amalga  oshirdi.  Bu  siyosat  O`rta  Osiyoni  xom  ashyo  manibaiga  aylantirishga, 
mahalliy aholini qoloqlik va nodonlikda saqlashga, milliy madaniyatning har qanday 
ko`rinishlarini  yo`q  qilishga  qaratilgan  edi.  CHorizm  O`rta  Osiyoda  mana  shu 
mustamlakachilik  maqsadlarni  amalga  oshirishga  moslashtirilgan  idora  etish  usulini 
o`rnatdi.
 
Mustamlaka  ma`muriy  tizimini  Turkiston  general-gubernatori  boshqarar  edi, 
viloyatlarda  xarbiy  gubernatorlar,  uezdlarda  uezd  boshliqlari  va  ularga  buysungan 
uchastka pristavlari idora qilar edilar. Mustamlakachilarning mahalliy aholiga bo`lgan 
munosabatlarini  Sirdaryo  viloyati  xarbiy  gubernatorining  uezd  boshliqlari  va 
pristavlarga yozgan quyidagi ko`rgazmasidan aniq ko`rish mumkin. «Mahalliy aholi, 
deyiladi unda, bizni faqat material sifatida qiziqtirishi kerak. Ulardan yaqin kelajakda, 


musulmon dinida bo`lsa ham, oddiy rus dexqonlarini tayyorlamok zarur. Kimki bunga 
bo`ysunmasa, uning xarob bo`lishi shubhasizdir: ular ersiz gado bo`lib, o`lib ketishadi 
yoki Rossiya ulardan voz kechadi. Buning xammasini nazarda tutmoq zarur, biroq bu 
mavzuda ortiqcha gap qilinmasin».
 
CHorizm o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun mahalliy hukmron doiralardan 
ham  foydalandi.  Shu  niyatda  chorizm  Turkistonda  «mahalliy»  ma`muriy  organlarni 
tuzdi.  Bu  organlar  maxalliy  aholi  vakillaridan  «saylangan»  mingboshi,  ellikboshi, 
qozilar  va  ularning  mahkamalaridan  iborat  edi.  Ular  mustamlaka  hokimiyatining 
tayanchi  bo`lib  xizmat  kildi.  Senator  K.Palen  bu  xaqda,  rus  ma`muriy  organlari 
mahalliy  boylar  orqali  idora  qilishni  qulay  deb  biladi,  chunki  hukumat  buyruqlari 
shular orqali amalga oshadi, deb yozgan edi.
 
XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  O`rta  Osiyo  iqtisodiy  jihatdan  ham  qoloq 
o`lkalardan  biri  edi.  Bu  erda  asosan,  feodal  munosabatlari  hukm  surardi. 
CHorizmning  butun  siyosati  bu  erda  feodal  zulmi  va  tartiblarini  saqlab  qolishga 
qaratilgan  edi.  Biroq,  chor  xukumatining  bu  urinishlariga  qaramay,  o`lkada  ob`ektiv 
ravishda  kapitalistik  munosabatlar  asta-sekin  rivojlana  boshladi.  Rus  kapitalizmi 
koloq milliy o`lkalarni, xususan Turkistonni ham, tovar oboroti doirasiga tortdi. O`rta 
Osiyoning kapitalistik munosabatlar ta`siri doirasiga tortilishida temir yullar qurilishi 
muhim omillardan biri bo`ldi.
 
Kapitalistik  munosabatlarning  O`rta  Osiyoga  kirib  kelishi.  Qishlok  xo`jaligi 
maxsulotini qayta ishlaydigan bir necha sanoat korxonalari vujudga kelishiga, shahar 
axolisining  ko`payishyga  sabab  bo`ldi.  Kapitalistik  munosabatlar  asta-sekin  qishloq 
xo`jaligiga  ham  kira  boshladi.  Bu  jarayon  dexqonlar  ommasini  yanada 
qashshoqlashtirdi,  ularning  ersizlanishini  tezlashtirdi.  Bu  hol  Farg`ona  vodiysida  tez 
bordi,  chunki  bu  er  paxta  sotishga  ixtisoslashgan  yirik  rayonlardan  edi.  eng  yaxshi 
erlar va ishlab chiqarish qurollari boylarniig qo`lida to`plangan edi.
 
Mustamlaka  Turkistonda  yirik  sanoatning  yo`qligi  sababli  erdan  ajralgan 
dexqonlar qishloqda qolib, boylarning erlarini asoratli shartlar bilan ijaraga olardilar, 
aholiniig asosiy qismini tashkil qilgan dexqonlarning katta bir qismi chorakorlik bilan 
yashashga  majbur  edi.  Dexqonlarning  ahvolini  turli  soliqlar  yanada  og`irlashtirardi. 


XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  Turkistonda  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotda  yuz  bera 
boshlagan o`zgarishlar madaniy hayotda ham o`z ifodasini topa boshladi.
 
CHorizm  O`rta  Osiyoni  bosib  olganidan  keyin,  madaniy  hayotda  o`zgarish 
yasashni xayoliga ham keltirmadi, chunki u mahalliy xalqlarni nodonlikda saqlashdan 
manfaatdor  edi.  CHorizm  o`zining  mustamlakachilik  siyosatini  amalga  oshirishda 
musulmon  ruxoniylarning  faoliyatini  o`z  maqsadlariga  muvofiq  yo`lga  solishga 
harakat  qildi.  CHorizm  musulmon  ruhoniylarining  katta  kuch  ekanligini,  mahalliy 
aholinning  ma`naviy  xayotida  katta  rol  o`ynashini  nazarda  tutib,  ularning  kuchini 
bo`shashtirishga,  mustaqilligini  cheklashga  qaratilgan  bir  qancha  tadbirlarni  ham 
amalga oshirdi. CHorizm O`rta Osiyo boyliklarini aniqlash va ekspluatatsiya qilish va 
undan  imkoniyat  boricha  ko`proq  foyda  olish  maqsadida  ulkani  tabiati,  iqtisodiy 
imkoniyatlarini, mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlarini o`rganishga kirishdi. 
Bu ishga rus ziyolilari jalb qilingan edi.
 
O`rta  Osiyoda  ilmiy  jamiyat  va  muassasalar  paydo  bo`la  boshladi.  Bularning 
ayrimlarining  faoliyatida  mahalliy  millat  vakillari  ham  qatnashdilar.  Toshkent, 
Samarqand,  Farg`ona,  qo`qon,  Xiva  va  boshka  shaharlarda  pochta,  telegraf  va 
bosmaxonalarning  vujudga  kelishi,  o`zbek  tilida  gazeta  va  jurnallar  chop  qilinishi 
mahalliy aholining jahon madaniyatidan bahramand bo`lishiga muayyan hissa bo`ldi.
 
Turkistonda  yuz  bera  boshlagan  o`zgarishlar  mahalliy  xalqlarning  ilg`or 
namoyondalari  orasida  ilm-fanga,  yangi  maorif  tizimiga  qiziqishni  kuchaytirdi.  Bu 
jarayon  feodal  jamiyati  negizida  eski  tartib  va  qarashlarga  qarshi  dadil  kurashish 
qobiliyatiga ega bo`lgan yangi ijtimoiy kuchlar o`ziga yo`l ochib bora boshlaganidan 
dalolat  berardi.  Buni  biz  xalq  ommasining  orzu-isgaklarini  ifoda  etuvchi 
ma`rifatparvarlik harakatining shakllanishida yaqqol ko`ramiz.
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling