Ызбекистон Республикаси
Rejafa qaytish O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
Rejafa qaytish O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri. XIX asr ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida Komil Xorazmiy (1825-1899) uziga xos o`rin egallaydi. Uning asli ismi Muxammadniyoz, Komil uning taxallusidir. Komil Xorazmiy O`zbekiston ma`rifatparvarlik harakatining ilk namoyondalaridan biridir. U Sharq adabiyotining yirik namoyondalari ijodini, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Evropa madaniyati bilan xam tanish bo`lgan. Komil Xorazmiy Xiva xonlari saroyida xattot, mirzaboshi vazifalarini bajargan. Xonlikda yuz bergan ko`p voqealarning guvoxi bo`lgan. Bu hol uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida iz qoldirmasdan iloji yuk edi, albatta. Komil Xorazmiy o`z asarlarida inson zotiga bo`lgan xurmat va extiromini, tenglik, inson baxt-saodatini ko`yladi, adolatsizlik, riyokorlikni qoraladi. Siyosiy qarashlariga kelsak, Komil Xorazmiy ma`rifatli, odil hukmdor tarafdori edi. U adolat va ma`rifat g`oyalarini targ`ib qilibgina qolmay, amaliy ishlar qilishga ham harakat qildi. Xususan, u Evropa nota tizimidan ilxomlanib «Xorazm tanbur chizig`i» deb nomlangan maxsus nota ixtiro qildi. Xiva shahrida nashriyot tashkil qildi. 1883 yilda esa Komil Xorazmiy raxnamoligida rus-tuzem maktabi ochildi. Komil Xorazmiyning qarashlari ziddiyatli va muayyan doirada cheklangan bo`lishiga qaramay, o`zbek xalqining ma`naviy tarakkiyotida ijobiy rol o`ynadi. XIX asrning birinchi yarmida yashagan va ijod qilgan shoirlar - Nodira (1721- 1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod (1800-1906) O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikri tarixida alohida o`rin egallaydilar. Ular o`zining butun ijodi davomida insonparvarlikni, adolatni, insoniy muhabbatni., o`zbek ayollarining orzu-umidlarini kuyladilar. Ular ham jamiyatdagi adolatsizlik, zulm donishmand va odil xukmdor bo`lganda bartaraf qilinishi mumkin, degan fikrda bo`ldilar. Rejafa qaytish Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling