Нодира лирикасида тарихий ва мифологик образлар талкини


Download 190 Kb.
bet8/9
Sana17.10.2023
Hajmi190 Kb.
#1706793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nodira g’azalyotida lirik qahramon obrazi

Uchinchidan, Nodiraning Amir Umarxonga bag‘ishlangan she’rlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: 1) xonni vasf etuvchi; 2) hijron, ayriliq motivlari va bevafolikda ayblov; 3) davlatni boshqarishga oid pand-nasihat; 4) firoqnoma. Bu turkum she’rlar shoiraning poetik mahoratini ko‘rsatishi barobarida avtobiografik xarakterga ega ekani bilan ham alohida ajralib turadi. Ular Nodirani ham salohiyatli ijodkor, ham “gardishi davron”ning sitamlariga matonat bilan bardosh bergan shaxs – vafoli mahbuba sifatida tasavvur qilish imkonini berishini tadqiq etdik.
To’rtinchidan, hijron motivlari, yor sog‘inchi, visol orzusi Nodiraning tojikcha she’rlarida ham o‘ziga xos badiiy talqin etilgan. Shoira bu an’anaviy mavzuni yangi rakurslarda tasvirlash orqali ruhiy olami ziddiyatlarini, ichki tug‘yoni murakkabliklarini mahorat bilan tasvirlaydi. Shoiraning “Yor az man chehra pinhon kard boz” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalida bunday poetik talqin, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanishini ko’rdik.
Beshinchidan, Nodira lirik asarlarida Oltin beshik voqeasi o‘ziga xos badiiy talqinini topgan. Shoira yori, zamona hukmdori Amir Umarxonning Sohibqiron Amir Temur avlodidan ekani bilan haqli ravishda faxrlanadi, buni she’rlarida o‘zgacha harorat bilan, tashbihu tamsillar orqali yorqin ifodalaydi. Farzandi Muhammadalixon tavallud topganida “Bir humoyun tifl Bobur naslidin bo‘ldi ayon, Navniholi bo‘stoni Temuri sohibqiron”, deya iftixor qilishi buning isboti ekanligini ko’rib o’tdik.
Oltinchidan, oltin beshik voqeasi adabiyotshunoslar va tarixchilar tomonidan turlicha talqin etib kelinadi. Bu xususdagi qarashlarni Oltin beshik voqeasini tarixiy haqiqat deb hisoblovchi – birinchi va afsona sifatida talqin etuvchi ikkinchi guruhga tasnif etish mumkin. Har ikki talqin egalari ham o‘z fikrlarini ilmiy dalillashga harakat qilganlar. Bizningcha, bunda Mohlaroyim Nodira va uning turmush o‘rtog‘i Umarxon Amiriy talqiniga qo‘shilish mumkin. Ularda o‘z nasablarini Bobur orqali Amir Temurga bog‘lash uchun uydirma to‘qish ehtiyoji bo‘lmagan, deb hisoblaymiz.
Yettinchidan, Nodira lirik asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijodkor ularda g‘oyaviy yaxlitlikka intiladi, matla’dagi fikrni g‘azal so‘ngiga qadar izchil davom ettirishga, boshlama misrada aytilgan g‘oyani baytma-bayt ochib, dalillab borishga va ohorli umumlashma bilan yakunlashga harakat qiladi. Bu xususiyatlar shoira ijodida tarixiy shaxslar obrazining yorqin ifodalanishiga, o‘ziga xos badiiy talqin etilishiga bois bo‘lgan.
Sakkizinchidan, Nodira she’riyatida har qanday badiiy san’at – vosita. Uning g‘azallarida vosita maqsaddan ustun turmaydi. Shoiraning she’riy san’atlarni qo‘llashdan ko‘zlagan muddaosi bitta: go‘zal g‘oyalarni jozibali usullarda ifodalash. Shuning uchun Nodira g‘azallarida ishlatilgan poetik tasvir usullari, asos e’tibori bilan mazmunning emotsional quvvatini kuchaytirish, inson hayotining xarakterli manzaralarini ochishga xizmat ettirilgan.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling