Ызбекистон Республикаси


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

O`RTA 
OSIYODA 
XVI-XIX 
ASRNING 
BIRINCHI 
YARMIDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKR.
 
 
 
R E J A
:
 
 
 
1.   O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVI-XVII  asrlardagi  ijtiomiy-siyosiy 
fikrlari.
 
2.   O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVII  asrning  oxiri  XVIII  asrning  birinchi 
yarmidagi ijtimoiy-siyosiy fikrlari.
 
3.   O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy fikrlari.
 
4.   Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar
 
 
 
O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVI-XVII  asrlardagi  ijtiomiy-
siyosiy fikrlari.
 
  
XVI asrga kelib Amir Temur yaratgan buyuk davlat zaiflashdi. Feodal tarqoqligi, 
uluslarni ajralib chiqishga intilishlari bunga sabab bo`ldi. Muxammad Shayboniyxon 
(1451-1510) davlatni birlashtirishga, tarqoqlikni bartaraf qilishga urindi.
 
XVI  asr  oxirida  Shayboniylar  sulolasining  hukmronligi  tugatildi.  1599  yildan 
boshlab  xokimiyat  Ashtarxoniylar  sulolasi  qo`liga  o`tdi.  Bu  sulola  hukmronligi 
davrida  o`zaro  nizolar  yanada  kuchaydi.  Markaziy  xonlik  hokimiyatini 
mustaxkamlashga  harakat  qilgan  Imomqulixon  (1611-1642)  tadbirlari  birmuncha 
ijobiy natijalarni bergan bo`lsada vaziyatni tubdan o`zgartira olmadi. Uning vafotidan 
keyin  taxt  uchun  bo`lgan  kurash  nixoyag  chukqurlashdi  va  XVIII  asrning  birinchi 
yarmida ashtarxoniylar davlati tushkunlikka uchrab parchalana boshladi.
 
XVIII  asrning  birinchi  yarmida  davom  etgan  o`zaro  feodal  urushlar  va  uning 
natijasida  mamlakatda  yuz  bergan  iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyat  Movarounnaxrning 
uchta xonlikka bo`linib ketishi uchun zamin tayyorlab berdi.
 


Ashtarxoniylar  sulolasining  eng  so`ngi  hukmdori  Abulfayzxon  (1711-1747) 
mang`it  urug`idan  chiqqan  Muhammad  Rahimboy  tomonidan  o`ldiriladi.  U  o`zini 
Buxoro  xonligining  amiri  deb  e`lon  qiladi.  Davlat  ma`muriy  boshqarilishi  jihatdan 
viloyat va tumanlarga bo`lingan bo`lib xokimiyat tepasida xon turardi. Davlatdagi eng 
martabali lavozim otalik edi. Otaliklar xonlar xuzuridagi eng muhim ishlarni nazorat 
qilardilar. Davlatdagi eng oliy qarorgohi devon deb atalardi. Uni devonbegi boshqarar 
edi.
 
Shuningdek,  davlat  ishlarida  ko`kaldosh  lavozimi  ham  yuqori  mansablardan 
hisoblanar edi. Bu lavozimdagi amaldor xon atrofidagi odamlar va dushmanlar xaqida 
to`plangan  ma`lumotlarni  nazorat  qilardi.  Bulardan  tashqari  davlatning  ma`muriy 
boshqaruvida  mirshabboshi,  dodhox,  inoq,  miroxo`r,  dasturxonchi,  kabi  lavozim  va 
mansablar ham bor edi.
 
Ma`muriyat tizimidagi amaldorlardan tashqari davlatni boshkarishda oliy tabaqali 
ulamolar ham ishtirok etishardi. eng kuchli xonlar va amaldorlar ham ulamolar bilan 
maslahatli siyosat olib borardilar.
 
O`rta  asrchilik  davrining  iqtisodiy  asosini  qishloq-xo`jalik  tashkil  kilardi. 
Erlarnnng  asosiy  qismi  umumdavlat  erlari  bo`lib,  unga  xon  egalik  qilgan.  Erlardan 
foydalangan  mahalliy  feodallar  va  ruhoniylar  erni  dexqonlarga  foydalanishga 
topshirgan. Dexqonlar ham davlatga, ham feodalga soliq to`laganlar. Soliq turlari va 
xajmi har xil bo`lgan.
 
Feodallarning  jabr-zulmlari,  o`zaro urushlar,  ochlik va  qashshoklik xalq ommasi 
norozilik  harakatining  kuchayishiga  olib  keldi.  O`rta  Osiyoning  viloyatlarida  xalq 
harakatlari va qo`zg`olonlari bo`lib turdi. Shuni xam alohida ta`kidlash zarurki, XO`1-
X1X  asrning  birinchi  yarmida  O`rta  Osiyo  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayoti 
to`xtab qolgani yo`q. Taraqkiyotni tarixiy odimini to`xtatib bulmaydi..
 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urgench, Qo`qon va boshqa shaharlarda savdo va 
xunarmandchilik  faoliyati  davom  etdi,  adabiyot  va  tarixiy  fanlar,  me`morchilik  va 
tasviriy  san`at  rivojlandi.  She`riyat  ravnaq  topdi.  O`sha  davrda  Xasan  Nisoriy, 
Mutribiy, Xofiz Tanish, Maxmud ibn Vali, Muhammad Amin yarokchi, Muxdmmad 
Amin  Buxoriylar  kabi  tarixchilar  ijod  qildilar.  Bu  davrning  ma`naviy  hayotida 


madrasalar  katta  rol‘  o`ynagan.  Buxoro,  Toshkent,  Samarqand  va  Balxda  bir  qator 
yangi madrasa va masjid binolari qurirgan.
 
XUP-XUSh  asrlarda  ilm-fan,  ayniqsa  tabiiy  fanlar  rivojining  darajasi  keskin 
pasayib  ketgan  bo`lsada  ma`naviy  boyliklarning  yig`ish  va  tarqatish  jarayoni 
to`xtamadi.  Bu  davrning  ilg`or  kishilari  Ulug`bekning  ilmiy  g`oyalari,  Jomiy  va 
Navoyining  xayratomuz  asarlaridan  ruxlanib  ilm-fan  ravnaqi,  inson  bilimi  ufqlarini 
kengaytirish  uchun  harakat  qildilar,  bid`at  va  jaxolat  ko`rinishlariga  karshi 
kurashdilar, inson aql-idroki qudratini, xaqiqat va adolat g`oyalarini tarannum etdilar. 
Turdi,  Sayido  Nasafiy,  Mashrab  ijodlari  shu  davrning  mahsulidir.  Xiva  xonligida 
Ogoqiy, Munis, Komil Xorazmiy, quqon xonligida Mahmud, Gulxaniy, Nodira,
 
Uvaysiy, Dilshod, Buxoroda Mujrim Obid, Shavqiy Kattaqurg`oniy kabi shoirlar 
o`z  davrining  muxim  siyosiy  va  ma`naviy  muammolarini  ifodaladilar.  Ularning 
asarlarida  insonparvarlik,  Vatanga  sadoqat  g`oyalari,  ijtimoiy  adolatsizlikka  nafrat, 
ilm-ma`rifatga intilish kabi hislatlar targ`ib qilinadi.
 
 
 
O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVI-XIX  asr  boshlaridagi  ijtimoiy-syyosiy  fikr  o`ziga 
xos xususiyatga ega edi. Uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini 
islom  siyosiy  madaniyatiga  tayangan  holda  xal  qilishga  harakat  qildilar.  Ma`lumki 
islomda  davlat  va  huquk  jamiyat  uchun  zarur  va  muqaddas  qadriyat  sifatida 
ifodalanadi.
 
O`rta  Osiyo  halqlarining  XVI-XIX  asr  boshlarida  ijod  qilgan  ilg`or 
mutafakkirlarning  siyosiy  qarashlarida  ham  odil  podshoh  g`oyasi  markaziy  o`rin 
egallaydi.  Ular  davlat  tepasidagi  hukmdor  adolatli,  fuqarolariga  nisbatan  rahm-
shafqatli bo`lsa, jamiyat farovon bo`ladi. Hukmdorning qudrati va obrui fuqarolariga 
bo`lgan g`amxo`rligidadir, deb tushundilar. Shundan kelib chiqqan holda ular insonni 
ma`naviy  kamolotga  erishishga  chaqirdilar  va  shu  orqali  jamiyatda  adolatsizlikni 
bartaraf qilish mumkin deb hisoblaydilar.
 
XVI  asr  ijtimoiy-syyosiy  fikri  tarixida  Podshoxo`ja  munosib  o`rin  egallaydi.. 
Podshoxo`ja  dunyoqarashi  islomning  diniy-falsafiy  oqimi  bo`lgan  sufizm  (tasavvuf) 
ga  asoslangan.  Sufizm  VIII-IX  asrlarda  arab  mamlakatlarida  vujudga  keldi.  O`rta 
asrlarda eron, Xuroson, O`rta Osiyoda keng tarqaldi va bu mamlakatlar madaniyatida, 


ijtmmoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida chuqur iz qoldirdi. Sufizm xilma-xil shakl va 
oqimlarga  ega  ta`limot.  Uning  asosiy  g`oyasi  insonning  ruxiy  kamolotga  erishtirish 
orqali Ollox-taoloning visoliga etishish yo`llarini ko`rsatishdir.
 
Podshoxo`ja  sufizmning  O`rta  Osiyoda  shakllangan  naqshbandiylik  oqimiga 
mansub edi. Bu oqim izdoshlari zoxidlik va mistika bilan bir qatorda dunyoviy, real 
hayot masalalariga jiddmy e`tibor berdilar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan 
voz  kechib  faqat  ibodatga  berilishga  qarshi  chiqdilar,  bilimga,  nafsni  tiyishga 
chaqirdilar.
 
Podshoxo`ja  bu  talablarga  amal  qilmaydigan,  so`zda  o`zini  xudogo`y  qilib 
ko`rsatuvchi riyokor kishilarni tanqid ostiga oladi. Podshoxo`ja qarashlarida ijtimoiy 
adolat masalasi muhim o`rin egallaydi. Ijtimoiy adolat jamiyat a`zolarining bir-biriga 
xurmat,  o`zaro  yordam  berishi,  imonli  bo`lishiga,  shariat  qonunlariga  rioya  qilishi 
asosida  vujudga  keladi.  Bu  fazilatlarning  namunasini  birinchi  navbatda  davlat 
tepasida  turgan  hukmdor,  uning  amaldorlari,  shayxu  imomlar  ko`rsatishlari  zarur. 
Uning  tasarruvida  islom  aqidalariga,  shariat  talablariga  chin  dildan  amal  qilish 
jamiyatda adolat o`rnatilishining ta`minlaydi.
 
Hukmdorlarga murojaat qilib, Podshoxo`ja amal, boylik o`tkinch narsa ekanligini 
uqtiradi.  Jamiyat  uchun  qilingan  yaxshilik  abadiydir,  chunki  u  odamlar  xotirasida 
saqlanadi.  Mmsol  tariqasida  u  buyuk  shoir  va  mutafakkirlarning  nomlarini  keltiradi. 
XVI-XVII  asr  ijtimoiy-siyosiy  va  falsafiy  fikrning yirik  namoyondalaridan  Mirzajon 
Sheroziy,  Mashrab,  Yusuf  Al-Qorabog`iy,  Muxammad  Sharif  Al-Buxoriy 
Xindistonda  ijod  qilgan  Boburiylar  davridagi  O`rta  Osiyolik  mutafakkirlar  Amir 
Xisrav  Dexloviy,  Abdul  Fayz,  Fayziy  Abdul  Qodir  Mirzo  Bedil  nomlarini  eslatib 
o`tish  zarur.  Muhammad  Sharif  Al-Buxoriy  1697  yilda  Buxoroda  vafot  etgan.  U 
falsafa  bilan  birga  tarix,  huquq  va  boshqa  ilmlar  bilan  xam  shug`ullangan.  Uning 
qalamiga  mansub  20  asar  bizgacha  etib  kelgan.  Bular  orasida  uning  «Xoqonlarga 
foydali kitob» deb nomlangan asari diqqatga sazovor.
 
Kim  hukmdor  bo`lishi  mumkin,  u  qanday  fazilatlarga  ega  bo`lishi  kerak?  degan 
savolga  javob  berib,  Al-Buxoriy  yozadi:  «Xalif  musulmon  bo`lmog`i  kerak,  oqil, 
balog`at yoshiga etgan, nutq qurish va eshitish qobiliyati bor bo`lmog`i lozim"
 


Xukmdorlarning asosiy vazifasi shariat ko`rgazmalariga amal qilish, islom davlati 
xududlarini  g`ayridin  va  bosqinchilardan  asrash,  mazlumlarni  zulmdan,  yovuzlikdan 
himoya qilishdir. «Agar xalif ana shu sifatlarga ega va yana xushfe`l bo`lsa, u vaqtda 
hukmronlikka loyiqdir».
 
Al-Buxoriy fikricha hokimiyat Olloh-taoloning in`omidir. Hukmdor uning oldida 
ma`suldir. Shuning uchun u adolatli bo`lishi, kur`on va payg`ambar xadislari asosida 
hukmronlik  qilishi  lozim.  «Odil  musulmon  shoh  bilan  haqiqat  talashuvchi  odam 
isyonkordir»  -deydi  u.  Al-Buxoriy  soliq  va  uni  undirish,  shoh  undan  qanday 
foydalanishi mumkinligi xaqida muhim fikrlarni bayon qiladi.
 
Mutafakkir  faxsh  ishlari  bilan  shug`ullanish,  may  mchish,  haqorat  qilish  kabi 
harakatlarni  jamiyat  uchun xavflm  jinoyat deb biladi,  ularga qarshi  keskin kurashish 
zarurligini  uqtiradi.  Muhammad  Sharif  Buxoriyning  davlat  va  huquq  haqidagi 
fikrlarini  chuqur  taxlil  qilish  O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVII  asr  siyosiy  va  huquqiy 
ta`limotlari tarixining o`rganilmagan saxifalarini to`ldiradi..
 
XVII  asr  ijtimoiy-siyosiy  va  falsafiy  fikr  tarixida  Boborahim  Mashrab  alohida 
o`rin  egallaydi.  U  1653  yilda  tug`ildi.  Birinchi  bilimlarini  o`z  vatani  Namanganda 
oldi.  1671  yildan  Mashrab  adolat  va  ilm  izlab  Movarounnahrning  ko`p  shahar  va 
qishloqlarini  kezdi.  1711  yili  riyokor  ruhoniylar  va  amaldorlarni  o`z  asarlarida  fosh 
qilganligi  uchun  Balx  xokimi  tomonidan  dorga  osib  o`ldirilgan.  Mashrabning  qabri 
Afgonistonning Xonobod shaxriga yaqin Ishkashim qishlog`ida joylashgan. Mashrab 
o`zining ko`plab g`azal va ruboiylari bilan mashxur bo`ldi, hozir ham xalq xotirasida 
saqlanib  kelmoqda.  U  tasavvufning  kalandarlik  okqimiga  e`tikod  qildi  va  undan 
ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashish uchun foydalandi.
 
Mashrab  ilohiy  sevgini,  xudoga  bulgan  muhabbatini  juda  jozibali  tasvirlaydi. 
Uning  fikricha,  xudoni  sevgan  kishi  go`zal  insoniy  fazilatlarini  o`zida 
mujassamlantirgan  bo`lishi,  boshka  insonlarni  ham  sevishi  kerak.  Shundan  kelib 
chiqqan holda, Mashrab din yo`lidan chiqib ketgan, shariat qonunlariga rioya qilmay, 
riyokorlik, buzuqchilik bilan shug`ullanuvchi hukmron toifa vakillarini fosh qiladi.
 
Mashrab  ham  adolatli,  islom  dini  va  shariat  qonun-qoidalariga  amal  qiluvchi 
hukmdor bo`lishini orzu qildi. O`z zamonasining xukmdorlariga murojaat ham kildi. 


Birok  uning  murojaatlari  natija  bermadi.  Shuning  uchun  ham  Mashrab 
xukmdorlarning adolatsizligini fosh kiladi.
 
Adolatli amirim, balki, xokonim, deb arz qildim, Kungul shaxriga tushgan, shoxi 
Sultonim, deb arz qildim,
 
Vujudim kishvariga mamlakatdonim deb arz qildim,
 
Yiroqdin arz qildim, gushini kar qildi-yu ketdi.
 
Mashrab  ahlok  masalalariga  katta  e`tibor  bilan  qaraydi.  U  inson  qadr-qimmatini 
ulug`laydi, odamlarni xalol mehnat evaziga beminnat yashashga chakiradi. «Amirning 
qandidan gadoning yovg`on oshi yaxshiroqdir», deydi u.
 
Mashrab  do`stlik,  xaqiqatni  gapirish,  saxiylik,  boshqalarga  xamdard  bulish,  ota-
onani  xurmat  qilish  kabi  insoniy  fazilatlarni  targ`ib  qilish  bilan  birga,  odamlarni 
yaramas  xulq-atvorlardan  saqlanishga  undaydi.  Xususan,  u  odamlarni  takabbarlik, 
yolg`on  so`zlash,  imonsmzlik,  nokaslik  va  baxillik  kabi  yaramas  xulk-atvorlardan 
saqlanishga chaqiradi.
 
Ko`rinib  turibdiki,  Mashrabning  ijtimoiy  karashlarida  jabr-zulm,  zo`ravonlikka 
qarshi  nafrat,  adolatli jamiyatga  erishish orzusi o`z  aksini  topgandir.  Shu bilan birga 
uning  ijodida  umidsizlik,  tarkidunyochilik  ham  mavjud.  Bu  g`oyalar  Mashrab 
yashagan davrning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidagi ziddiyatlarning ifodasidir. Mashrab 
o`zmning  insonparvarlik  ruhi  bilan  sug`orilgan  asarlari  tufayli  xalqimiz  xotirasida 
saqlanib kelmoqda.
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling