Ызбекистон Республикаси


Rejafa qaytish        O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

 
 
  
Rejafa qaytish 
  
  
O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri.
 
  
XIX  asr  ijtimoiy-siyosiy  va  falsafiy  fikr  tarixida  Komil  Xorazmiy  (1825-1899) 
uziga xos o`rin egallaydi. Uning asli ismi Muxammadniyoz, Komil uning taxallusidir.
 


Komil 
Xorazmiy 
O`zbekiston 
ma`rifatparvarlik 
harakatining 
ilk 
namoyondalaridan biridir. U Sharq adabiyotining yirik namoyondalari ijodini, arab va 
fors  tillarini  mukammal  bilgan.  Evropa  madaniyati  bilan  xam  tanish  bo`lgan.  Komil 
Xorazmiy  Xiva  xonlari  saroyida  xattot,  mirzaboshi  vazifalarini  bajargan.  Xonlikda 
yuz  bergan  ko`p  voqealarning  guvoxi  bo`lgan.  Bu  hol  uning  ijtimoiy-siyosiy 
qarashlarida iz qoldirmasdan iloji yuk edi, albatta.
 
Komil  Xorazmiy  o`z  asarlarida  inson  zotiga  bo`lgan  xurmat  va  extiromini, 
tenglik,  inson  baxt-saodatini  ko`yladi,  adolatsizlik,  riyokorlikni  qoraladi.  Siyosiy 
qarashlariga kelsak, Komil Xorazmiy ma`rifatli, odil hukmdor tarafdori edi. U adolat 
va  ma`rifat  g`oyalarini  targ`ib  qilibgina  qolmay,  amaliy  ishlar  qilishga  ham  harakat 
qildi.  Xususan,  u  Evropa  nota  tizimidan  ilxomlanib  «Xorazm  tanbur  chizig`i»  deb 
nomlangan maxsus nota ixtiro qildi. Xiva shahrida nashriyot tashkil qildi. 1883 yilda 
esa Komil Xorazmiy raxnamoligida rus-tuzem maktabi ochildi. Komil Xorazmiyning 
qarashlari  ziddiyatli  va  muayyan  doirada  cheklangan  bo`lishiga  qaramay,  o`zbek 
xalqining ma`naviy tarakkiyotida ijobiy rol o`ynadi.
 
XIX  asrning  birinchi  yarmida  yashagan  va  ijod  qilgan  shoirlar  -  Nodira  (1721-
1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod (1800-1906) O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikri 
tarixida  alohida  o`rin  egallaydilar.  Ular  o`zining  butun  ijodi  davomida 
insonparvarlikni,  adolatni,  insoniy  muhabbatni.,  o`zbek  ayollarining  orzu-umidlarini 
kuyladilar.  Ular  ham  jamiyatdagi  adolatsizlik,  zulm  donishmand  va  odil  xukmdor 
bo`lganda bartaraf qilinishi mumkin, degan fikrda bo`ldilar.
 
 
 
  
Rejafa qaytish 
  
  
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling