Kompetensiyaviy yondoshuv asosida dars


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2020
Hajmi1 Mb.
#152301
Bog'liq
dars ishlanma tayyorlash metodikasi


2-AMALIY MASHG‘ULOT   

2-MAVZU:  FIZIKA VA ASTRONOMIYA FANLARIDAN 

KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA DARS 

ISHLANMALARINI ISHLAB CHIQISH METODIKASI 

Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari 

  bilim — o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;  

  ko’nikma — o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish;  

  malaka — o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda 

qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;  

  kompetensiya — mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda 

qo’llay olish qobiliyati. 

 

Kommunikativ kompetensiya  

ijtimoiy  vaziyatlarda  ona  tilida  hamda  birorta  xorijiy  tilda  o’zaro  muloqotga  kirisha 

olishni,  muloqotda  muomala  madaniyatiga  amal  qilishni,  ijtimoiy  moslashuvchanlikni, 

hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi  

mediamanbalardan  zarur  ma’lumotlarni  izlab  topa  olishni,  saralashni,  qayta  ishlashni, 

saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini  ta’minlashni,  media 

madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 



O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi  

doimiy  ravishda  o’z-o’zini  jismoniy,  ma’naviy,  ruhiy,  intellektual  va  kreativ 

rivojlantirish,  kamolotga  intilish,  hayot  davomida  mustaqil  o’qib-o’rganish,  kognitivlik 

ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-

harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni 


nazarda tutadi. 

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi  

jamiyatda  bo’layotgan  voqyea,  hodisa  va  jarayonlarga  daxldorlikni  his  etish  va  ularda 

faol  ishtirok  etish,  o’zining  fuqarolik  burch  va  huquqlarini  bilish,  unga  rioya  qilish, 

mehnat  va  fuqarolik  munosabatlarida  muomala  va  huquqiy  madaniyatga  ega  bo’lish 

layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi  

vatanga sadoqatli, insonlarga  mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 

e’tiqodli  bo’lish,  badiiy  va  san’at  asarlarini  tushunish,  orasta  kiyinish,  madaniy 

qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 

tutadi. 

Matematik  savodxonlik,  fan  va  texnika  yangiliklaridan  xabardor  bo’lish  hamda 

foydalanish kompetensiyasi  

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza 

olish,  kundalik  faoliyatda  turli  diagramma,  chizma  va  modellarni  o’qiy  olish,  fan  va 

texnika yangiliklaridan foydalana olish  

 

 

O’quvchilarning  muhim  tarkibiga  ega  bo’lgan  va  sinf  deb  atalgan  guruhi  aniq 



maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda o’qituvchi rahbarligida o’quv jarayonining tashkil 

etilishi  dars  deb  ataladi.  Dars  ishlanmasi  –  bu  belgilangan  vaqtda  va  mavjud  sharoitda 

belgilangan  maqsadni  amalga  oshirish  va  bashorat  qilingan  o’quv  natijalariga  erishishni 

kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari, usullari va vositalari majmuidir.   

*  Zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanib, tashkil qilingan dars:  


 

Dars ishlanmasini tayyorlash. 

Har bir dars:  

- ma’lum bir maqsadni amalga oshirilishiga qaratilishi va puxta rejalashtirilgan bo’lishi;  

- mustahkam ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyaviy yo’nalishga ega bo’lishi;  

- turmush va amaliyot bilan bog’langan bo’lishi;  

- xilma-xil metod va usullardan, vositalardan keng va unumli, o’rinli foydalangan holda 

olib borilishi;  

- o’quvchilarni qunt bilan ishlashlarini ta’minlaydigan bo’lishi;  

- mashg’ulotlar butun sinf bilan olib borish va o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashni 

hisobga olgan holda amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lishi lozim. 

Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o’qituvchi uchun tuzilish majburiy bo’lgan 

hujjatdir. Uni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad -o’qituvchining va o’quvchining dars 

jarayonidagi  faoliyatini  rejalashtirish,  dars  mazmunini  yoritib  borish,  ta’lim 

samaradorligini oshirishdan iborat.  

Dars  ishlanmalari  uchun  tayyor  qolip  yo’q,  chunki  jonli  dars  jarayonini  hyech 

qanday  qolipga  solib  bo’lmaydi.  Dars  ma’lum  bir  maqsadga  qaratilgan,  DTS  talablari 

asosida  o’quvchilarga  bilim,  ko’nikma  va  malaka  berish  natijasini  aniq  belgilab  olgan 

holda  o’qituvchining  mahorati,  o’quvchilarning  tayyorgarligi  darajasi  asosida 

rejalashtiriladi.  

Texnologik xarita 

Texnologik  xarita  bu-  ishlab  chiqarish  jarayonida  xom  ashyodan  to  mahsulot 

yaratilgunigacha  bo’lgan  jarayondagi  har  bir  bosqichda  amalga  oshiriladigan  ishlar 

ketma-ketligi va mazmuni yoritilgan me’yoriy xujjat 

 

Darsning ta’limiy xaritasi 


 

Darsning texnologik xaritasi 

Mashg’ulot tartibi 

Mazmuni  

Vaqti  


1-bosqich 

Tashkiliy qism 

 

 

2-bosqich 



Takrorlash  

 

 



3-bosqich 

Yangi mavzu bayoni 

 

 

4-bosqich 



Mustahkamlash  

 

 



5-bosqich 

Baholash,Uyga vazifa  

 

 

 



 

“IKKI QISMLI KUNDALIK” METODI 

Bu  metod  o‘rganilgan  mavzu  bo‘yicha  o‘quvchilarning  tushunchalarini shaxsiy 

tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi. 

M a q s a d :   o‘quvchilarning  o‘rganilayotgan  mavzuga  qiziqishini 

uyg‘otish,  og‘zaki  va  yozma  nutqini  rivojlantirish,  tushunchalarni  o‘zlashtirilganlik 

darajasini aniqlash. 

O‘tkazish bosqichlari: 


1- 

bosqich. O‘quvchilarga mavzu yuzasidan matn o‘qish uchun taklif etiladi. 

2- 

bosqich.  O‘quvchilarning  barchasi  matn  bilan  tanishganiga.  ishonch  hosil 



qilingach, ulardan daftarga vertikal chiziq chizish so‘raladi. Ikkita ustun hosil bo‘ladi. 

3- 


bosqich.  O‘quvchilarga  daftarning  chap  ustuniga  mantdagi  tushunchalar  va 

ularning ta’rifini yozishlari aytiladi. 

4- 

bosqich.  O‘quvchi  o‘ng  tomondagi  ustunga  muayyan  tushunchaga  o‘zining 



izohini  yozadi,  ya’ni  o‘qilgan  matndagi  tushunchani  o‘z  fikri  bilan  chog‘ishtirib, 

umumlashtirib beradi. 

5- 

bosqich.  Topshiriq  bajarilgach,  o‘quvchilar  (o‘z  xohishiga  ko‘ra)  bittadan 



tushunchani va ularga yozilgan izohni o‘qishlari taklif etiladi. Tushunchalar va ularning 

izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur tushuncha yuzasidan o‘z izohini berishga 

ruxsat etiladi, biroq fikrlar takrorlanmasligi so‘raladi. 

Bunda  o‘quvchilar  individual  (faol  metod)  yoki  guruhlarda  (interfaol  metod) 

ishlashlari mumkin. 

 

Ikki qismli kundalik 

Chap ustun 

O`ng ustun 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                              “ INSERT”  METODI 

“Insert”  metodi  o‘quv  materialidagi  asosiy  g‘oya  va  faktik  materiallarni 

anglashiga  zamin  yaratish  maqsadida  qo‘llaniladi.  Bunda  o‘quvchilar  o‘rganilayotgan 

yangi mavzuning har bir abzatsini o‘rganib chiqib, quyida keltirilgan jadvalni muayyan 

simvollar yordamida maxsus belgilar yordamida to‘ldirishlari tavsiya etiladi. 

O‘quvchilarga  o‘rganiladigan  o‘quv  materiallari  va  maxsus  jadval  tarqatiladi. 

Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “V” 

(bilaman),  agar  ma’lumotlar  tushunarli  va  yangi  bo‘lsa,  u  holda  “+”  (ma’qullayman), 

agar ma’lumotlar o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda (o‘rganish 

lozim),  o‘quvchilar  o‘quv  materiallarini  o‘zlashtirishda  qiyinchilik  his  etishsa,  u  holda 



“?” (tushunmadim) belgisini qo‘yadilar. 

 

Abzats № 











 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling