Нодира лирикасида тарихий ва мифологик образлар талкини
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 190 Kb.
|
Nodira g’azalyotida lirik qahramon obrazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotidagi tarixiy shaxslar obrazining genetik kurtaklari yuzasidan xulosalar bildirilgani bilan nazariy ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy ish natijalari tarixiy shaxslar obrazining Nodira va salaflari ijodidagi o‘rni, ijodkorlarning poetik mahoratini ochib berishdagi ahamiyati yuzasidan xulosalar bildirishda muhim.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga kelganda shuni aytish kerakki, mazkur ish xalq-duolarining vujudga kelishi, xalq о‘rtasida amal qilishi va badiiy tabiatini nazariy jihatdan yoritishda dasturlik vazifasini ado etadi. Bitiruv malakaviy ishdan oliy о‘quv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari uchun darsliklar, о‘quv-metodik qо‘llanmalar yozishda, maxsus kurslar о‘qishda foydalanish mumkinki, bu narsa bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I.1. Nodirabegim hayoti va ijodi Nodira−XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o’zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo’lib, Nodira− adabiy taxalludi. Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham o’zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan. U ijod qilgan davrda Qo’qon adabiy muhitida o’zbek va tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi. Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibquron Amir Temurning xonadoniga mansub edi. Nodiraning onasi − Oysha-begim qizining komila shaxs bo’lib yetishuviga ko’p xissa qo’shdi. Bo’lg’usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo’lgan xonadonda voyaga yetdi. Raxmonqul otaliq Qo’qon xoni Olimxonning tog’asi edi. Shuning uchun 1807yili Olimxon ukasi Umarxonni tog’asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg’ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. 1810yili Qo’qon xoni ya’ni Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga ukasi Umarxon o’tirdi. Shoiraning bundan keying hayoti mamlakat poytaxti bo’lgan shu shaharda –xon saroyida o’tdi. Shoira yashagan zamonda Qo’qon adabiy muhiti gullab yashnagan edi. Umarxon uning umr yo’ldoshi, mamlakat raxbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashxur edi. Tarix takrorlanadi degan gap bor. Nodira va Zulfiyaning hayoti qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo’ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo’nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o’zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo’lib tarixda qoldi. Nodiradan chekkan g’am, kulfat-u hijron azob uqubatlari yetmagandek, o’zi va o’g’illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 1842yilda Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo’qonni bosib oldi. Uning buyrug’I bilan Nodira, o’g’illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vaxshiyona qatl etildi. Xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to’la deb hisoblangan turkey devonida 189 g’azal mavjud. Nodira ijodi o’zidan keying ko’plab shoirlar uchun mahorat maktabi bo’lib xizmat qiladi. Asrlar davomida Sharq adabiyotida quvonch va gazabni, visol xursandliklari va xijron alamlarini, tinch va osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali xollarni o’z ijodlarida aks ettirgan, ma’suma va munis onalar qalbini, jafokash va bardoshli ayollarning boy ruxiy olamini yuksak nafasda kuylagan o’nlab shoirlar o’tganlar. Bular X1 asrlik Robia, Ismati va Oysha, XP asrlik Munisa Xo’jandiy, Sittixonim Mutriba, X1U asrlik Jaxonxotun, XU asr Munajjim va Mexri, XU1 asrlik Gulbadanbegim, Gulchexrabegim, XU1-XUP asrlar-Nurjaxonbegim va Zebiniso, XUSh-X1X asrlar-Maxzuna, Notovon va Uvaysiy, X1X-XX asrlar Muazzamxon va Nozmixonim xamda Anbar otin va boshqalar qatori shuxrat topgan Moxlar oyim Nodira X1X asr adabiyotida katta va salmoqli o’rinni egallaydi. Mashxur o’zbek shoirasi Nodiraning asli ismi Moxlar oyim bo’lib, XUSh asrning oxirida, aniqrogi 1792 yili Andijonda to’gilgan. Moxlaroyimning otasi Andijon xokimi Raxmonquli biy edi. Raxmonquli biy o’zbek qabilalaridan urugiga mansub oqsuyaklardan bo’lib, Fargona xukmdori Olimxonning togasi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Margilon xokimligini beradi. (Bu xakda A.Qayumov “O’zbek tili va adabiyoti” masalalari jurnali № 1. 37 bet. 1958 yil) va uni togasi Andijon xokimi Raxmonquli biyning qizi Moxlar oyimga) bo’lajak shoira Nodiraga) uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqlliligi, odob va go’zalligi xamma yoqqa doston bo’lgan edi. Umarxon unga goyibona oshiq xam bo’lgan deydilar. Olimxon bu axd orqali o’z togasi va ukasi o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustaxkamlamoqchi bo’ladi. Shunday qilib, Moxlar oyim Umarxon nikoxiga kiritiladi”. Olimxon, Umarxon va Muxammad Alixon (Ma’dalixon) davrlarini juda yaxshi bilgan amaldorlardan-tarixchi Hakimxon to’ra Umarxon bilan Moxlaroyimni noxi xaqida so’z ochib, “Muntaxabut-tarix” kitobida quyidagilarni yozadi: “... Ul vaqt Andijon xukumati Raxmonquli biy, amir Olimxonning togasi erdi, unga taalluq erdi. Raxmonquli biyning ismotida bir qiz bor erdi, ismi Moxlar oyim erdi. Amir Olimxon xoxladkim, ul muxaddarani amir Umarxonning nikoxiga kirgizsa, Ma’sumxon to’rani benixoyat xadya birla buyurdikim, Umarxonni Andijonga olib borib axdi nikox qilib, Margilonga keturib qo’yib kelgil deb ruxsat beradi. Ma’sumxon to’ra Margilonga kelib, shaxzoda o’marxonni domoliqqa taklif qilib, Andijonga olib, yaxshi soatda ul avji saltanatni tovxidi ruxga axd bogladilar”. Bu voqea 1808 yilda edi. 1810 yilda Olimxon o’ldirilib, o’rniga ukasi Amir Umarxon taxtga chiqdi. Shunday qilib, Andijon xokimining qizi, Margilon xokimining xotini Moxlar oyim tez fursatda mamlakat malikasi darajasiga ko’tariladi. Oradan 14 yil o’tgach, Umarxon vafot etadi. Saroy axllari o’zaro maslaxat qilib, bir ittifoqqa kelib odiraning o’sha vaqtdagi taxminan 14 yoshlarda bo’lgan o’gli Muxammad Alixonni podshox qilib ko’taradilar. Shunday qilib, Qirgiston, qozogiston va O’zbekistonning yarmidan ko’pini o’z ichiga olgan Umarxon davlati 14 yashar Ma’dalixon qo’lida qoladi. Bu go’lakning bunday katta davlatni idora qilolmasligi tabiiy edi. Sh/u Umarxon vafotidan so’ng Moxlar oyim-odira mamlakatni idora qilish ishida faol ishtirok etadi. Umarxon davri an’analarini davom ettirib, ilm axllariga, san’at va adibyot arboblariga raxbarlik va xomiylik qiladi. Quqonda bir madrasa, xammom va saroy bino qildiradi. Ma’dalixon otasi o’lgach, 21 yil xukumat tepasida turdi. O’z davlatini Qashqar va Tojikistonning Qora-Tegin viloyati xisobiga kengaytirdi. Olim Sharaffidinov “O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi” kitobida (1945) shunday yozadi: “Ma’dalixonning qilgan ishlari kishining diqqatini o’ziga tortadigan bir jixat-uning ruxoniylar bilan chiqisha olmaganidir. Ma’lumki, Ma’dalixondan ilgari Qo’qon xonligida xo’jalar, sayidlar umuman ruxoniylarning roli juda katta edi. Xonlikning siyosati shu guruxning qo’lida bo’lib, Umarxon davrida ular ayniqsa avj olgan, xukumatning turli mansablarini o’z qo’llarida olgan edilar. Ma’dalixon mana shu guruxga qarshi siyosat tutdi. Ularning ko’plarini mansabdangina emas, mamlakatdan xam quvdi. Bu quvilganlar Buxoroga to’plandilar”. Ana shu qora guruxlar dalixonga qarshi fitna uyushtirib, kamoli zolimligidan “Nasrullo qassob deb nom chiqargan Buxoro amiri Nasrulloga: “Ma’dali o’z o’gay onalaridan biriga uylandi, bu kofirdan Fargonani qutqarish” kerak deb ariza yozadilar. Amir Nasrullo bu arizani o’rab-surishtirmay, Qo’qonga urush boshladi. qattiq va qonli janglardan so’ng Ma’dalixon qo’shini maglubiyatga uchradi. Oxiri Amir Nasrullo Qo’qonga bostirib kirib, shaxarni talon-taroj qildi. Ma’dalixonni, ukasi Sulton Maxmudxonni, o’n to’rt yashar o’gli Muxammad Aminxonni, onasi Nodirani va bir necha ayonlarning xotinlarini fojiali ravishda o’ldiradi. Mashxur o’zbek shoirasi Nodira-Moxlar oyimning kishining xam xavasini keltiradigan va xam daxshatga soladigan xayot yo’li mana shunday. Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti xaqida eski tarixiy manbalarda bir-biriga tamomila zid fikrlar bayon etilgan. Bu kitoblardagi ma’lumotlarni bir-biriga itaqqoslab qaraganda, to’grisi qaysi-yu, uydirmasi qaysi ekanini aniqlash goyat darajada mushkildir. Mana shu manbalarga tanqidiy munosabatda bo’lmay, faqat ularning biriga asoslanib, Nodiraning o’ldirilish tafsilotini olimlarimiz xar xil sharxlaganlar. Nodira o’limi xaqida so’z ochgan o’tkir ashid shunday yozadi:”... Bu urushda Amir Nasrullo golib kelib, necha ming gunoxsiz kishilarni qilichdan o’tkazadi, Ma’dalixonni va uning o’gli Muxammad Aminni jallodga topshiradi. Jallod ularni o’ldirishga tayyorlanib turganda, oppoq sochlari to’zigan, parishon xolda Nodira paydo bo’ladi. U begunox, uch yashar? Nabirasini quchoqlaydi va Nasrulloga qarab shunday xitob qiladi: Ey zabardasti zeridast ozor! Senga xam kelur bu qiziq bozor... Amir Nasrullo buyrugi bilan Nodira, uning o’gli Ma’dali va nabirasi Muxammad Aminni jallod kundasiga keltiradilar. Jallod avval Nodiraning sochini qirqadi. Keyin nabirasi, o’gli va xar uchovlarining qo’llarini kesadi, so’ng oyoqlarini qirqadi va oxiri uovlarining barobar kallalarini qirqadi”.(“Uch shoira”,10-11 betlar). Taniqli adabiyotshunos olim To’xtasin Jalolov yuqoridagi fikrga qo’shilmay “O’zbek shoiralari” kitobining 82-83 betlarida shunday yozadi: “O’tkir Rashid bu tafsilotni qaysi manbaga asoslanib yozganini ko’rsatmagan. Fikrimizcha, u “Tarixi Turkiston” nomli kitobga murojaat qilgan ko’rinadi. “Tarixi Turkistonda” esa: Ey zabardast ze ri dost ozor! Senga xam kelur bu qiziq bozor. Bayti Nodiraning so’nggi so’zi sifatida emas, tarixchining lirik chekinishi o’rnida ishlatilgan. Aslida esa bu she’r fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” nomli asaridan olingan bo’lib, asli quyidagichadir: Ey zabardasti zeridast ozor! Garm to kay bimonad in bozor? Bachikor oyadat jaxondori?! Murdanot bex, ki mardum ozori! Demak, bu baytni Nodiraga nisbat berilishi va uning o’limi oldidagi so’nggi so’zi deyish xato”. Tojik adabiyotshunosi Toji Usmon Vengeriya olimi German Vamberining “Buxoro yoxud Movorounnaxr tarixi”, Mulla Niyoz Muxammad ibni Ashur Muxammadning “Tarixi Shoxrux” asariga asoslanib, Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti xaqida so’z yuritadi va odira o’lim oldida aytgan she’rlaridan quyidagi baytni keltiradi: “... Bu tuproqlar ko’zim qoni ila ming lolazor o’lsa, Bobomdur bu, momomdur bu, otamdur bu, onamdur bu”. To’xtasin Jalolov esa: “Nodiraning o’ziga xos uslubdor bo’lgan xar bir kishi bu baytni, Nodirani emas, deb darxol rad etadi”,- deb yozadi. Adabiyotshunos olim Aziz Qayumov Nodiraning o’ldirilish tafsilotini yozib, Nodira o’limi oldidan gazalxonlik qilmaganini, faqat yosh nabirasini o’limga buyurgan Amir Nasrulloga qarab: “Ey zolim, otasiniku o’ldirding, bu go’dakda nima gunox bor, nega buni xam o’ldirasan? Deb xitob qiladi. Amir unga xaqorat bilan qarab:”istasang seni xam o’ldiraman” deb javob beradi. Nodira: “ Bunday fojialarni ko’rib, tirik qolganimdan ko’ra o’lganim ming marta afzal”, deb xitob qiladi. Shundan so’ng Nasrulloning buyrugi bilan jallodlar o’dirani xam qatl etadilar”,-deb yozadi. O’zbek she’riyati antologiyasi Sh tomida mazkur fojia tafsilotini shunday yozadilar: 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo’qon shaxrini bosib olgach, Qo’qon xoni Muxammad Alixonni va uning bolalarini dorga osib o’ldiradi. Shu paytda Nodira dorga osilayotgan nabirasini xikoya qilib, bu go’dakda nima gunox, nega uni o’ldirasan, zolim, deb Nasrulloga xitob va uning zulmiga la’nat o’qiydi. Shunda amir Nasrulloning xukmi bilan jallodlar Nodirani xam uning o’gli va nabiralari bilan bir qatorda dorga tortadilar”. “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligi avtori akademik V.Abdullaev ...Amir Nasrullo... Muxammad Alini xam, shoiraning 12 yoshli nabirasi Muxammad Aminni xam so’ydiradi. Nodira begunox nabirasining jasadi ustida dod-faryod ko’tarib, amir Nasrulloga la’natlar yogdiradi. Shundan keyin amir Nasrullo Nodirani xam uning eng yaqin maxramlari (Xushxolbibi, Norbibi kabilar) bilan birgalikla o’ldirtiradi”,-deb yozadi. Ko’rinib turibdiki bu da’volar bir-birini rad etadi. Adabiyotshunoslarning bir masala ustida, bir xolat tasvirida bir-biriga qarama-qarshi fikrlar bayon qilishi bu fikrlarning to’griligiga shubxa tugdiradi. Amir Nasrullo qancha zolim, qancha qonxo’r bo’lsa, shunchalik joxil va muttasib kishi edi. Uning Fargonaga qarshi xujumining bosh sababi xam ko’r-qurona diniy e’tiqod va mutaassibning tugyoni edi. Uning u Fargonaga go’yo islomni mustaxkamlash, to’gri yo’ldan toyganlarni jazolash uchun keldi. U komil musulmonlik da’vosida edi. Modomiki Nasrullo yurishining mantiqiy moxiyati shundan iborat ekan, modomiki Nasrullo sharoit peshvolari oldida musulmonchilikning “klassik” namunasini namoyish qilish orzusida ekan, bas, uning Noidar bilan bir necha musulmon xotinlarini olomon orasiga chiqarib qatl etmogi sira xam mumkin emas. Chunki bunday xatti-xarakat uni xalq oldida batomom beburd qilib qo’yar, sharoit nomidan qilgan da’volarini auchga chiqarardi. Amir Nasrullo-zolim edi, Konxo’r edi, mutaassib edi, lekin axmoq emas edi. Bundan tashqari, Ma’dalixonning o’gli Muxammad Aminxon, O’tkir Rashid aytganiday, uch yashar go’dak emas, 14 yashar yigitcha edi. 14 yashar yigit, bugun bo’lmasa ertaga otasining qonini va taxtini da’vo qilib maydonga chiqishi muqarrar edi. Chunki Madalixon o’zi xam 14 yoshda taxtga chiqqan edi. Nodiraning o’ldirilishiga-uning uch yashar go’dak ximoya qilishi sabab bo’ldi deb o’ylamoq bir nav siyosiy soddalik bo’ladi. Bu xaqda adabiyotshunos To’xtasin Jalolov shunday xulosa chiqaradi: “Ma’lumki, Nodira 30 yildan ziyodroq bir davrda mamlakatda podshoXdan so’ng eng mo’’tabar zot xisoblanadi. Ma’dalixon yosh choglarida esa, podshoxlik asosan Nodira qo’lida edi. Shu tariqa bu ayol mamlakatni idora qilishga saloxiyatli ekanini isbot qilib, saroy doirasida xam, xalq orasida xam zo’r obro’ qozondi. Agar Amir Nasrullo Nodiraning ikki o’glini, shuningdek valiaxd Muxammad Aminxonni o’ldirib, Nodirani tirik qoldirganda, Nodira o’z nufuzidan (obro’) foydalanib, butun Fargona xalqini Amir Nasrulloga qarshi oyoqqa turgizishi, galayon ko’tarib, “Nasrullo qassob”ni taxtdan tobutga tortishi-qorongi tundan so’ng yorug kun kelishidek muqarrar edi”. “Ansobus-salotin va tovorixi xovoqin” kitobining avtori Mirzo olim, Nodira bilan birga xushxol Bibi, Norbibi va yana bir xotinning axtaxonada o’ldirilganini yozadi” (Bu muxim. A.Qayumov., T.Jalolov shu fikrni qo’llaydila r). Tarix va adabiyot bir-biriga chambarchas bog‘liq. Zero, ular biri ikkinchisini to‘ldirib, jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Tarix muayyan makon va zamon, ma’lum shaxslar hayoti bilan bog‘liq voqealar haqidagi real ma’lumotlarni o‘zida mujassam etsa, badiiy adabiyotning vazifasi o‘zgacharoq. Chunonchi, badiiy adabiyot muayyan tarixiy hodisa yoki shaxslar kechmishini badiiy jihatdan sayqallab, ohorli tashbeh va metaforalar orqali tasvirlaydi. Ijodkor asarida tarixiy jarayon va tarixiy shaxs faoliyati bilan bog‘liq tasvirlarda o‘ta mubolag‘ali chizgilardan ham foydalanishi mumkin. Natijada tasvir obyekti bo‘lgan hodisaning o‘quvchi ongi va shuuriga ta’sir kuchi bir necha barobar oshadi, tarixiy shaxs obraziga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikr shakllanishiga zamin yaratiladi. Shu ma’noda, badiiy adabiyotda tarixiy shaxslar obrazi tasviri ijodkorning qaysi rakursdan yondashishiga qarab, kelgusida o‘quvchi tasavvurida yaxshilik yoki yomonlik, saxiylik yoki baxillik, mardlik yoki nomardlik timsoliga, ijodkor orzu-istaklarining ifodachisiga aylanishi mumkin. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling