Ызбекистон Республикаси
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlardagi ijtiomiy- siyosiy fikrlari.
O`RTA
OSIYODA XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKR. R E J A : 1. O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlardagi ijtiomiy-siyosiy fikrlari. 2. O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy fikrlari. 3. O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy fikrlari. 4. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlardagi ijtiomiy- siyosiy fikrlari. XVI asrga kelib Amir Temur yaratgan buyuk davlat zaiflashdi. Feodal tarqoqligi, uluslarni ajralib chiqishga intilishlari bunga sabab bo`ldi. Muxammad Shayboniyxon (1451-1510) davlatni birlashtirishga, tarqoqlikni bartaraf qilishga urindi. XVI asr oxirida Shayboniylar sulolasining hukmronligi tugatildi. 1599 yildan boshlab xokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo`liga o`tdi. Bu sulola hukmronligi davrida o`zaro nizolar yanada kuchaydi. Markaziy xonlik hokimiyatini mustaxkamlashga harakat qilgan Imomqulixon (1611-1642) tadbirlari birmuncha ijobiy natijalarni bergan bo`lsada vaziyatni tubdan o`zgartira olmadi. Uning vafotidan keyin taxt uchun bo`lgan kurash nixoyag chukqurlashdi va XVIII asrning birinchi yarmida ashtarxoniylar davlati tushkunlikka uchrab parchalana boshladi. XVIII asrning birinchi yarmida davom etgan o`zaro feodal urushlar va uning natijasida mamlakatda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy vaziyat Movarounnaxrning uchta xonlikka bo`linib ketishi uchun zamin tayyorlab berdi. Ashtarxoniylar sulolasining eng so`ngi hukmdori Abulfayzxon (1711-1747) mang`it urug`idan chiqqan Muhammad Rahimboy tomonidan o`ldiriladi. U o`zini Buxoro xonligining amiri deb e`lon qiladi. Davlat ma`muriy boshqarilishi jihatdan viloyat va tumanlarga bo`lingan bo`lib xokimiyat tepasida xon turardi. Davlatdagi eng martabali lavozim otalik edi. Otaliklar xonlar xuzuridagi eng muhim ishlarni nazorat qilardilar. Davlatdagi eng oliy qarorgohi devon deb atalardi. Uni devonbegi boshqarar edi. Shuningdek, davlat ishlarida ko`kaldosh lavozimi ham yuqori mansablardan hisoblanar edi. Bu lavozimdagi amaldor xon atrofidagi odamlar va dushmanlar xaqida to`plangan ma`lumotlarni nazorat qilardi. Bulardan tashqari davlatning ma`muriy boshqaruvida mirshabboshi, dodhox, inoq, miroxo`r, dasturxonchi, kabi lavozim va mansablar ham bor edi. Ma`muriyat tizimidagi amaldorlardan tashqari davlatni boshkarishda oliy tabaqali ulamolar ham ishtirok etishardi. eng kuchli xonlar va amaldorlar ham ulamolar bilan maslahatli siyosat olib borardilar. O`rta asrchilik davrining iqtisodiy asosini qishloq-xo`jalik tashkil kilardi. Erlarnnng asosiy qismi umumdavlat erlari bo`lib, unga xon egalik qilgan. Erlardan foydalangan mahalliy feodallar va ruhoniylar erni dexqonlarga foydalanishga topshirgan. Dexqonlar ham davlatga, ham feodalga soliq to`laganlar. Soliq turlari va xajmi har xil bo`lgan. Feodallarning jabr-zulmlari, o`zaro urushlar, ochlik va qashshoklik xalq ommasi norozilik harakatining kuchayishiga olib keldi. O`rta Osiyoning viloyatlarida xalq harakatlari va qo`zg`olonlari bo`lib turdi. Shuni xam alohida ta`kidlash zarurki, XO`1- X1X asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to`xtab qolgani yo`q. Taraqkiyotni tarixiy odimini to`xtatib bulmaydi.. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urgench, Qo`qon va boshqa shaharlarda savdo va xunarmandchilik faoliyati davom etdi, adabiyot va tarixiy fanlar, me`morchilik va tasviriy san`at rivojlandi. She`riyat ravnaq topdi. O`sha davrda Xasan Nisoriy, Mutribiy, Xofiz Tanish, Maxmud ibn Vali, Muhammad Amin yarokchi, Muxdmmad Amin Buxoriylar kabi tarixchilar ijod qildilar. Bu davrning ma`naviy hayotida madrasalar katta rol‘ o`ynagan. Buxoro, Toshkent, Samarqand va Balxda bir qator yangi madrasa va masjid binolari qurirgan. XUP-XUSh asrlarda ilm-fan, ayniqsa tabiiy fanlar rivojining darajasi keskin pasayib ketgan bo`lsada ma`naviy boyliklarning yig`ish va tarqatish jarayoni to`xtamadi. Bu davrning ilg`or kishilari Ulug`bekning ilmiy g`oyalari, Jomiy va Navoyining xayratomuz asarlaridan ruxlanib ilm-fan ravnaqi, inson bilimi ufqlarini kengaytirish uchun harakat qildilar, bid`at va jaxolat ko`rinishlariga karshi kurashdilar, inson aql-idroki qudratini, xaqiqat va adolat g`oyalarini tarannum etdilar. Turdi, Sayido Nasafiy, Mashrab ijodlari shu davrning mahsulidir. Xiva xonligida Ogoqiy, Munis, Komil Xorazmiy, quqon xonligida Mahmud, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Buxoroda Mujrim Obid, Shavqiy Kattaqurg`oniy kabi shoirlar o`z davrining muxim siyosiy va ma`naviy muammolarini ifodaladilar. Ularning asarlarida insonparvarlik, Vatanga sadoqat g`oyalari, ijtimoiy adolatsizlikka nafrat, ilm-ma`rifatga intilish kabi hislatlar targ`ib qilinadi. O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-syyosiy fikr o`ziga xos xususiyatga ega edi. Uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy madaniyatiga tayangan holda xal qilishga harakat qildilar. Ma`lumki islomda davlat va huquk jamiyat uchun zarur va muqaddas qadriyat sifatida ifodalanadi. O`rta Osiyo halqlarining XVI-XIX asr boshlarida ijod qilgan ilg`or mutafakkirlarning siyosiy qarashlarida ham odil podshoh g`oyasi markaziy o`rin egallaydi. Ular davlat tepasidagi hukmdor adolatli, fuqarolariga nisbatan rahm- shafqatli bo`lsa, jamiyat farovon bo`ladi. Hukmdorning qudrati va obrui fuqarolariga bo`lgan g`amxo`rligidadir, deb tushundilar. Shundan kelib chiqqan holda ular insonni ma`naviy kamolotga erishishga chaqirdilar va shu orqali jamiyatda adolatsizlikni bartaraf qilish mumkin deb hisoblaydilar. XVI asr ijtimoiy-syyosiy fikri tarixida Podshoxo`ja munosib o`rin egallaydi.. Podshoxo`ja dunyoqarashi islomning diniy-falsafiy oqimi bo`lgan sufizm (tasavvuf) ga asoslangan. Sufizm VIII-IX asrlarda arab mamlakatlarida vujudga keldi. O`rta asrlarda eron, Xuroson, O`rta Osiyoda keng tarqaldi va bu mamlakatlar madaniyatida, ijtmmoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida chuqur iz qoldirdi. Sufizm xilma-xil shakl va oqimlarga ega ta`limot. Uning asosiy g`oyasi insonning ruxiy kamolotga erishtirish orqali Ollox-taoloning visoliga etishish yo`llarini ko`rsatishdir. Podshoxo`ja sufizmning O`rta Osiyoda shakllangan naqshbandiylik oqimiga mansub edi. Bu oqim izdoshlari zoxidlik va mistika bilan bir qatorda dunyoviy, real hayot masalalariga jiddmy e`tibor berdilar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechib faqat ibodatga berilishga qarshi chiqdilar, bilimga, nafsni tiyishga chaqirdilar. Podshoxo`ja bu talablarga amal qilmaydigan, so`zda o`zini xudogo`y qilib ko`rsatuvchi riyokor kishilarni tanqid ostiga oladi. Podshoxo`ja qarashlarida ijtimoiy adolat masalasi muhim o`rin egallaydi. Ijtimoiy adolat jamiyat a`zolarining bir-biriga xurmat, o`zaro yordam berishi, imonli bo`lishiga, shariat qonunlariga rioya qilishi asosida vujudga keladi. Bu fazilatlarning namunasini birinchi navbatda davlat tepasida turgan hukmdor, uning amaldorlari, shayxu imomlar ko`rsatishlari zarur. Uning tasarruvida islom aqidalariga, shariat talablariga chin dildan amal qilish jamiyatda adolat o`rnatilishining ta`minlaydi. Hukmdorlarga murojaat qilib, Podshoxo`ja amal, boylik o`tkinch narsa ekanligini uqtiradi. Jamiyat uchun qilingan yaxshilik abadiydir, chunki u odamlar xotirasida saqlanadi. Mmsol tariqasida u buyuk shoir va mutafakkirlarning nomlarini keltiradi. XVI-XVII asr ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikrning yirik namoyondalaridan Mirzajon Sheroziy, Mashrab, Yusuf Al-Qorabog`iy, Muxammad Sharif Al-Buxoriy Xindistonda ijod qilgan Boburiylar davridagi O`rta Osiyolik mutafakkirlar Amir Xisrav Dexloviy, Abdul Fayz, Fayziy Abdul Qodir Mirzo Bedil nomlarini eslatib o`tish zarur. Muhammad Sharif Al-Buxoriy 1697 yilda Buxoroda vafot etgan. U falsafa bilan birga tarix, huquq va boshqa ilmlar bilan xam shug`ullangan. Uning qalamiga mansub 20 asar bizgacha etib kelgan. Bular orasida uning «Xoqonlarga foydali kitob» deb nomlangan asari diqqatga sazovor. Kim hukmdor bo`lishi mumkin, u qanday fazilatlarga ega bo`lishi kerak? degan savolga javob berib, Al-Buxoriy yozadi: «Xalif musulmon bo`lmog`i kerak, oqil, balog`at yoshiga etgan, nutq qurish va eshitish qobiliyati bor bo`lmog`i lozim" Xukmdorlarning asosiy vazifasi shariat ko`rgazmalariga amal qilish, islom davlati xududlarini g`ayridin va bosqinchilardan asrash, mazlumlarni zulmdan, yovuzlikdan himoya qilishdir. «Agar xalif ana shu sifatlarga ega va yana xushfe`l bo`lsa, u vaqtda hukmronlikka loyiqdir». Al-Buxoriy fikricha hokimiyat Olloh-taoloning in`omidir. Hukmdor uning oldida ma`suldir. Shuning uchun u adolatli bo`lishi, kur`on va payg`ambar xadislari asosida hukmronlik qilishi lozim. «Odil musulmon shoh bilan haqiqat talashuvchi odam isyonkordir» -deydi u. Al-Buxoriy soliq va uni undirish, shoh undan qanday foydalanishi mumkinligi xaqida muhim fikrlarni bayon qiladi. Mutafakkir faxsh ishlari bilan shug`ullanish, may mchish, haqorat qilish kabi harakatlarni jamiyat uchun xavflm jinoyat deb biladi, ularga qarshi keskin kurashish zarurligini uqtiradi. Muhammad Sharif Buxoriyning davlat va huquq haqidagi fikrlarini chuqur taxlil qilish O`rta Osiyo xalqlarining XVII asr siyosiy va huquqiy ta`limotlari tarixining o`rganilmagan saxifalarini to`ldiradi.. XVII asr ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida Boborahim Mashrab alohida o`rin egallaydi. U 1653 yilda tug`ildi. Birinchi bilimlarini o`z vatani Namanganda oldi. 1671 yildan Mashrab adolat va ilm izlab Movarounnahrning ko`p shahar va qishloqlarini kezdi. 1711 yili riyokor ruhoniylar va amaldorlarni o`z asarlarida fosh qilganligi uchun Balx xokimi tomonidan dorga osib o`ldirilgan. Mashrabning qabri Afgonistonning Xonobod shaxriga yaqin Ishkashim qishlog`ida joylashgan. Mashrab o`zining ko`plab g`azal va ruboiylari bilan mashxur bo`ldi, hozir ham xalq xotirasida saqlanib kelmoqda. U tasavvufning kalandarlik okqimiga e`tikod qildi va undan ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashish uchun foydalandi. Mashrab ilohiy sevgini, xudoga bulgan muhabbatini juda jozibali tasvirlaydi. Uning fikricha, xudoni sevgan kishi go`zal insoniy fazilatlarini o`zida mujassamlantirgan bo`lishi, boshka insonlarni ham sevishi kerak. Shundan kelib chiqqan holda, Mashrab din yo`lidan chiqib ketgan, shariat qonunlariga rioya qilmay, riyokorlik, buzuqchilik bilan shug`ullanuvchi hukmron toifa vakillarini fosh qiladi. Mashrab ham adolatli, islom dini va shariat qonun-qoidalariga amal qiluvchi hukmdor bo`lishini orzu qildi. O`z zamonasining xukmdorlariga murojaat ham kildi. Birok uning murojaatlari natija bermadi. Shuning uchun ham Mashrab xukmdorlarning adolatsizligini fosh kiladi. Adolatli amirim, balki, xokonim, deb arz qildim, Kungul shaxriga tushgan, shoxi Sultonim, deb arz qildim, Vujudim kishvariga mamlakatdonim deb arz qildim, Yiroqdin arz qildim, gushini kar qildi-yu ketdi. Mashrab ahlok masalalariga katta e`tibor bilan qaraydi. U inson qadr-qimmatini ulug`laydi, odamlarni xalol mehnat evaziga beminnat yashashga chakiradi. «Amirning qandidan gadoning yovg`on oshi yaxshiroqdir», deydi u. Mashrab do`stlik, xaqiqatni gapirish, saxiylik, boshqalarga xamdard bulish, ota- onani xurmat qilish kabi insoniy fazilatlarni targ`ib qilish bilan birga, odamlarni yaramas xulq-atvorlardan saqlanishga undaydi. Xususan, u odamlarni takabbarlik, yolg`on so`zlash, imonsmzlik, nokaslik va baxillik kabi yaramas xulk-atvorlardan saqlanishga chaqiradi. Ko`rinib turibdiki, Mashrabning ijtimoiy karashlarida jabr-zulm, zo`ravonlikka qarshi nafrat, adolatli jamiyatga erishish orzusi o`z aksini topgandir. Shu bilan birga uning ijodida umidsizlik, tarkidunyochilik ham mavjud. Bu g`oyalar Mashrab yashagan davrning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidagi ziddiyatlarning ifodasidir. Mashrab o`zmning insonparvarlik ruhi bilan sug`orilgan asarlari tufayli xalqimiz xotirasida saqlanib kelmoqda. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling