Ызбекистон Республикаси


Ma`rifatparvarlik  harakatining  vujudga  kelishi  va


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

 
 
  
  
  
Ma`rifatparvarlik  harakatining  vujudga  kelishi  va 
xususiyatlari
 
  


Ma`rifatparvarlik  tushunchasini  progressiv  burjuaziyaning  mafkurasidir  deb  tor 
ma`noda talqin qilish ham, bilim va adolat g`oyalarini targ`ib qilish deb keng ma`noda 
talqin qilish ham chalkashchilikni keltirib chiqaradi.
 
Ma`rifatparvarlik  kapitalistik  munosabatlarining  vujudga  kelish  davriga  xos 
tarixiy konkret, muayyan sinflar va toifalar manfaatlari bilan bog`lik, feodal tuzumiga 
qarshi  g`oyaviy-madaniy  harakatdir.  Uning  ichida  uz  xususiyatlari  bilan  bir-biridan 
ajralib  turadigan  oqimlar  mavjuddir.  Biroq  ularning  barchasi  ob`ektiv  ravishda 
jamiyatning kapitalistik yunalish tomon rivojlanish extiyojlarini ifodalaydi.
 
Ma`rifatparvarlikni  feodalizmga  qarshi  qaratilgan  g`oyaviy  harakat  sifatida 
vujudga kelishi, yuqorida ko`rganimizday, umumiy qonuniyatdir. Lekin bu qonuniyat 
turli xalqlarda turlicha va xar xil tarixiy davrda namoyon bo`ladi.
 
Turkiston ma`rifatparvarligi ham mamlakatni feodal qoloqligidan chiqarish uchun 
kurashuvchi  progressiv  kuchlarning  manfaatlarini  ifodalovchi  g`oyaviy  harakat  edi. 
Biroq,  Turkiston  ma`rifatparvarlarining  faoliyati  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlari 
Evropada  kapitalizmning  to`la  tantana  qilganligi,  ulkani  Rossiyaning  mastamlakasi 
sifatida  keskin  siyosiy  kurash  doirasiga  tortilganligi  davriga  tug`ri  keladi.  Bu  xol 
Turkiston  ma`rifatparvarligida  feodal  qoloqligidan  chiqish  g`oyasi  bilan  bir  qatorda 
mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashish, mustakillik g`oyasini ham kuchaytirdi..
 
Ma`rifatparvarlik mafkurasi kapitalistik munosabatlarini Turkistonga kirib kelishi 
natijasida sodir bo`la boshlagan ijtimony-iktisodiy, siyosiy va madaniy o`zgarishlarni 
aks ettirdi va rivojlandi. U ma`naviy mazmunini boyitib bordi, turli bosqichlarni bosib 
o`tdi.  Uning  oldida  turgan  vazifa  feodal  qoloqligidan  chiqish  va  taraqqiyot  yo`li  va 
choralarini  topishdan  iborat  bo`lgan  bo`lsada,  hayot  taqozosi  bilan  qo`yilgan 
masalalar va ularni xal qilish choralari turli boskichda turlicha bo`ldi.
 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling