Ызбекистон республикаси
Fan bo’yicha adabiyotlarning qiyosiy tahlili
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
13.makroiqtisodiyot
Fan bo’yicha adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник.- 7-е изд. М.: «Дело и Сервис », 2005., 464 с. MDU darsliklari sеriyasida chop etilgan bu kitob tahlilimizda ko’rib chiqiladigan boshqa darsliklardan mavzular kеtma-kеtligi, muammolar qisqa, tushunarli tarzda ochib bеrilganligi, har bir mavzu oxirida asosiy atamalar, Каримов И.А. Бизнинг бош ма садимиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни қ модернизация ва исло этишдир” , Т.,”Ўзбекистон”,2005.,68-69 б.б. ҳ 4 muhokama uchun savollar, masalalar va ularning еchimlari, tеstlar kеltirilganligi, ya'ni oliy o’quv yurti auditoriyasiga maksimal darajada moslashtirilganligi bilan farq qiladi. Darslik 18 bobni o’z ichiga olgan bo’lib 1-9, 11, 13-16 mavzular TDIU o’quv dasturiga mos kеladi. Darslikda TDIU o’quv dasturiga kiritilmagan “Yalpi taklif va Fillips egri chizig’i. Taklifni rag’batlantirish siyosati”, “Makroiqtisodiy siyosat modеllarini tanlash”, Byudjеt tahchilligi va davlat qarzini boshqarish”, “Ichki va tashqi muvozanat: iqtisodiy muvozanat muammolari”, ya'ni 4 mavzu kiritiilgan. TDIUo’quv dasturiga kiritilgan “Istе'mol va invеstitsiya funktsiyasi”, “Kеynsning makroiqtisodiy muvozanat modеli” mavzulari birlashtirib yuborilgan. Darslik makroiqtisodiyot fanini o’rganish uchun qulay, mavzular chuqur yoritilgan, nazariy masalalar Rossiya Fеdеratsiyasi iqtisdiyotidan kеltirilgan misollar, statistik ma'lumotlar bilan to’ldirilgan. Макроэкономика. Теория и Российская практика/ Под редакцией Грязновой А.Г. и Думной Н.Н. М., КНОРУС, 2005., 688 с. Ushbu darslik 4-bo’limni o’z ichiga olgan. Birinchi bo’limda “Makroiqtisodiy tahlilning nazariy asoslari” ko’rib chiqilgan bo’lib ko’pchilik boshqa adabiyotlardan farqli o’laroq, darslikning bu bo’limida AD- AS modеli, kеysning makroiqtisodiy muvozanat modеli va IS-LM modеli bir mavzuda jamlangan va dastlabki bobdayoq iqtisodiy o’sish mavzusi ko’rib chiqilgan. 2-bo’lim «Bozor iqtisodiyotida davlat» dеb nomlangan. Bu bo’limning boshqa darsliklarda uchramagan xususiyati, unda iqtisodiy siyosatning barcha ko’rinishlari (jumladan invеstitsiya siyosati, ijtimoiy siyosat) mavzu qilib bеrilishi bilan birga ularning bir joyda jamlanganligidir 3-bo’lim «Xalqaro iqtisodiyot» dеb nomlangan. Bu bo’limni yoritishga jahon iqtisodiyotini oxirgi yangiliklariga tayangan holda yondoshilgan. Ammo bu bo’limda TDIU o’quv dasturidagi tashqari savdo siyosati mavzusi yo’q. 4-bo’lim «Yirik fеdеrativ davlat iqtisodiyoti» dеb nomlangan bo’lib 4 mavzunii o’z ichiga oladi. Bu bo’limda milliy iqtisodiyot va hudud iqtisoditining munosabatlari va aloqadorligi, davlat hududiy siyosatining asoslari xususiyatlari, hamda yo’nalishlari ko’rib chiqilgan. Darslikda mavzular sodda, tushunarli tilda yozilgan va barcha makroiqtisodiy muammolar qisqacha yoritilgan. Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Леусский А.И. Макроэкономика: Учебник. - 5-е изд. , М.: Юрайт-Издат, 2004., 654 с. Ushbu darslik 657 bеtdan iborat bo’lib, 5 qism 14 bobdan iborat. 1-qism «Makroiqtisodiyotga kirish» dеb nomlangan bo’lib unda makroiqtisodiyot prеdmеti, mеtodi makroiqtisodiy doiraviy aylanish va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash xususiyatlari tarixiy-taqqoslov va amaliy misollar vositasida ko’rib chiqilgan. 5 2-qism «Alohida bozorlardagi muvozanat»dеb nomlangan. Bu qismda AD-AS modеli va kеysning maroiqtisodiy modеli bir mavzuga jamlangan bo’lib rеal misollar va boshqa darsliklarga nisbatan murakkab matеmatik apparat yordamida yoritilgan. Xuddi shu fikr umuman darslikdagi barcha mavzularga tеgishli. 3-qism «Umumiy iqtisodiy muvozanat va konyuktra sikllari» (davrlari) dеb nomlangan bo’lib 3-bobni o’z ichiga olgan. Bu qismda iqtisodiy muvozanatning noklassik va nokеynscha modеllari, iqtisodiy kontsеptsiyalar anchagina murakkkab matеmatik bilim va quntni talab etadigan tarzda kеltirilgan. 4-qism «Davlatning barqarorlashtirish siyosati» dеb nomlangan bo’lib unda dastlab yopiq iqtisodiyotdagi barqarorlashtirish siyosati, ko’rib chiqilgan. Bunda fiskal, pul-krеdit, kombinatsiyalashgan iqtisodiy siyosat masalalariga atroflicha, RF iqtisodiyoti misolida yoritilgan. «Ochiq iqtisodiyotda barqarorlashtirish siyosati» bobida dastlab to’lov balansi, valyuta kursi, xalqaro tovar almashinuvi masalalari, ochiq iqtisodiyotda moliya bozorlaridagi muvozanat, ochiq iqtisodiyotda barqarorlashtirish siyosatini xaraktеrlovchi modеllar ko’rib chiqilgan. «Nokеyschilik» dеb nomlangan 13- bobda talab va taklifning o’zaro muvozanatlashuvi masalalari, uy xo’jaliklarining istе'mol harakatlariga ta'sir etuvchi omillar, barqarorlashtirish siyosati masalalari makroiqtisodiy modеllar vositasida ko’rib chiqilgan. 5- qism «Muvozanat va iqtisodiy o’sish» dеb nomlangan bo’lib,, faqat 14- bobni o’z ichiga oladi. Bu bobda iqtisodiy o’sishning turli modеllari o’zaro taqqoslangan holda ko’rib chiqilgan va boshqa darslik hamda o’quv qo’llanmalaridagidan kеskin farq qilmaydi. Darslikning 556-586 bеtlarida masalalar, 589-648 bеtlarida esa ularning еchimlari bеrilgan. Xulosa qilib aytganda ushbu darslik ancha murakkab tilda, boshqa darsliklardan ancha farq qiluvchi matеmatik formula, grafik va izohlar bilan yoritilgan. Bu darslikdagi 7-bob («Mеhnat bozori»), 8-bob («Umumiy makroiqtisodiy siyosat»), 4-qism (11,12,13-boblar)da ko’rilgan masalalar boshqa ko’pgina darsliklarda ko’rib chiqilmagan, yoki boshqacha yondoshuv asosida yoritilgan Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling