Ызбекистон Республикаси
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA O`RTA OSIYODA
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar.
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA O`RTA OSIYODA
IJTIMOIY-SIYOSIY FIKR R E J A: 1. O`rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar. 2. Ma`rifatparvarlik xarakatining vujudga kelishi va xususiyatlari. 3. Axmad Donish, Berdimurod Berdax, Sattarxon, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Anbar Otin, Avaz O`tar va Xamza Xakimzodalrning siyosiy xuquqiy qarashlari. 4. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar. O`rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar. XIX asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyo tarixida yangi davr boshlandi. 60-70 yillar davomida O`rta Osiyo rus chorizmi tomonidan bosib olindi va Rossiya mustamlakasiga aylantirildi. CHorizm bu erda o`zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirdi. Bu siyosat O`rta Osiyoni xom ashyo manibaiga aylantirishga, mahalliy aholini qoloqlik va nodonlikda saqlashga, milliy madaniyatning har qanday ko`rinishlarini yo`q qilishga qaratilgan edi. CHorizm O`rta Osiyoda mana shu mustamlakachilik maqsadlarni amalga oshirishga moslashtirilgan idora etish usulini o`rnatdi. Mustamlaka ma`muriy tizimini Turkiston general-gubernatori boshqarar edi, viloyatlarda xarbiy gubernatorlar, uezdlarda uezd boshliqlari va ularga buysungan uchastka pristavlari idora qilar edilar. Mustamlakachilarning mahalliy aholiga bo`lgan munosabatlarini Sirdaryo viloyati xarbiy gubernatorining uezd boshliqlari va pristavlarga yozgan quyidagi ko`rgazmasidan aniq ko`rish mumkin. «Mahalliy aholi, deyiladi unda, bizni faqat material sifatida qiziqtirishi kerak. Ulardan yaqin kelajakda, musulmon dinida bo`lsa ham, oddiy rus dexqonlarini tayyorlamok zarur. Kimki bunga bo`ysunmasa, uning xarob bo`lishi shubhasizdir: ular ersiz gado bo`lib, o`lib ketishadi yoki Rossiya ulardan voz kechadi. Buning xammasini nazarda tutmoq zarur, biroq bu mavzuda ortiqcha gap qilinmasin». CHorizm o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun mahalliy hukmron doiralardan ham foydalandi. Shu niyatda chorizm Turkistonda «mahalliy» ma`muriy organlarni tuzdi. Bu organlar maxalliy aholi vakillaridan «saylangan» mingboshi, ellikboshi, qozilar va ularning mahkamalaridan iborat edi. Ular mustamlaka hokimiyatining tayanchi bo`lib xizmat kildi. Senator K.Palen bu xaqda, rus ma`muriy organlari mahalliy boylar orqali idora qilishni qulay deb biladi, chunki hukumat buyruqlari shular orqali amalga oshadi, deb yozgan edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O`rta Osiyo iqtisodiy jihatdan ham qoloq o`lkalardan biri edi. Bu erda asosan, feodal munosabatlari hukm surardi. CHorizmning butun siyosati bu erda feodal zulmi va tartiblarini saqlab qolishga qaratilgan edi. Biroq, chor xukumatining bu urinishlariga qaramay, o`lkada ob`ektiv ravishda kapitalistik munosabatlar asta-sekin rivojlana boshladi. Rus kapitalizmi koloq milliy o`lkalarni, xususan Turkistonni ham, tovar oboroti doirasiga tortdi. O`rta Osiyoning kapitalistik munosabatlar ta`siri doirasiga tortilishida temir yullar qurilishi muhim omillardan biri bo`ldi. Kapitalistik munosabatlarning O`rta Osiyoga kirib kelishi. Qishlok xo`jaligi maxsulotini qayta ishlaydigan bir necha sanoat korxonalari vujudga kelishiga, shahar axolisining ko`payishyga sabab bo`ldi. Kapitalistik munosabatlar asta-sekin qishloq xo`jaligiga ham kira boshladi. Bu jarayon dexqonlar ommasini yanada qashshoqlashtirdi, ularning ersizlanishini tezlashtirdi. Bu hol Farg`ona vodiysida tez bordi, chunki bu er paxta sotishga ixtisoslashgan yirik rayonlardan edi. eng yaxshi erlar va ishlab chiqarish qurollari boylarniig qo`lida to`plangan edi. Mustamlaka Turkistonda yirik sanoatning yo`qligi sababli erdan ajralgan dexqonlar qishloqda qolib, boylarning erlarini asoratli shartlar bilan ijaraga olardilar, aholiniig asosiy qismini tashkil qilgan dexqonlarning katta bir qismi chorakorlik bilan yashashga majbur edi. Dexqonlarning ahvolini turli soliqlar yanada og`irlashtirardi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yuz bera boshlagan o`zgarishlar madaniy hayotda ham o`z ifodasini topa boshladi. CHorizm O`rta Osiyoni bosib olganidan keyin, madaniy hayotda o`zgarish yasashni xayoliga ham keltirmadi, chunki u mahalliy xalqlarni nodonlikda saqlashdan manfaatdor edi. CHorizm o`zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda musulmon ruxoniylarning faoliyatini o`z maqsadlariga muvofiq yo`lga solishga harakat qildi. CHorizm musulmon ruhoniylarining katta kuch ekanligini, mahalliy aholinning ma`naviy xayotida katta rol o`ynashini nazarda tutib, ularning kuchini bo`shashtirishga, mustaqilligini cheklashga qaratilgan bir qancha tadbirlarni ham amalga oshirdi. CHorizm O`rta Osiyo boyliklarini aniqlash va ekspluatatsiya qilish va undan imkoniyat boricha ko`proq foyda olish maqsadida ulkani tabiati, iqtisodiy imkoniyatlarini, mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlarini o`rganishga kirishdi. Bu ishga rus ziyolilari jalb qilingan edi. O`rta Osiyoda ilmiy jamiyat va muassasalar paydo bo`la boshladi. Bularning ayrimlarining faoliyatida mahalliy millat vakillari ham qatnashdilar. Toshkent, Samarqand, Farg`ona, qo`qon, Xiva va boshka shaharlarda pochta, telegraf va bosmaxonalarning vujudga kelishi, o`zbek tilida gazeta va jurnallar chop qilinishi mahalliy aholining jahon madaniyatidan bahramand bo`lishiga muayyan hissa bo`ldi. Turkistonda yuz bera boshlagan o`zgarishlar mahalliy xalqlarning ilg`or namoyondalari orasida ilm-fanga, yangi maorif tizimiga qiziqishni kuchaytirdi. Bu jarayon feodal jamiyati negizida eski tartib va qarashlarga qarshi dadil kurashish qobiliyatiga ega bo`lgan yangi ijtimoiy kuchlar o`ziga yo`l ochib bora boshlaganidan dalolat berardi. Buni biz xalq ommasining orzu-isgaklarini ifoda etuvchi ma`rifatparvarlik harakatining shakllanishida yaqqol ko`ramiz. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling