Нодира лирикасида тарихий ва мифологик образлар талкини


Download 190 Kb.
bet1/9
Sana17.10.2023
Hajmi190 Kb.
#1706793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nodira g’azalyotida lirik qahramon obrazi


Nodira g’azalyotida lirik qahramon obrazi
Reja:
Kirish
I.BOB. Nodira hayoti va ijodi
I.1. Nodirabegim hayoti va ijodi
I.2. “Oltin beshik” voqeasining Nodira lirikasida talqini
II.BOB. Tarixiy obrazlar tasvirida badiiy mahorat
II.1. Shoir yaratgan obrazlar tasvirida fikr izchilligi
II.2. Tarixiy obrazlar talqinida she’riy san’atlarning o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho adabiy merosni yangicha mezonlar asosida xolisona tadqiq qilish uchun har qachongidan ham dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Prezidentimiz I.A.Karimov dunyo madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlarimiz asarlarini zamon talablari darajasida tadqiq etish zaruratini quyidagicha ta’kidlagani ham buning isbotidir: “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarini jiddiy o‘rganish payti keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lumki, sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkuraga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanar edi”.
Ma’lumki, o‘zbek mumtoz she’riyati an’analarini o‘ziga xos davom ettirib, xalqimiz ma’naviy hayoti tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan Mohlaroyim-Nodira adabiy merosi yuzasidan istiqlolga qadar ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Lekin ularda Nodira istifoda etgan tarixiy obrazlar tizimi, ularning turkiy va musulmon xalqlari adabiyoti an’analariga chambarchas bog‘liqligi, mazkur obrazlarning o‘zbek adabiyotiga kirib kelish jarayonlari, ulardan shoira o‘z ijodida qay darajada istifoda etgani, bu tipdagi obrazlarning ijodkor va salaflari asarlarida qo‘llanish ko‘lami, ijodkor estetik maqsadi va badiiyat mushtarakligi masalalari yaxlit tarzda o‘rganilgan emas. Vaholanki, shoiraning dunyoqarashi, hissiyoti, kechinmalari va hayotiy xulosalari mazkur badiiy obrazlar vositasida ifodalangan. Bu esa, o‘z navbatida, tarixiy obrazlar, ularga yuklangan o‘ziga xos mazmun, bu mazmunning poetik ifodasi masalalarini maxsus o‘rganishning dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling