Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari. Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir.
EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Masalan kollejda kompyuter xonalari lokal tarmog‘i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Lokal tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko‘p hollarda o‘zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko‘rsatayotgan Lokal kompyuter tarmog‘i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog‘langandir. Xar qanday xisoblash tarmog‘ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.
Nazorat savollari:
1. Tarmoq nima?
2. Tarmoqning vazifalariga misollar keltiring.
3. Lokal tarmoq deb qanday tarmoqqa aytiladi?
4. Radiokanal tarmoq deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |