Нодира лирикасида тарихий ва мифологик образлар талкини
Download 190 Kb.
|
Nodira g’azalyotida lirik qahramon obrazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
XULOSA
Jahon xalqlari adabiyoti tarixiy va folklor materiallaridan oziqlanishi, ulardan ilhom olishi ma’lum haqiqatdir. Ijodkorlar mazkur materiallardan o‘z xohish-istaklari, kelajak bilan bog‘liq ideallarini tarannum etishda ularga o‘ziga xos ramziylikni yuklaganlar. Jumladan, o‘zbek adabiyoti vakillari ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan turkiy va musulmon xalqlari tarixiga oid materiallardan foydalangan holda o‘z fikrlarini ifodalashga intilganlar. Qalam ahli o‘z asarlarida o‘tmish tarixga oid voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar obrazlarini eslash orqali, ba’zan ularga xos bahodirlik, mardlik, matonat, vatanga muhabbat, sevgiga sadoqat kabi fazilatlarni esga olsalar, ba’zan buning aksi bo‘lgan xususiyatlarga e’tibor qaratadilar. Shu bois ko‘p asrlik yozma va og‘zaki adabiyot tarixida qator tarixiy va mifologik obrazlar yaxshilik va yomonlik, komillik va tubanlik, vafo va xiyonat, muhabbat va nafrat kabi tushunchalarning timsoliga aylangan. O‘zbek adabiyotidagi bunday tarixiy shaxslar obrazini shartli tarzda quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Islomgacha bo‘lgan davr turkiy xalqlar tarixi bilan bog‘liq tarixiy shaxslar obrazi; 2. Islom dini tarixi bilan bog‘liq tarixiy shaxslar obrazi; 3. Bular bilan birga har bir davr ijodkorining asarida o‘z davri tarixiy voqealari, shaxslari bilan bog‘liq tarzda badiiy adabiyotga olib kirgan obraz va timsollari ham mavjud. Birinchi guruhdagi obrazlarni yana tarixiy va sinkretik obrazlar guruhiga ham bo‘lish mumkin. Masalan, Afrosiyob, Xizr kabi obrazlar ayrim manbalarda tarixiy shaxs sifatida ko‘rsatilsa, ayrimlarida mifik obraz sifatida qayd etiladi. Nodira nazmiy asarlaridagi obrazlar tizimini mazkur tasnif orqali o‘rganish muayyan adabiy-estetik xulosalar chiqarish imkonini beradi: Birinchidan, o‘zbek mumtoz adabiyotida tarixiy shaxslar obrazining genetik kurtaklari haqida fikr yuritganda, ularning ikki guruhga tasnif etish mumkin: 1) islomgacha bo‘lgan davrlarga oid; 2) islom dini bilan bog‘liq tarixiy shaxslar obrazi. Bu, o‘z navbatida, tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini masalasini o‘rganishda xolis ilmiy xulosalarga kelish imkonini beradi. Ikkinchidan, shoira hamdu na’tlari uning dunyoqarashi, e’tiqodini ifodalaganini ta’kidlash kerak. Bu mazmundagi she’rlar, xususan, na’tlarda Muhammad alayhissalomning sifatlari, fazilatlari vasf etiladi, choryorlar ulug‘lanadi. Muhimi, Nodira ana shu turkumdagi an’anaviy she’rlarida ham o‘ziga xos talqinlarni berishga intiladi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling