Ызбекистон Республикаси
Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining axamiyati
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1
Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining axamiyati
Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining o`rganishni nima ahamiyati bor, undagi ta`lmmotlarning ko`pchiligi o`z umrini o`tab bo`ldiku? - degan savol tug`ilishi mumkin. Birinchidan shuni ta`kidlash kerakki, davlat va hukuq xakidagi hozirgi fanlar tarixiy rivojlanishning maxsulidir. Ularning paydo bo`lish tarixini bilmasdan turib chuqur tasavvur qilish mumkin emas. Fanda ifodalangan haqiqat osmondan tayyor tushmaydi. Unga erishish uchun qancha izlanish, kuch-quvvat, fidokorlik, xatto kurbonlik beriladi. Buyuk mutafakkirlarning ilm-fandagi kashfiyotlarigagina emas, ularning bunga erishish yo`lida qilgan xato va kamchiliklari ham biz uchun saboqdir. Bugungi kunning yaxshi va to`g`ri tasavvur qilish uchun ijtimoiy taraqqiyotning oldingi bosqichlarining bilish zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun ham o`tmishga murojaat kilamiz. Undan saboq olish bilan birga bugungi ayrim muammolarning echimini topish mmkoniyatiga ham ega bo`lamiz. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi I A.Karimov. O`zlikning anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarix xotirasi insonni istiqbolga da`vat etadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Davlat va huquq hakidagi ta`limotlar tarixining o`rganish turli nazariyalarning paydo bo`lishining nazariy shart-sharoitlarini anglatadi, yangi g`oyalar uchun ijobiy ilxom bag`ishlaydi. O`tmishdoshlarimiz yaratgan buyuk kashfiyotlarning kuzatish, xuquqshunoslik ilmining ruxini xis qilish, uning yangi qirralarni ochish imkonini beradi, bizni birtomonlama yuzaki qarashlardai ehtiyot qiladi, mustaqil fikr yuritish va ro`y berayotgan xodisalarni baxolay olmsh qobiliyatini shakllantiradi. Tabiiyki bunda Markaziy Osiyo xalqlarining buyuk arboblarining siyosiy va huquqiy qarashlari munosib o`rin olgan. Bu xalqimizning haqqoniy tarixini tiklash va milliy o`zlmgini anglash, milliy iftixorni shakllantirish va o`stirish ishiga xissa bo`lib xizmat qiladi. "Shuni esda tutish muhimki, o`tmishimizni "oqlash" vazifalari umuman olganda bajarib bo`lindi; hozir esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va xalol amalga oshirishdan iboratdir".1 Siyosiy-xuquqiy ta`limotlar tarixining ahamiyati yana shundaki, u bo`lajak huquqshunoslarni umumjaxon miqyosidagi ta`limotlarning paydo bo`lish va rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishtirish bilan birga, ularda bu ta`limotlarning mohiyatini anglab olish malakasini shakllantiradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling