Ызбекистон Республикаси


Rejafa qaytish        O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVII  asrning  oxiri  XVIII  asrning


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

 
 
  
Rejafa qaytish 
  
  
O`rta  Osiyo  xalqlarining  XVII  asrning  oxiri  XVIII  asrning 
birinchi yarmida ijtimoiy fikr
 
  
XVII  asrning  oxiri  XVIII  asrning  birinchi  yarmida  yashagan  va  ijod  qilgan 
mutafakkirlardan  biri  So`fi  Olloyor  edi.  Uning  asarlari  asosan  islom  dini  va 
tasavvufning  qonun-qoidalari  va  marosimlariga  bag`ishlangan  bo`lsada,  ularda 


insonning  ahlokiy  poklik  va  ruxiy  kamolotga  chaqiruvchi  goyalar  katta  o`rin 
egallaydi.  So`fi  Olloyorning  fikricha,  inson  saxiy,  ochik  yuzli,  muruvvatli, 
shirinsuxan  va  xushmuomalali  bo`lishi  lozim.  Bunday  xislatlarga  ega  bo`lgan  odam 
ajdarxoni engishi, gumrohlarni to`g`ri yo`lga boshlashi, xarom-xarish ishlardan o`zini 
tiyishi  mumkin.  Bu  maslahatlarni  hukmdorlarga  ham  uqtirishga  harakat  qildi. 
Mamlakatda  tinchlik  va  osoyishtalik  o`rnatishni  istagan  hukmdor  o`z  fuqarolariga 
rahmdil va xushmuomala bo`lishi lozim, deydi u.
 
So`fi  Olloyorning  ma`naviy  merosini  o`rganish  va  ilmiy  taxlil  qilish  falsafiy  va 
ijtimoiy-siyosiy  fikr  tarixiga  katta  hissa  bo`lib  kiradi.  O`zbekiston  ijtimoiy-siyosiy 
fikr  tarixida  iz  qoldirgan  ilg`or  qishilardan  biri  Munis  Xorazmiy  (1778-1829). 
Tarixchi,  tarjimon,  xattot,  ma`rifatparvar  shoir  Munis  Xiva  xonining  saroyida 
farmonlarni  yozuvchi  kotib  bo`lib  xizmat  qilgan,  zamonasining  mashxur  olim,  shoir 
va san`atkorlari bilan yaqin aloqada bo`lgan, bor bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini 
ijodga, ilm-fan va ma`rifatga bag`ishlagan..
 
Munis  Xiva  xonligi  tarixi  ustida  ishladi,  ko`p  ilmiy  va  badiiy  asarlarning 
tarjimasini  qildi,  insonparvarlik  va  taraqqiyotga  undovchi  g`oyalar  bilan  sug`orilgan 
she‘rlar  yaratdi.  Siyosiy  qarashlari  jihatidan  Munis  odil  va  ma`rifatli  hukmdor 
tarafdori  edi.  U  mamlakatda  adolat  o`rnatilishini,  ilm-fan,  san`at  rivoj  topishini  orzu 
qildi. Hukmdorlarni shu yulda harakat qilishga chaqirdi.
 
O`zbek  xalqining  XIX  asr  ijtimoiy-siyosiy  fikri  tarixida  Muhammadrizo  Ogahiy 
aloxida  o`rin  egallaydi  (1809-1874  yy.)  Ogahiy  Xorazmda  tug`ildi  va  umrining 
oxirigacha shu erda yashadi va ijod qildi.. U shoir, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi 
ham edi..
 
Ogahiy o`z umri mobaynida bir necha Xiva xonlarining idora qilish faoliyatining 
guvoxi  bo`lgan.  U  saroyda  bosh  mirob  lavozimida  xizmat  qilgan,  xonlarning  yaqin 
maslaxatchisi va nasihatgo`yi bo`lgan. Ogahiy Xorazmshohlar davlatchiligi, ularning 
yuksalish  va  inqirozga  uchrash  tarixini  xam  o`rgangan,  ayrim  siyosiy  masalalarni 
tadqiq qilgan va asarlar yaratgan.
 
Ogohiyning  siyosiy  ideali  ma`rifatli,  odil  hukmdordir.  U  o`zining  «Ogohnoma» 
qasidasida bo`lgusi hukmdor qanday xislatlarga ega bo`lishi kerakligini bayon qiladi. 
Bular: himmat, shijoat, adolat, siyosat, mardlik. g`ayrat, saxovat, hayo, va`daga vafo 


qilmoklik,  yaxshi  niyat,  muruvvat,  shariat  hukmiga  rivoj  bermoq,  kufr  dardiga  iloj 
topmoq,  lutfu  karam  bilan  lashkar  ko`nglini  olmoq.  Ogahiy  fikricha,  ana  shu 
omillarga amal qilingandagina davlatda tartib va intizom o`rnatiladi.
 
Davlatni  inkirozga  olib  keluvchi  sabablar:  ogohlikni  unitish,  sustlik,  shariatni 
unitish, xalqning arzini tinglamaslik, jaholat, fisq-fasod va bid`atga yo`l bermoq, jabru 
zulmga  moyil  bo`lmoq  xasislik,  baxillik,  lashkarni  tushkun  axvolda  qoldirish,  aysh-
ishratga berilish, davlat va mamlakat ahvolidan bexabarlik, azizlarni xor va bee`tibor 
etish,  bezori,  battol  odamlarga  muruvvat  ko`rsatish,  xiyonatkor  xasadguylarga  yaqin 
bo`lish  va  shu  kabi  nuqsonlar.  Bu  qusurlar  davlat  va  hukmdor  uchun  o`ta  zararli 
hamda xatarlidir, deydi Ogahiy va ogohlikka da`vat etadi.
 
Ogahiy  adolat  g`oyasiga  ham  katta  ahamiyat  beradi.  U  shohga  murojaat  qilib 
aytadiki,  oftob  o`z  nurini  vayrona  va  obod  makonlarga  teng  sochgani  singari, 
xukmdor xam raxm-shavkat, ximmat-saxovat ko`rsatganida barcha insonlarga barobar 
munosabatda bo`lishi kerak. Shundagina jamiyatda adolat ta`minlanishi mumkin.
 
Ogaxiyning  fikricha,  hukmdor  davlatni  boshqarishda  donishmand,  davlatchilik 
tajribalarini yaxshi biladigan, xayrixox-ezgulik istovchi kishilarga tayanmog`i lozim. 
Pastximmat,  nodon,  davlatchilik  ilmidan  bexabar  kishilar  hukmdorga  madadkor 
bo`laolmaydi. Bunday odamlar el molini o`z nafslarini qondirish ishlariga sarflaydilar. 
Shox bu ogoxlarni unitmasa xalq tinch, mamlakat osoyishta buladi. Ogaxiy ijodidagi 
bu  g`oyalar  hozirgi  milliy  davlatchiligimizni  tiklash  va  shakllantirish  ishiga 
ko`maklashadi.
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling